FUQAROLIK HUQUQI: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI KONSTITUTSIYASI VA XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA
Feruza Oy Kenja qizi Abdinazarova Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs Yu-1 guruh talabasi
feruzaabdinazarova704@gmail.com
Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport universiteti Yuridik fanlar doktori, professor
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada
fuqarolik huquqi tushunchasi, unga ega bo’lish va yo’qotish holatlari haqida keng holatda ma’lumot berilgan. Shuningdek ushbu soha bo’yicha O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat, undagi kamchiliklar tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etish maqsadida xorijiy davlatlarning ushbu sohada olib borayotgan siyosati qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Fuqarolik huquqi bo’yicha monarxiya va respublika tuzumi davlatlardagi farqlar o’rganilgan.
Kalit so’zlar: “fuqarolik”, “poddanstva”, fuqarolikka ega bo’lish,
fuqarolikni tugatish, fuqarolikni tiklash, filiatsiya usuli,
naturilizatsiya usuli, optatsiya usuli, bipadritlar,
chet el fuqarolari, siyosiy boshpana, ekstradatsiya.
Dolzarbligi. Konstitutsiyaviy institutlardan biri bo'lgan fuqarolik – bu mustahkam siyosiy-huquqiy aloqa bo’lib, shaxslarning ma’lum bir davlatga tegishli ekanligini hamda ushbu huquqqa ega shaxsning o’sha davlatdagi qonunda belgilangan barcha huquq va erkinliklarga, shuningdek, majburiyatlarga egaligini anglatadi. Ya’ni fuqarolikka ega bo’lish shaxs uchun to’la ma’noda o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishga imkoniyat beradi, shu bilan birga o’z majburiyatlarni bajarishni ham talab qiladi. O’z navbatida, davlat ham o’z fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlashi va ularni ham o’z hududida, ham hududidan tashqarida himoya qilishi lozim. Shaxslarning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolikning muhim omil ekanligini hisobga olgan holda, ushbu sohani yanada takomillashtirish nafaqat O’zbekistonning balki butun dunyo davlatlarining bosh
qaratilgan masalar va sohadagi muaommolar o’zining dolzarbligini yo’qotmagan.