"nutq madaniyati"
Fanning maqsad va vazifalari
Download 180.98 Kb. Pdf ko'rish
|
namunaviy nutq
Fanning maqsad va vazifalari:
Notiqlik san‟ati fanining asosiy vazifasi va maqsadi madaniy-ma`rifiy ishlar bo`yicha tadbirlarni o`tkazishda mantiqiy taxlil va ijrochilik vazifalarini talabalarga singdirishdan iboratdir. Undan tashqari bu kurs talabalarda nafas, ovoz va nutqiy mashqlar xaqida to`g`ri nafas olishni va uni o`zlashtirishning mashq tanlashdagi tamoyillari: sanoq mashqlari, maqol va she`riy mantlardan tuzilgan mashqlar, ayniqsa ovoz o`xshatish va boshqa mashqlarni o`rgatadi. Fan boyicha bilim, ko‟nikma va malakalarga qo‟yiladigan talablar: - Notiqlik san‟ati faniga bo`lgan mehr-muhabbatni uyg`ota olish; - Notiqlik san‟ati fani bo`yicha yuqori bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish hamda ularni pedagogik faoliyatida foydalana olish; - fandagi erishilgan yutuqlarni davlat va jamiyat ravnaqi uchun yo`naltira olish; - Notiqlik san‟ati fanidan olgan bilimlarini yoshlarga o`rgata olish. O‟quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi Notiqlik san‟ati fanini o`rganish jarayoni Madaniyatshunoslik, Jahon va o‟zbek adabiyoti, Senariynavislik mahorati va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi. Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning Notiqlik san‟ati fanini o„zlashtirishlari uchun o„qitishning ilg„or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o„zlashtirishda darslik, o„quv va uslubiy qo„llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, plakatlardan foydalaniladi. Ma'ruza va amaliy mashg„ulotlarda mos ravishda ilg„or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Download 180.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling