Nutq madaniyati va notiqlik san’ati


Sharqda va’zxonlik (notiqlik) va nutqqa munosabat, notiqlik san’ati rivoji


Download 23.4 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi23.4 Kb.
#1506098
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati

Sharqda va’zxonlik (notiqlik) va nutqqa munosabat, notiqlik san’ati rivoji.


  • Notiqlik san’atining fan sifatida tug‘ilishi, shakllanishi va taraqqiyoti zaminida Gretsiya va Rim notiqlik maktablari muhim o‘rin tutadi. Biroq Markaziy Osoyo va Sharqda, aniqrog‘i, Turon zaminda joylashgan xalqlarning, jumladan, o‘zbeklarning ham notiqlik san’ati tarixi manbalari eramizdan oldingi VII asrlarga borib taqalishi adabiy va tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lmoqda. Shu ma’noda bizda Turon zaminida yaratilgan Alp Er To‘nga dostoni eramizdan oldingi VII asrda paydo bo‘lgan ekan, o‘zbek notiqligi tarixi ham Yunon va Rim notiqligi tarixidan oldinroq yuzaga kelmaganmikan, degan xulosaga olib keladi.

  • “Avesto”ning muqaddas kitob sifatida to‘la shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. “Avesto”da notoq foydalanishi lozim bo‘lgan o‘rinlar juda ko‘p.

  • Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti, shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga mufiq foydalanish borasida qadimdan ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan.

  • Va’zxonlik, balog‘at(chechanlik, notiqlik) san’atining o‘suvi barobarida nutq oldiga qo‘yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘riy, Zamaxshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy tilga, lug‘tga, grammatika va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.

  • Abu Rayhon Beruniy. Buyuk qomusiy olim Beryniy(973-1048) o‘zining “Geodeziya” asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi blan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Beruniy nutqning ikki xil – nasr, nazm ko‘rinishi borligini ta’kidlaydi. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun-qoidalari, nazm aruz talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda nahvning ta’sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur.(5, 37-b)


  • Download 23.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling