Nutq madaniyatida adabiy til, Nutq, imloviy va uslubiy me’yorlarning ahamiyati


Download 492.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana10.02.2023
Hajmi492.97 Kb.
#1184863
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu 2022

Savol va topshiriqlar
1. Til jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?
2. Dunyoni anglash hamda bilim olishda tilning o‘rnini asoslang.
3. Til va nutq o‘rtasida qanday farqlar bor?
4. O‘zbek tilining taraqqiyoti qanday omillarga bog‘liqligini izohlang.


5- TOPSHIRIQ
Tilning bilish jarayonidagi o‘rni haqida ijodiy bayon yozing. Yozma ishingizda
quyidagi fikrlardan foydalaning: 
— Insonning borliqni anglash, yashash va ishlash jarayonida paydo bo‘luvchi narsa, 
voqea-hodisalarni aks ettiruvchi barcha tushuncha va tasavvurlari tilda o‘z ifodasini
topadi. 
— So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi birlik tafakkur jarayonining o‘ziga xos va
ijtimoiy-tarixiy ong mahsulidir. 
— Tushuncha borliqni anglash, aks ettirishning shunday shakliki, u narsa va uning
xossalari haqida ma’lumot berib, hamma vaqt so‘zda ifodalanadi. 
— Inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib boradi.


6- TOPSHIRIQ
Gaplarni o‘qing, ularni til va yozuv taraqqiyoti nuqtayi nazaridan tartib bilan ko‘chiring.
1. VIII asrda O‘rta Osiyoda islom dini bilan birga arab yozuvi ham tarqaldi. O‘zbek xalqi bu
yozuvdagi 28 harfga yana qo‘shimcha to‘rtta harf kiritib, o‘z tiliga moslashtirdi.
2. 1940- yil 8- mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan kirill yozuviga
asoslangan yangi o‘zbek alifbosi qabul qilindi. Ushbu alifbo asosida «O‘zbek tilining asosiy
imlo qoidalari» 1956- yil 4- aprelda tasdiqlangan edi.
3. 1993- yil 2- sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»
Qonun qabul qilinishi mustaqil Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul
ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida «O‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalari» ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-
yil 24- avgustda tasdiqlandi.
4. O‘zbek yozuvi dastlab 1929- yilda lotin grafikasiga asoslangan alifboga ko‘chirilgan edi.
5. Turkiy xalqlarning ko‘plab bebaho yodgorliklari qadimgi turk va uyg‘ur yozuvlarida
bitilgan. O‘rxunEnasoy yozuvi harf (tovush) yozuvining ancha mukammal shakli bo‘lib, har
bir tovush uchun maxsus shakl qo‘llangan.
6. O‘rta Osiyo xalqlari eng qadimdan o‘z yozuv madaniyatlariga ega bo‘lganlar, harf (tovush)
yozuvining
eng
qadimgi
shakllari
hisoblangan
so‘g‘d va xorazm yozuvlaridan
foydalanganlar. Bu yozuvlar oromiy alifbosi asosida yuzaga kelgan.

Download 492.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling