Nutq odobi va etiketi (Adabiy til va shevaga xos so`zlar) Reja


Download 29.08 Kb.
bet4/4
Sana28.09.2023
Hajmi29.08 Kb.
#1689577
1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu. Nutq odobi

So‘zlashuv me’yori. Bu me’yor til birliklaridan erkin foydalanish, adabiy til me’yorlariga hamma vaqt ham amal qilinmasligi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy tarmoq me’yori. Jargonlar, argolar va professional nutq ko‘rinishlariga xos bo‘lgan me’yorlar.

 3-mashq. Gaplarni o‘qing. Noto‘g‘ri qo‘llangan so‘zlarni aniqlab, ma’nosiga ko‘ra mos so‘z bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring.


1. So‘zlovchining o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab, tinglovchiga yetkazishi ham o‘ziga xos san’atdir. 2. So‘zga benazir kishi mayda bir maqsadni uzoq so‘zlab bayon qiladi. 3. Nojo‘ya so‘z yurak ko‘zgusini parchalashi, tag‘in insonni vayron qilishi mumkin ekanligini yodda tuting. 4. Nutqi asal kishining mehribon odamzodi ham ko‘p bo‘ladi. 5. Shirin so‘z, go‘zal til inson dili-ni bunchalik xushnud etsa, aksincha, achchiq so‘z, beso‘naqay gap inson dilini qanchalik noxush qiladi, dil piyolasini parchalaydi. 7. Mashq sababli so‘zlash qobiliyatini, nutq madaniyatini, notiqlik san’atini odamlar olqishlaydigan saviyada egallash mumkin.

 4-mashq. Quyidagi she’rdan adabiy talaffuz me`yorlariga zid bo`lgan holatlarni aniqlang. So’zlashuv odobiga doir jihatlarini o’zaro muhokama qiling.


Har so‘zida “bu”, “anu”,
Haligi”, “so‘ng”, “anaqa”.
Bu-bu” deydi, nima bu?
Anaqasi qanaqa?
Gohi qovushmay so‘zi
Gapidan to‘xtab qolsa,
Yaxshi bilsa ham o‘zi
Zo‘rg’agina 3 olsa,
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring
Nima bu, qanaqasi
Qachon qolar O‘tkirning
Nima, bu anaqasi.


E. Vohidov “Nutq haqida”

 5-mashq. Quyidagi matnni qunt bilan o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarda qaysi me’yor buzilganligini aniqlang.


Odob kishik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi; yoshlar u duo barakasidan umrbot bahramand bo‘ladilar. Odob ulug‘lar ko‘nglida yoshlarga mehr uyg‘otadi va u odobli yoshga bo‘lgan muhabbat ko‘ngilda adabiy qoladi. Yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe’l-atvori odobdir, odoblilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlik ko‘radi.
Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitishdan saqlaydi. Odobdan kichiklarga shunchalik foyda yetadigan bo‘lsa, kattalarga nechog‘liq ekanini tasavvur qiling. Odob va tavoze do‘stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug‘lik bag‘ishlaydi.
Odob urug‘ini ekgan odamning hosili javoxir bo‘ladi. Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi.
Alisher Navoiy, «Mahbub ul-qulub»dan.


Uyga vazifa
Til normalarining buzilishiga oid misollar topish
Download 29.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling