Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 12-mavzu. Nutq o`stirshmashg„ulotlarini tashkil etish shakllari Reja: 1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o„stirish va rivojlantirish masalalari 2.Bolalarda nutq rivojlanishini rag„batlantiruvchi yoki unga to„sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash Tayanch tushuncha va iboralar: nutq rivojlantirish,muloqot, otnogenezis, bola nutqi, nutq o‘stirish, nutqni rivojlantirish, nutqni tushunishni takomillashtirish, pedagog, psixolog. Ilk bolalik chog‗iga taalluqli bo‗lgan nutq o‗sishi va rivojlanishi bosqichlari turli sohalar olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo, bu nutq rivojlanishidagi o‗ziga xos davr bo‗lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning o‗ziga xosligi shundaki, u nutqni o‗stirish va rivojlantirish uchun senzitiv hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‗ladi va takomillashadi; u shunchalik jadal sur‘atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi butun ontogenezi jarayonida ushbu holat boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiyning ta‘kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o‗rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‗qigan taqdirda ham uning yarmini o‗zlashtira olmaydi». Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‗rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‗plab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‗shishgan. Ilk yoshda nutqni o‗stirish va rivojlantirish ikki yo‗nalish bo‗yicha ro‗y beradi: 1 – nutqni tushunishni takomillashtirish; 2 – bola nutqining faolligini shakllantirish. Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni F.A.Soxin va O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‗ra, uchta yo‗nalishga ajratish mumkin: - tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllantirish; - funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‗nikmalarini shakllantirish; - kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni shakllantirish. Ilmiy tadqiqotlar va yo‗nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‗rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‗zlashtirib olishlarining o‗ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‗atni o‗zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‗rsatilgan: atrofdagi olam lug‗atini (so‗z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‗atni til birligi sifatida o‗zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‗ida ham, til mantig‗i borasida ham so‗z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan. Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaharova, V.I.YAdeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‗z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o‗rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e‘tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi. Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‗zlashtirilishi bo‗yicha o‗tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, E.I.Radina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‗rganish predmeti sifatida xizmat qildi. Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‗liq masalalar doirasini ishlab chiquvchi profilaktik yo‗nalishi keng tarqalgan. Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan yondashuvlar maktabgacha yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya‘ni tovush tomoni, lug‗at tarkibi va grammatik tuzilishni birgalikda o‗zlashtirishlarini o‗rganish sohasiga taalluqlidir. Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta‘minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‗z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o‗zlashtirganligining ko‗rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‗zaki nutq va hikoya qilishni o‗zlashtirishining o‗ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‗zaro bog‗liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‗qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‗lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi. Monologik nutqni o‗stirish va rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o‗zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari o‗rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‗rgatish metodikasi yaratiladi. F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‗ra yanada aniqroq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling