Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati.
 
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va 
imitasiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida 
amalga oshiriladi: 
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; 
Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan 
tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi 
uchun tushunarli qilib so‘zlash; 
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar 
ma‘nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan 
foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini 
yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini,
xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. 
 
Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati bo‟yicha Ven 
diagrammasi to‟ldiring. 
 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Suhbatda ob‘ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xulosa bildirishni, to‘plangan 
bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun? Nega? Nima tufayli? Ular 
nimasi bilan o‘xshash? Nima uchun? Qanday qilib? kabi savollarga javob berishni talab 
qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish 
zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun reproduktiv, keyin yangi materialni hazm 
qilish uchun oz sonli, biroq murakkab bo‘lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 
umumlashtiruvchi savollar. Savollar aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar 
bolalarga javob berishni qiyinlashtiradi – ular javob bera olmaydilar yoki noto‘g‘ri javob 
beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg‘ular, mazmuniy pauzalarga rioya qilgan 
holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun tarbiyachi pauza saqlab 
turadi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi 
savolini bir necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi, bu esa bolaga javobni o‘ylashda xalaqit 
beradi, uni tarbiyachiga quloq tutmaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Bolaga savolni birinchi martada 
qabul qilishni o‘rgatish zarur. 
Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 

Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi a‘zolardan iborat 
bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish; 

Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklarining intonatsiyasini aytib berish 
(masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k); 

Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va 
boshq. 

Turlanmagan fe‘l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-sepilgan, qo‘yish-
qo‘yilgan. 
Suhbat jarayonida bolalarni savol berishga undash, ularning qiziquvchanligini 
rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi uning fikrlash faoliyatidan dalolat 
beradi. 
Badiiy asarlar – ertaklar, hikoyalar, she‘rlarni teatrlashtirish usuli – bu bolalarning ularga 
tarbiyachi o‘qib bergan asarlarni o‘sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir. 
Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o‘z ichiga 
olgan asarlardan foydalangan ma‘qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og‘zaki 
nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, xayron bo‘lish intonatsiyalarini takomil-
lashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi – u personajlarning 
axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi. 
Bolalarga og‘zaki dialogik nutqni o‘rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, 
qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, ham 
tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin. 
Sahnalashtirish o‘yini – bu bolalarning badiiy asarni uning qahramonlari obrazlarida 
qayta hikoya qilib berishlari; bolalarning matnni erkin qayta aytib berishlari va bolalarning 
syujetli-rolli o‘yinlaridir. 
Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalarga birinchi navbatda, o‘z nutqida ertak matnidan chetga 
chiqishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi ularni faqat grammatika yoki leksikada adabiy so‘zlashuv 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
nutqi me‘yorlaridan chekingan xollardagina to‘g‘rilaydi; o‘yin chog‘ida fonetik xatoliklarga 
yo‘l qo‘yilganida uni to‘g‘rilash shart emas. 
Teatrlashtirilgan tomoshalar sahnalashtirish o‘yinlaridan shunisi bilan farqlanadiki, unda 
badiiy asar matnini yoddan biladigan bolalar ishtirok etadilar, ularning bu chiqishdan ko‘zlagan 
maqsadi – o‘z tinglovchi do‘stlarining ko‘nglini olishdir; bu tomoshada bolalar teatr 
kostyumlarida (maska qalpoqchalar va boshqa kiyimlar) chiqadilar. 
Qo‘g‘irchoq teatri – bu syujetli «rejissyorlik» o‘yinning har xil turlaridir: bolalar bir 
vaqtning o‘zida oddiy o‘yinchoqlar (o‘yinchoqlar teatri), petrushkalar (qo‘l barmoqlariga 
kiyiladigan qo‘g‘irchoqlar, suratlar qirqimlari va x.k.)ni asar qahramonlari rolini o‘ynashga 
majbur qilganliklari holda badiiy asar matnini rollar bo‘yicha so‘zlaydilar. 
Qo‘g‘irchoq tearti shakli quyidagilardir: o‘yinchoqlar teatri, petrushkalar teatri, 
«barmoqlar» teatri, soya teatri, stol teatri, flanelegraf. 
Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar; 
teatr-kitoblar; panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop 
etmoqdalar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘g‘irchoq teatri turlari maktabgacha ta‘lim muassasasida 
bolalar nutqini faollashtiruvchi metodik vositalar sifatida foydalaniladi: bolalar pedagog 
yordamida, katta guruhlarda esa o‘zlari mustaqil ravishda qo‘g‘irchoqlarga, qirqilgan rasmlarga 
rejissyorlik qiladilar, ular nomidan ishtiyoq bilan so‘zlaydilar va shu tariqa o‘zlarining nutqiy 
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. 
Sahnalashtirish o‘yini – maktabgacha yoshdagi har qanday bolaning teatrlashtirilgan 
chiqishidir. 
Bolalarniing og‘zaki nutq ko‘nikmalarini o‘zlashtirishining borishiga qarab, ularning 
savollarga javoblari yanada aniq, mulohazali va mazmunli bo‘ldib borishi lozim. 
Suhbat jarayonida bolalar bilan so‘zlashuvning jonliligi ko‘p jihatdan og‘zaki nutqqa va 
nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo‘lgan grammatik tuzilmalarining turlichaligi 
bilan bog‘liqdir. 
Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita so‘zdan iborat bo‘lgan 
javob berishlari mumkin (Sizga ertak yoqdimi – Xa.). Bolalarni keng qamrovli javoblarga 
savollarni to‘g‘ri qo‘yish orqali yo‘naltirish zarur: «Baxorda ob-havo ko‘proq qanday bo‘ladi? 
Bu xaqda aytib bering». 
Bolaga mana bunday ko‘rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob ber 
(ammo to‘liq javob bilan emas)», ulardan so‘rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki 
o‘rtog‘ingizdan chiroyliroq javob bera oladi»). Zarur holatlarda pedagog qo‘yilgan savolga 
keng qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin. 
Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling