Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ―Ilk qadam‖ tayanch dasturi bilan belgilanadi. Suhbat ta‘lim metodikasi sifatida – bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohida har bir bola bilan) aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so‘zlashuvidir. Maktabgacha ta‘lim muassasasida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat- tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi. Dialog – suhbat – bolaning kattalar va о‗z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.Bolalar bog‗chasida о‗qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg‗ulotlarda.Dialog kо‗proq erkin nutqiy muloqotda paydo bо‗ladi va u bolalar lug‗atini boyitishning talaffuzga oid grammatik kо‗nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq kо‗nikmalariga ega bо‗lish bazasi hisoblanadi.Dialog maxsus mashg‗ulotlarda о‗qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg‗ulot); Bolalar bog‗chasida bо‗lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‗zaki nutqni) о‗rgatish odatda suhbat shaklida, ya‘ni kattalar bilan bola о‗rtasida hamda bolalarning о‗zlari о‗rtasida fikr almashish shaklida rо‗y beradi. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar yordamida bolalarga ko‘rgan narsalarni taxlil qilish, taqqoslash, to‘ldirish, chuqurlashtirish usullarini o‘rgatadi, bolalardagi mavjud bilimlarni tizimlashtiradi, ularni muayyan xulosalarga kelishga undaydi. Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o‘tilgan mavzu bo‘yicha bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o‘tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin. Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan suhbatdan foydalanadi. Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo‘llash mumkin, chunki bolalar ular bilan nimalar haqida so‘zlashishlarini, nimalarga diqqat-e‘tiborini jalb qilishlarini bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o‘tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o‘yinlarda, mexnatda tashkil etilishi mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta‘lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so‘zlashishi lozimki, toki u o‘z nutqi bilan bolalarga ona tilini o‘rgatsin. Nutqiy muloqotga bo‘lgan zarurat tufayli to‘satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi o‘zining til sezgisiga ishongani holda o‘z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko‘rishi shart. Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin (mashg‘ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e‘tibori bo‘lajak suhbat mavzusi bo‘ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo‘lishi lozim. Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) kirish (boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish. Kirish maqsadi bolalarning diqqat-e‘tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish, ularda suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari olingan taassurotlarni, imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat. Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqida taklif qilgan topishmoq ham kirish bo‘lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she‘rni o‘qish yoki suratlarni ko‘rish bilan boshlash mumkin. Suhbat boshlanishida tarbiyachi bo‘lajak suhbat mavzusini (maqsadini) shakllantiradi, uning muhimligini asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib beradi. Asosiy qism maqsadi – bolalar ko‘rgan narsalarni esga olish, qo‘shimcha bilimlarni taxlil qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo‘shimcha bilimlarni ma‘lum qilish, ularni bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat. Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi mumkin. Har bir bosqich – bir mavzuni bo‘g‘in qismlari bo‘yicha taxlil qilishdan iboratdir. Pedagog mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim. Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, tarbiyachi imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba‘zan ortiqcha faktlarni aniqlash uchun undan chekinish mumkin, biroq so‘ngra yana asosiy suhbat mavzusiga qaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling