Nutq reja: Nutq to’g`risida umumiy tushuncha


Download 388.74 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi388.74 Kb.
#168391
Bog'liq
10-мавзу Нутқ

NUTQ

Reja:

1.Nutq to’g`risida umumiy tushuncha

2.Nutqning funktsiyalari

3.Nutqning anatomik-fiziologik asoslari

Tilingga juda ehtiyot bо‘lgin, boshing omon saqlanadi, sо‘zingni qisqa qilsang, yoshing uzayadi. Yusuf Xos Xojib

  • Tilingga juda ehtiyot bо‘lgin, boshing omon saqlanadi, sо‘zingni qisqa qilsang, yoshing uzayadi. Yusuf Xos Xojib
  • Belgi bо‘lsa, odam yо‘ldan adashmaydi, aqli bо‘lsa, kishi sо‘zda adashmaydi. Mahmud Qoshg‘ariy
  • Til-qilichdan о‘tkir. Amir Temur
  • Insonga keladigan barcha ofat tildandir. Najmiddin Kubro
  • Kо‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir. Mahmud Zamaxshariy
  • Nima uchun kо‘cha harakat qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladiyu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi? Abdulla Qahhor

Nutq tushunchasining mazmunini ta’riflang

Nutq – odam tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani о‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki о‘zaro aloqa о‘rnatish yoki о‘z xarakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.Til ijtimoiy xodisa, aloqa vositasi bо‘lsa, nutq aloqa qilish jarayonining о‘zginasidir.

Nutq – odam tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani о‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki о‘zaro aloqa о‘rnatish yoki о‘z xarakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.Til ijtimoiy xodisa, aloqa vositasi bо‘lsa, nutq aloqa qilish jarayonining о‘zginasidir.

Nutq - odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning aloxida usulidir. Odam о‘z nutqi orqali о‘zining bilimlari , fikrlari, xislari va istaklarini boshqa kishilarga aytish, xislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini о‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning xislari va istaklarini bilib oladi.

Nutq – odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan tarkib topgan shakli. Nutq muloqotda tildan foydalanish jarayoni. Nutq til bilan funksional jihatdan bog‘liq.

Nutq – odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan tarkib topgan shakli. Nutq muloqotda tildan foydalanish jarayoni. Nutq til bilan funksional jihatdan bog‘liq.

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani о‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya о‘rnatish, о‘z harakatla­rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.

 

Til tushunchasining mazmuni va uning nutq faoliyatidagi о‘rnini asoslang


“Nutq”va “til” degan terminlar ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Ammo bu terminlarning ma’nosini bir biriga aralashtirib yuborish yaramaydi. Garchi nutq bilan til bir biriga chambarchas bog‘langan bo‘lsa xam, lekin ularning ikkovi bitta narsa emas.

Horton va Keysar nazariy yondashuvlarni ikkiga ajratishgan:

1.Dastlabki loixa modeli: nutq “adresga ega bo‘lishi kerak, xulosaga ega bo‘lishi kerak, lekin ba’zi bilim va g‘oyalar bundan mustasno, lekin g‘oya va bilimlar o‘zaro odatiy mazmunga ega” degan g‘oyaga asoslanadilar. Shunday qilib dastlabki aytilgan so‘z tinglovchini xususiyatini xisobga olishi kerak.

2.Monitoring va almashtirishga asoslangan model: sinaluvchining ba’zaviy ma’lumotlari muloqotga layoqati, obro‘si xisobga olinadi va muxokama qilinadi. Bu rejalar monitoring qilinadi va korreksiyalab boriladi.

Nutqning funksiyalari

Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi.

Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi odamlarning bir birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishidir.

Til ijtimoiy hodisa, aloqa vositasi bо‘lsa, nutq aloqa qilish jarayonining о‘zginasidir.

  • Til ijtimoiy hodisa, aloqa vositasi bо‘lsa, nutq aloqa qilish jarayonining о‘zginasidir.
  • Til ham о‘z funksiyasiga egadir.
  • Tilning asosiy funksiyasi.
  • Til – hayot kechirish, ijtimoiy tarixiy tajribalarni bilish, uni о‘zlashtirish vositasi.
  • Til – kommunikatsiya (aloqa) usuli.
  • Til – aqliy faoliyat, yani idrok, xotira, tafakkur, xayol quroli ekanligida nomoyon bо‘ladi.
  •  

Bosh miya pо‘ctidagi alohida markazlarning faoliyati va nutqqa oid muskul apparati nutqning anatomik-fiziologik asosini tashkil qiladi.

  • Bosh miya pо‘ctidagi alohida markazlarning faoliyati va nutqqa oid muskul apparati nutqning anatomik-fiziologik asosini tashkil qiladi.
  • Tovush nutqining (fonetik nutqning) muskul apparati uch qismdan - nafas olish, ovoz va artikulatsiya apparatlaridan iborat. Nafas olish apparati diafragmadan, о‘pkadan, о‘kani, bronxni va bо‘g‘izni harakatga keltiruvchi muskullardan iborat. Nafas olish apparatining vazifasi nutq apparatining ovoz qismiga havo kiritib turishdan iborat.
  •  

Ovoz apparati - nafas olinadigan bо‘g‘izning davomi bо‘lgan kekirdak bо‘lib, tо‘rtta tog‘aydan iboratdir.

Ovoz apparati - nafas olinadigan bо‘g‘izning davomi bо‘lgan kekirdak bо‘lib, tо‘rtta tog‘aydan iboratdir.

  • Shu tog‘aylar о‘rtasidagi bо‘shliqda ikkita gorizontal elastik mus-kullar bor, bu ovoz muskullari deb ataladi. Nafas bо‘g‘izdan chiqib turgan havo bu muskullarni harakatga keltirib, tebratib turadi.
  • Tog‘aylar mana shunday tebranib turishi tufayli ovoz muskullari taranglanishi yoki susayishi mumkin: bu muskullar bir-biriga yopishib yoki bir-biridan ajralib turishi natijasida ularning о‘tasida ovoz teshigi deb atalgan bо‘shliq hosil bо‘ladi.
  •  

Agar ovoz muskullari tarang bо‘lib tursa yoki bir-biriga yaqinlashib qolsa (ya’ni, ovoz teshigi yopilib qolsa), u holda nafas yо‘lidan chiqqan havo shu teshikka kirib, ovoz muskullarining chetlarini tebratadi (vibratsiya qiladi), natijada tovush hosil bо‘ladi. Agar ovoz muskullari bir-biriga yetarli ravishda yaqinlashmagan bо‘lsa, nafas oladigan bо‘g‘izdan chiqayotgan havoning ovoz muskullariga yengil ishqalanib о‘tishi nati­jasida pichirlagan tovush hosil bо‘ladi. Erkin, tovushsiz nafas olinganida ovoz muskullari tarang bо‘lmasdan qoladi, ovoz teshigi esa tо‘la ravishda ochiq bо‘lib qoladi.

  • Agar ovoz muskullari tarang bо‘lib tursa yoki bir-biriga yaqinlashib qolsa (ya’ni, ovoz teshigi yopilib qolsa), u holda nafas yо‘lidan chiqqan havo shu teshikka kirib, ovoz muskullarining chetlarini tebratadi (vibratsiya qiladi), natijada tovush hosil bо‘ladi. Agar ovoz muskullari bir-biriga yetarli ravishda yaqinlashmagan bо‘lsa, nafas oladigan bо‘g‘izdan chiqayotgan havoning ovoz muskullariga yengil ishqalanib о‘tishi nati­jasida pichirlagan tovush hosil bо‘ladi. Erkin, tovushsiz nafas olinganida ovoz muskullari tarang bо‘lmasdan qoladi, ovoz teshigi esa tо‘la ravishda ochiq bо‘lib qoladi.
  •  

Artikulatsiya apparati og‘iz bо‘shlig‘idan va burun bо‘shlig‘idan iboratdir. Bu bо‘shliqlar bо‘g‘in ustidagi tovushga bamisoli sayqal beruvchi truba kabi bir narsadir (rezonatordir).

Artikulatsiya apparati og‘iz bо‘shlig‘idan va burun bо‘shlig‘idan iboratdir. Bu bо‘shliqlar bо‘g‘in ustidagi tovushga bamisoli sayqal beruvchi truba kabi bir narsadir (rezonatordir).

Og‘iz bо‘shlig‘i bо‘g‘izda paydo bо‘lgan tovushlarning asosiy rezonatori bо‘lib xizmat qiladi. Agar tovush tо‘lqinlari og‘iz bо‘shlig‘i orqali hech bir tо‘siqqa uchramay о‘tayotgan bо‘lsa, unli tovushlar hosil bо‘ladi. Undosh tovushlar tovush tо‘lqinlarining og‘iz bо‘shlig‘idan bemalol о‘tishiga katta yoki kichik biror tо‘siq paydo bо‘lishi natijasida hosil bо‘ladi.

Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkurning asosi bо‘lgani kabi, nutqning ham nerv-fiziologik asosidir. Hayvonlarning tashqi dunyo bilan munosabati ularning faqat bevosita taassurotlari orqali voqe bо‘ladi. Odamning tarixiy rivojlanishi natijasida esa unda «ikkinchi signal sistemalari, ana shu birlamchi signallarning signallari sо‘zlar tariqasida paydo bо‘ldi, rivojlandi va nihoyat darajada takomillashdi». Qо‘zg‘ovchi vosita sifatida, sо‘z uch shaklda namoyon bо‘lishi mumkin: 1) eshitish organini qо‘rquvchi shaklda - eshitiladigan sо‘z; 2) kо‘rish organini qо‘zg‘ovchi shaklda - yozilgan sо‘z; 3) kinestezik qо‘zg‘ochi shakl sifatida - aytilayotgan yoki yozilayotgan sо‘z

  • Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkurning asosi bо‘lgani kabi, nutqning ham nerv-fiziologik asosidir. Hayvonlarning tashqi dunyo bilan munosabati ularning faqat bevosita taassurotlari orqali voqe bо‘ladi. Odamning tarixiy rivojlanishi natijasida esa unda «ikkinchi signal sistemalari, ana shu birlamchi signallarning signallari sо‘zlar tariqasida paydo bо‘ldi, rivojlandi va nihoyat darajada takomillashdi». Qо‘zg‘ovchi vosita sifatida, sо‘z uch shaklda namoyon bо‘lishi mumkin: 1) eshitish organini qо‘rquvchi shaklda - eshitiladigan sо‘z; 2) kо‘rish organini qо‘zg‘ovchi shaklda - yozilgan sо‘z; 3) kinestezik qо‘zg‘ochi shakl sifatida - aytilayotgan yoki yozilayotgan sо‘z

I.P.Pavlov organlarining ki­nestezik qо‘zg‘alishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi: «Nutq, avvalo, nutq organlaridan bosh miya pastiga о‘tuvchi maxsus kinestezik qо‘zg‘alishdir. Nutq ikkinchi signallardir, signallarning signalidir». Eshitilib turgan, aytilayotgan va kо‘rinib turgan (yozuv) sо‘z qо‘zg‘avchi bо‘libgina xizmat qilmasdan, shu bilan birga, qо‘zg‘alishga javob reaksiyasi bо‘lib ham xizmat qiladi. Bunda javob reaksiyasi bо‘lgan sо‘z о‘z navbatida - ikkinchi signal sistemasidagi jarayonlarni vujudga keltiradigan qо‘zg‘avchidir.

  • I.P.Pavlov organlarining ki­nestezik qо‘zg‘alishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi: «Nutq, avvalo, nutq organlaridan bosh miya pastiga о‘tuvchi maxsus kinestezik qо‘zg‘alishdir. Nutq ikkinchi signallardir, signallarning signalidir». Eshitilib turgan, aytilayotgan va kо‘rinib turgan (yozuv) sо‘z qо‘zg‘avchi bо‘libgina xizmat qilmasdan, shu bilan birga, qо‘zg‘alishga javob reaksiyasi bо‘lib ham xizmat qiladi. Bunda javob reaksiyasi bо‘lgan sо‘z о‘z navbatida - ikkinchi signal sistemasidagi jarayonlarni vujudga keltiradigan qо‘zg‘avchidir.

Qо‘zg‘avchi nutq va javob sо‘z reaksiyasi bо‘lgan nutq, bosh miya pо‘stining maxsus uchastkalari bilan - nutq markazlari bilan bog‘langan. Nutq markazlari eshitish markazi, harakatlantirish markazi va kо‘rish markazi deb uch xil markazga bо‘linadi.

  • Qо‘zg‘avchi nutq va javob sо‘z reaksiyasi bо‘lgan nutq, bosh miya pо‘stining maxsus uchastkalari bilan - nutq markazlari bilan bog‘langan. Nutq markazlari eshitish markazi, harakatlantirish markazi va kо‘rish markazi deb uch xil markazga bо‘linadi.
  • Eshitish markazi sо‘z chakkaning orqa bо‘limida joylashgan. Miya-ning bu uchastkasi eshitilgan sо‘zlarni idrok qiladi, boshqalarning nutqini tushunish va о‘zlashtirishni vujudga keltiradi, bu markaz buzilib qolga-nida nutq chuvalab ketadi, buni sensorli afaziya deb ataladi. Bunday kasalga duchor bо‘lgan kishi о‘zgalarning nutqini tushunmaydi: tovush va sо‘zlarni eshitadi-yu, lekin sо‘zlarning mazmunini bilmaydi, gapning ma’nosini tushunmaydi.

Nutqning harakatlantirish markazi chap yarim shaming uchinchi manglay qismida joylashgan. Bu markaz gapiruvchi kishining faol nutqini vujudga keltiradi. Bu markaz buzilib qolganida odam gapirolmaydigan bо‘lib qoladi. Nutqning bunday buzilishi harakat afaziyasi deb ataladi.

  • Nutqning harakatlantirish markazi chap yarim shaming uchinchi manglay qismida joylashgan. Bu markaz gapiruvchi kishining faol nutqini vujudga keltiradi. Bu markaz buzilib qolganida odam gapirolmaydigan bо‘lib qoladi. Nutqning bunday buzilishi harakat afaziyasi deb ataladi.
  • Nutqning kо‘rish markazi bosh miyaning orqa qismiga joylashgan. Yozilgan xatni о‘qiganda va yozgan vaqtda yozuv belgilari shu markaz tufayli idrok qilinadi. Bu markaz buzilib qolgan taqdirda odam harflarni tanimaydi, о‘qiy olmay qoladi (aleksiya kasalligi), yozolmay qoladi (agrafiya kasalligi).

Download 388.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling