Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq; 2) tashqi nutq. O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir. - Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq; 2) tashqi nutq. O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
NAFAS OLISH VA TOVUSH - O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar belgilangan. O'qituvchilar orasida tabiiy ravishda ijobiy ta'sir etadigan, jarangdor, yoqimli tovush egalari juda kam uchraydi. Yaxshi tovush yillar o'tishi bilan, maxsus mashqlar yordamida chiniqtirib borilmasa, o'zgarishi mumkin. Tovush apparatining tuzilishi bilan tanishib chiqamiz. Tovush apparati 3 qismdan iborat: generator, rezonator, energiya tizimi. Generator tizim – tovushni generasiyalaydi, tovush paylarida va og'iz bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Tovushlarni tonal va shovqin tovushlarga ajratadi.
O'QITUVCHI TOVUSHINING MUHIM JIHATLARIGA QUYIDAGILAR KIRADI: - 1) Tovushni ma'lum masofaga etkazish va boshqarish. 2) Tovushning egiluvchanligi – nutq mazmuniga ko'ra o'zgartirish. 3) Tovushning balandligi – tovushning tonallik darajasi. Tovush harakati uning baland-pastligiga bog'liq. Odam ovozi osongina 2 oktava balandligida o'zgarib turishi mumkin, ammo kundalik nutqimizda 3-5 nota kuchida ovoz ishlatilishi mumkin. 4) Diapazon – ovoz ko'lami, kengligi. Inson imkoniyatlari darajasidagi, eng yuqori va eng quyi chegarasiga ega turli balandlikdagi tovushlar yig'indisi.
Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi. Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi: -har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka; -ovozdan to'g'ri foydalanmaslik; -ovoz gigienasiga amal qilmaslik; -ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi. - Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi. Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi: -har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka; -ovozdan to'g'ri foydalanmaslik; -ovoz gigienasiga amal qilmaslik; -ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |