Nutq uslublari. 941-23 di komiljonova Feruza


Download 5.7 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi5.7 Kb.
#1782935
Bog'liq
Nutq uslublari. 941-23 di komiljonova Feruza-azkurs.org


Nutq uslublari. 941-23 di komiljonova Feruza

NUTQ USLUBLARI.

941-23 DI

Komiljonova Feruza

Akademik yozuv .

Reja: 1.Nutq uslublarining o'ziga xos xususiyatlari. 2.Nutq uslublarining turlari. 3.Nutq uslublari haqida umumiy tushuncha. 4.Xulosa.

1.Og`zaki so`zlashuv uslubi Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi: 1. Adabiy so`zlashuv uslubi 2. Oddiy so`zlashuv uslubi. Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy meyorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir. Sozlashuv uslubida gapdagi sozlar tartibi ancha erkin boladi. Koproq sodda gaplar, toliqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.

4.ILMIY USLUB Fan-t е xnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.

5. Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor: 1) axborotning obyektivligi, aniqligi; 2) nutqning malumotlarga boyligi; 3) fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi; 4) muallif individualligining sezilmasligi; 5) emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi; 6) atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi; 7) matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi; 8) adabiy til meyorlariga qatiy amal qilinishi; 9) fikrlarning mantiqiyligi va qatiy tartibda bo`lishi;

6. 10) ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi); 11) turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi; 12) otlarni, asosan, birlikda ishlatish; 13) matnda felning majhul nisbatidan foydalanish; 14) maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.

7.RASMIY-IDORAVIY USLUB.Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qogozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.

8.RASMIY ISH YURITISH USLUBINING ASOSIY XUSUSIYATLARI QUYIDAGILARDIR: 1) badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi; 2) uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi: uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi; 3) eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi; 4) quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi; a) tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, davogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h. b) noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;

9.5) hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi. 6) hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq foydalaniladi. 7) hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart. 8) hujjat matnida abzatslar tizimiga qatiy rioya etiladi. 9) hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.

10.PUBLITSISTIK USLUB.Publitsistika (lot publika xalq,omma) davrning eng muhim dolzarb masalalarini tinglovchilarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali sodir bolayotgan voqealarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Bu uslubning eng muhim xususiyati- nutqning jamiyatga qaratilganligi. 11 Tashviqot-targibot ishlarni olib borishda qollanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy sozlar kop qollanadi. Nutq ta'sirchan bolishi uchun ta'sirchan soz va birikmalardan, maqol va hikmatli sozlardan ham foydalaniladi.

12.Bunday uslubda gap bolaklari odatdagi tartibda boladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his- hayajon va ritorik soroq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy soz va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mol hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti. Publitsistika keng manoda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega.

13.BADIIY USLUB.Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda boladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot b е rish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida est е tik ta'sir ham korsatadi: Olkamizda fasllar k е linchagi bolmish bahor o’z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq sozlari, sh е va, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda sozlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos orinlar ham uchraydi.

14.Badiiy uslubning kommunikativ vazifasi: Malum voqea-hodisa haqida axborot berish. Badiiy uslubning eksprissiv vazifasi: Oquvchilarga tasir qilish. Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. Badiiy uslub amaliy hayotnng barcha tomonlarini qamrab oladi.



http://azkurs.org
Download 5.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling