- Bajardi 21-45 guruh talabasi
- Yoqubov Xamidullo
- Tekshirdi Boboyev Yu.
- So’z jon bo’lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim unga ehtiyoj sezadi... So’zi o’lgan odamning tanasiga pok ruh bag’ishlaydi. So’zdan tandagi tirik ruh halok bo’lishi mumkin.
- Yaxshi so’z bilan o’lganni tiriltira olgani uchun Iso payg’ambar o’zini “Jonbaxsh” degan laqab bilan atadi... So’z tufayli Xalil o’zini o’tga tashladi; Jabroil ham so’z yukiga hammol bo’lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko’targan ekan, uni so’zlash qobiliyatiga ega bo’lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi”.
- Koinotning o’zi ham “kof” va “nun”ning (arabcha “k” va “n” harfi qo’shilsa, “kunh” bo’ladi va u “yarath”, “ijod qilh” degan ma’nolarni bildiradi) qo’shiluvidan, Ollohning so’zi bilan yaratilganini tasavvur etsak, so’zning barchadan buyukligini anglaymiz.
- Ana shu buyuk ne’mat – so’z adabiyotning birinchi va bosh qurolidir, bo’lishi mumkin bo’lgan yangi olamlarning bo’y-bastini yaratuvchi, ijod qiluvchi bebaho mo’jizadir.
- Filologiya ilmi har qanday milliy tilni uchga bo’lib o’rganadi:
- Jonli (umumxalq) til – muayyan millatning, mamlakatning odamlari o’rtasidagi jonli so’zlashuv nutqi, o’zaro aloqa, muomala – munosabat qurolidir. U grammatika qonunlariga, talaffuz qoidalariga, adabiy va badiiy til normalariga, talablariga bo’ysunmaydi. Jonli til – erkinlikni yoqtiradi: sheva ham, varvarizm ham, vulgarizm ham, jargonizm ham, neologizm ham... uning joni - tani bo’lib xizmat qilaveradi, uning chek-chegarasi bo’lmaydi.
- Adabiy til – jonli (umumxalq) tilidan tug’ilgan, muayyan grammatika(grammatika) va talaffuz qoidalari (fonetika)ga, imlo talablariga qat’iy amal qiluvchi va turli shevalarda gapiruvchi (“to’qson ikki bovli o’zbek urug’i”) kishilarga tushunarli bo’lgan, matbuot, fan, adabiyot, radio, televidiniye, teatr tilidir.
- Adabiy til doimo, uzluksiz tarzda onasi (jonli til)dan va egizak ukasi (badiiy til) dan aloqada bo’ladi: jumladan, ulardan yangi so’z va iboralarni qabul qiladi va o’z navbatida jonli va badiiy tilning rivojiga, takomillashuviga yordam beradi.
- 3.
Do'stlaringiz bilan baham: |