Nutq uslublari. Matn va uning uslubiy xususiyatlari


Uslubiyatda uslublar, til vositalararining nutqda qo’lanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’lanish xususiyatlari o’rganiladi


Download 25.36 Kb.
bet8/9
Sana24.12.2022
Hajmi25.36 Kb.
#1061953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sanjar

Uslubiyatda uslublar, til vositalararining nutqda qo’lanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’lanish xususiyatlari o’rganiladi.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga sharoitiga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiriladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi.
O’zbek adabiy tilida quydagi asosiy nutq uslublari bor:
So’zlashuv uslubi:
Keng qo’llanadigan uslublardan so’zlashuv uslubidir.
Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinad. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha diologik shaklida bo’ladi.Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmosidan tuzilgan nutq diologik nutq deyiladi. So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, ortirilishi mumkin. Obbo, hamma ishni dondiribsizda.Mazza qildik.Ketaqool!
So’zlashuv uslubida qopdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi.Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalaniladi.
Ilmiy uslub.
Fan texnikasining turli tarmoqlariga doir ilmiy asoslar darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar(qoidalar, ta’riflarga) boy bolishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.Fuqoroning huquq layoqati tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi,bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi,qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishiga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar,kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar, rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimaihol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi.
Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ayrim qisqrtma so’zlar ishlatiladi, har bir soxaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan ham foydalaniladi.Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bolishiga rioya qilinadi. O’z lavozimini suviste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.

Download 25.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling