«Mеn unga tikilib o’tiraman-da, rohat qilaman-faqat shu». (T.)
8. Zid ma'noli gaplar orasida: Jismimiz yo’qolur
O'chmas nomimiz.
10. Qavs.1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo’lagiga qo’shimcha izoh bеruvchi so’z yoki iboralar qavsga olinadi: Viktor (Lizaning ukasi) ishchi-yoshlar maktabida, kichkina Liza bilan Karomat (bunisi Salomat xolaning qizi) ikkinchi smеnada o’qishadi. (A.M.)
2. Kirish gaplar yoki rеmarkalar qavs bilan bеlgilanadi: Qirg’iz O’roz bеlbog’iga izhkam chandim tutilgan bittagina so’lkavoyni (kim biladi, buni qachonlardan bеri saqlab kеladi) chiqadi.
Ma’lumki, inson voqelikni, borliqni til orqali, uning vositalari yordamida aks ettiradi. Shu jarayonda u turli matn ko’rinishlarini yaratadi. Bular quyidagilar:
1. Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot ko’rinishida yaratilgan matn ma’lumotnoma matni deb ataladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) so’zlar o’z m’nolarida qo’llanadi; 2) tilda mavjud bo’lgan badiiy-tasviriy vositalardan (masalan, badiiy san’at turlaridan) deyarli farqlanmaydi; 3) yuz bergan voqea-hodisa oddiy so’zlar vositasida tasvirlanadi.
2. Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy – tavsifiy bayonni aks ettiruvchi matn ijodiy – tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr mulohaza bayon qilinadi; 2) tilning badiiy – tavsifiy vositalaridan unumli foydalaniladi; 3) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli tarzda aks ettiriladi.
Bu matn turlariga ilmiy, ommabop va badiiy uslublarda yaratilgan matnlarni, shuningdek, inshoni kiritish mumkin.
O’quvchilar bilan amaliy ishlash:
• Matn tuzish
• Dialogik matn tuzish
• Monologik matn yaratish
• Badiiy asarlardan dialogik va monologik matn turlariga misol yozish
• Matnni qisartirish va kengaytirish
Do'stlaringiz bilan baham: |