Nutq uslublarida sinomiya
Download 64.06 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Publitsistik uslub.
Ilmiy uslub.
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi. Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor: axborotning ob’yektivligi, aniqligi; nutqning ma’lumotlarga boyligi; fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi; muallif individualligining sezilmasligi; emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi; atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi; matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi; adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi; fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi; ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi); turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi; otlarni, asosan, birlikda ishlatish; matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish; maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi. 4. Publitsistik uslub. Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir. Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi. Download 64.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling