Nutq uslublarining har biriga matn tuzish: Ilmiy uslubga misol
Download 34.81 Kb.
|
Nutq uslublarining har biriga matn tuzish Ilmiy uslubga misol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esse: Til - millat koʻzgusi
5.So’zlashuv uslubi:
Operator: Assalomu aleykum, siz fud sentrga qo’ng’iroq qildingiz. Sasha: Salom, mening ismim Sasha. Biz pitsa buyurtma qilmoqchi edik. Operator: Oshxonamizda 3 xil pitsa bor: birinchisi, kolbasali – 25000 so’m, ikkinchisi, kurenniy – 35000 so’m va oxirgisi, go’shtli – 55000 so’m. Qaysi bir turida buyurtma berasiz ? Sasha: Bitta go’shtli va 2 ta kolbasali. Operator: Deyarli 20 daqiqalarga tayyor bo’ladi. O’zingiz kelib olasizmi, yoki firmamiz dostavkasi orqali jo’nataylikmi? Sasha: Dostavka qilib jo’natavering. Operator: Iltimos, manzilingizni ayting. Sasha: Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko’chasi, 108-uy. Mo’ljal TATU. Operator: Hisobni dostavchikimiz orqali yuboramiz. Qo’ng’iroqingiz uchun rahmat, sog’ bo’ing. Esse: Til - millat koʻzgusi Til – millat qiyofasining bir bo’ladi dunyodagi barcha xalqlar o’zining milliy, rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Mutaxassislarning so’zlariga qaraganda, bugungi kunda ham har ikki haftada bitta til yo’qolib bormoqda. Bu o’z navbatida o’sha tilda so’zlovchi xalqlarning yo’qolishini anglatadi. YUNESKO vakillarining so’zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so’zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8mingtagacha yetgan bo’lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo’lib, ularning 90 foizi yo’qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatdan ayrilayotgan kam sonli millatning tillaridir. Bu tillarda so’zlovchi aholining ayrimlari, yozuvga ega bo’lsa ayrimlari bundan bebahradir. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku, aytmasa ham bo’ladi. Bugun internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to’g’ri keladi. To’g’ri, avvallari ham tillar paydo bo’lgan, muomalada bo’lib, ma’lum vaqtdan so’ng yo’q bo’lib ketgan. Lekin hozirgi tillarning jadallik bilan yo’qolishi tarixda kuzatilmagan. Til millatning ma’naviy boyligidir. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo’llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligi bilan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir million kishi so’zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar atigi 250tadir. O’zbek tili ham mana shu 250taning ichida ekani quvonarli albatta. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o’z ifodasini topadi. Til – millatning ko’zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko’hna va serqirra madaniyati o’zbek tili ta’sirida shakllangan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlariga davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g’alabalari sharafiga o’zbek tilida madhiyamiz kuylanadi. (255 so’z). Download 34.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling