Nutq va kasb


AUDITORIYA BILAN ISHLASH QOIDALARI


Download 0.52 Mb.
bet4/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1126573
1   2   3   4
Bog'liq
Nutq va kasb

AUDITORIYA BILAN ISHLASH QOIDALARI

  • 4-qoida. О‘ziga bо‘lgan ishonch
  • Odamlarning siz haqingizda qanday о‘ylashi haqida xavotirlanish, о‘zingizni “tо‘g‘ri” tutishga harakat qilmaslik lozim. Eng asosiysi – jamoat oldida nutq sо‘zlashga oddiy munosabatda bо‘lish kerak. Jamoat oldida nutq sо‘zlash juda katta kuchni talab qilmaydi, bu shunchaki xotirjamlik bilan bajarish lozim bо‘lgan ishdir. Vaqt о‘tishi bilan odat tusiga kirib, о‘rganish yuzaga keladi va xavotir yо‘qoladi. Bunga ishonmaydigan odamlarga oddiy maktab о‘qituvchisini esga olish tavsiya etiladi: о‘qituvchingiz hayajonlanganmi, ovozi titraganmi? 
  • 5-qoida. Ekspromt
  • Doimo avvaldan tayyor bо‘lgan qiziqarli iboralar, syujetlar, о‘xshatishlarga ega bо‘lish foydalidir. Qiziqarli voqealar va gо‘zal iboralar kiritilgan “notiqlik lug‘atini” tuzish, masalan –buyurtmachilar, mijozlar va hokazolar bilan muzokaralar olib borishda ham mumkin. Bunday lug‘at ancha katta bо‘lishi kerak, chunki odamga ayni bir sо‘z va iboralarni bir necha marta eshitish kamdan-kam yoqadi.
  • 6-qoida. Samimiylik
  • Nutq sо‘zlovchi о‘zining haqiqiy о‘y-fikrlari va his-tuyg‘ularini auditoriyadan yashira ollmaydi. Tinglovchi uni aldashayotganligini payqab qolsa g‘azablanadi. Va aksincha, tinglovchi agar siz u bilan о‘z fikr va his-his-tuyg‘ularingizni о‘rtoqlashsangiz, xato va kamchiliklarni kechiradi, aytmoqchi bо‘lgan barcha gaplaringizni sabr bilan tinglaydi.
  • 7-qoida. Quvonch bag‘ishlash
  • Jamoat oldida nutq sо‘zlash notiqqa ham, tinglovchilarga ham quvonch bag‘ishlashi mumkin. Bu jarayon simmetrik ekanligini yodda tutish zarur. Agar notiq tinglovchilar bilan samimiy munosabatda bо‘lsagina ularni о‘z nutqiga ijobiy yondashishiga erishish mumkin.

Nutq sо‘zlovchilar yо‘l qо‘yadigan ayrim tipik xatolari

  • 1.Kimning fikrlari ustida bahs yuritayotgan bо‘lsangiz, u shaxslarni kaltafahm, vijdonsiz, tuturiqsiz, irodasiz qilib tasvirlash, kо‘rsatish tavsiya etilmaydi. Opponentning hayotini emas, balki fikrini, nuqtai nazari, qarashlarini tahlil qilish lozim.
  • 2.Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir kо‘rsatish ularni manipulyatsiya qilishga aylanib ketmasligi kerak.
  • 3.Insonning qarashlarini u a’zo bо‘lgan guruh, partiya qarashlari bilan tenglashtirmaslik zarur.
  • 4.Bahslashayotgan yoki fikrlariga tayanayotgan odamlarning fikrlarini buzib kо‘rsatmaslik kerak. Ayniqsa, sitata keltirishda ehtiyotbо‘lish zarur.
  • 5.Shaxsiy xislatlar bilan maqtanish, biror-bir voqealarda, hamkorlikdagi faoliyatda notiq о‘rnini bо‘rttirib kо‘rsatishi tavsiya qilinmaydi.
  • 6.Notiq о‘z nuqtai nazarini, konsepsiyaning boshlang‘ich g‘oyalarini keltirgandan keyin ularni himoya qilishi, asoslab, isbotlab berish. Isbotlash talab etilgan narsani isbotlangandek ta’riflash mumkin emas.
  • 7.Nutq chog‘ida dastlabki (bildirilgan va bildirilmagan) tezislardan voz kechmaslik kerak. Notiq ishonchni yо‘qotadi.
  • 8. О‘z opponentlarning real va amalga oshirilishi mumkin bо‘lgan xatti-harakatlari, voqealar va hokazolarning salbiy natijalarini haddan ortiq oshirib yuborish kerak emas. Nomaqbul oqibatlarni kuchaytirish asosli bо‘lishi kerak.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling