Metodik vositalar: Ø muammoli vaziyatlarni kо‘rib chiqish; Ø nutqning asosiy о‘rinlarini ajratib kо‘rsatish; Ø tinglovchilar bilan nigohlararo aloqa о‘rnating, diqqat-e’tiborni uyg‘otish uchun auditoriyaga murojaat qilish; Ø kо‘rgazmali, texnik vositalardan foydalanish. АУДИТОРИЯ БИЛАН ИШЛАШ ҚОИДАЛАРИ - 1-qoida. Tayyorgarliksiz (spontan) nutq
- Og‘zaki va yozma nutq – xuddi о‘qish va eshitish orqali idrok qilish kabi turli ruhiy jarayonlardir. Juda yaxshi yozilgan matn о‘qib berilsa, mutlaqo qabul qilinmasligi mumkin. Tayoyrgarliksiz sо‘zlangan nutq yaxshi qabul qilinadi. Va aksincha, qiziqarli nutq stenogrammasi о‘qilganda kishi ixlosini qaytarish mumkin. Nutqning shakllanish jarayoni: jumla aytiladi, bir vaqtda keyingisi shakllanadi. Agar jumlani shakllanish jarayoniga uni yaxshilashga urinib aralashilsa, ravonlik yо‘qolib,tо‘xtam yuzaga keladi va ular “parazit sо‘zlar” (mana, demak) yoki shunchaki tovushlar (a-a, e-e) bilan tо‘ldirilishi mumkin. Agar odam nima demoqchi ekanligini eslay olmasa yoki matnga qarab gapirmoqchi bо‘lsa ham shunday holat yuz beradi. Auditoriya oldiga “qog‘oz bilan” chiqish nutq samaradorligi va muvaffaqiyatini pasaytiradi.
- 2-qoida. Oddiylik
- Notiqda о‘zining yuksak intellektual darajasini kо‘rsatish istagi qanchalik kuchli bо‘lmasin u avvaldan rejalashtirgan nutqda bunday yо‘l tutmasligi kerak. Murakkablik tushunmovchilik va g‘azabni yuzaga keltiradi. Nutq mantiqan tо‘g‘ri, aniq, tiniq va tushunarli bо‘lishi kerak. Gaplar uzun bо‘lmasligi kerak. Atamalardan kamroq foydalanish kerak. Agar atama ishlatilsa, uning ma’nosi darhol izohlanishi lozim. Jiddiy ilmiylik, akademizmdan yaxshisi maqolada yoki konferensiyadagi ma’ruzada foydalanish maqsadga muvofiq.
- 3-qoida. Moslashuvchanlik
- Tinglovchilar auditoriyasi turli xil bо‘ladi. Hatto ayni bir auditoriya ham о‘zgaruvchan bо‘lishi: odamlar toliqib qolishi, nimadandir tashvishda bо‘lishi, shoshilishi mumkin. Barcha о‘zgarishlarni oldindan bilishning imkoni yо‘q, faqat nutq jarayonidagina ularga moslashib borish lozim. Tayyor matnning yо‘qligi ustamonlik bilan nutq sо‘zlash uchun qulay imkoniyatdir. Tinglovchilardan uzoq bо‘lgan va avvaldan tayyorlangan jumlalarni qolipga solingan intonatsiyalar bilan о‘jarlik qilib e’lon qiluvchi notiq qayg‘uli manzarani о‘zida namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |