Nutq turlari • Til shaxslar о‘rtasidagi aloqa vositasi bо‘lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hakozalarni bir-birlariga yetkazadilar. Nutq ikkiga bо‘linadi.
Og’zaki
Yozma
Diologik
|
Monologik
|
Polilogik
|
Og’zaki
Nutq qanchalik qiziqarli bо‘lmasin, tinglovchilarning diqqat-e’tibori vaqt о‘tishi bilan susayib, ular uni qabul qilmay qо‘yadilar. Notiq e’tiborning susayishiga qarshi kurashishi uchun auditoriyani boshqarish usullarini bilishi va egallashi lozim. - Auditoriyani boshqarish usullari:
- diqqat-e’tibor qaratishni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri talab qilish,
- kutilmagan savol,
- qiziqtirish sirlari,
- savol-javob shakli,
- hazil-mutoyiba,
- hamdard va hamfikr bо‘lish usuli,
- avvalgi notiqning nutqiga havola qilish,
- ob-havoga murojaat qilish,
- obrо‘-e’tiborli shaxslar yoki mashhur manbalarga havola qilish,
- auditoriya qiziqishlariga havola qilish,
- notiq shaxsiga havola qilish,
- auditoriyaga murojaat qilish,
- ovoz usullari, tо‘xtam qilish.
Diqqat-e’tiborni va qiziqishni kuchaytiruvchi kompozitsion vositalar: Ø Qiziqish (intriga)uyg‘otuvchi kirish; Ø bosh g‘oyani bо‘lib-bо‘lib rivojlantirish; Ø dalil-isbotlarni kontrast taqqoslash; Ø ta’sirchan yakunlash. Diqqat-e’tibor va qiziqishni kuchaytiruvchi nutqiy vositalar: Ø turli uslubdagi, ta’sirchan sо‘zlardan foydalanish; Ø nutqni badiiy ifodalash (kо‘chma ma’nodagi sо‘zlar, ritorik iboralardan foydalanish); Ø nutqni dramalashtirish; Ø intonatsion ifodalilik: ovoz kuchi, balandligini, nutq tempini о‘zgartirish, ruhiy va mantiqiy tо‘xtamlardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |