Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Download 85.37 Kb.
|
7. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlar hisobi
XARAJATLAR HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARIREJA:KIRISH Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifiXarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari Xarajatlar hisobiXulosaFoydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISHMavzuning dolzarbligi. O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida inqiroz sharoitida (2009-2012-yillarda) mahsulot tannarxini 20 foizga tushirish muhim vazifa qilib qo’yildi. Bundan biz xarajatlarning nafaqat mikro darajada, balki, makro darajada ham ahamiyatga ega ekanligini bilib olishimiz mumkin. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi shuni anglatadiki, bu sharoitda korxonalarning to’lov qobiliyati tushib ketadi. Hozirda, butun dunyoda korxonalar xarajatlarni qisqaritirish yo’li bilan bu vaziyatdan chiqib ketmoqchi. E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu реферат ham dolzarb masalalarni o’zida mujassam etgan bo’lib, u “Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning hisobi va auditini tashkil qilish” deb nomlanadi. Uning dolzarbligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: Xarajatlarning to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy natijalarga ta’sir etishi; Xarajatsiz daromad qilib bo’lmasligi; Xarajatlarning mahsulot tannarxiga ta’siri orqali, bevosita uning bahosiga ta’sir qilishi hamda bu – korxonaning boshqa shu tarmoq korxonalari o’rtasidagi raqobatiga ta’sir qilishi va hokazo. Ta’kidlash joizki,moliyaviy-iqtisodiy inqirozning iqtisodiyotning turli tarmoqlariga ta’siri tobora ortib borayotgan shunday bir vaziyatda, dunyo iqtisodchilari va moliyachilari inqirozning oldini olish haqidagi o’z fikrlari bilan bong o’rayotgan bir mahalda negadir bizning olimlar bu haqda kam gapirishmoqda, axir prezidentimiz o’zining asarida “… toboro chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi”1 deb o’tgan. Ushbu sharoitda xarajatlarning muhimligini yuqorida ko’rib chiqdik. Download 85.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling