Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Download 85.37 Kb.
bet7/14
Sana08.01.2022
Hajmi85.37 Kb.
#252281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
7. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari

3. Xarajatlar hisobi


Ushbu bo’limni “ishlab chiqarish xarajatlari”, yoxud “mahsulot tannarxi” tushunchalariga ta’rif berishdan boshlasak, turli adabiyotlarda bu ikki tushunchaga bir-biriga mazmunan juda yaqin bo’lgan ta’riflar berilgan, masalan:

  • Mahsulot tannarxi ushbu mahsulot qiymatining pul shaklidagi qismi bo’lib, moddiy, mehnat va boshqa sarf-xarajatlardan iborat bo’ladi10;

  • Ishlab chiqarish xarajatlari – bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlardir. Tannarx - mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi11.

  • Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi12.

O’ylaymizki, yuqorida keltirilgan ta’riflarning har biri ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxi tushunchalarini to’liq yoritib bera olgan, shunday bo’lsada, biz quyidagi ta’rifni tavsiya qilgan bo’lar edik:

Ishlab chiqarish xarajatlari – bu shunday xarajatlarki, uning pirovardida (natijasida) aniq bir mahsulot (ish, xizmat) lar yaratiladi.

Bozor munosabatlari sharoitida, ya’ni raqobat sharoitida, qolaversa hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarning ahamiyati ortib boradi, chunki mahsulot narxining asosini mahsulot tannarxi tashkil qiladi, raqobat shaoitida esa narx bu bir dastakki, qaysiki shu dastak bilan raqobatchilar ichida g’olib bo’lishga yordam beradigan. Bu kabi misollarni yana ko’plab keltirish mumkin, shunday ekan ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarni doimiy nazorat qilib borish lozim.

Sanoat korxonalarida “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi (6- chizma). Ushbu Nizom amaldagi qonun qoidalar hisobga olingan holda xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqargan mahsuloti tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarning bir xilligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizom buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish maqsadlari uchun xarajatlarni





6-chizma: Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarning iqtisodiy mohiyatiga ko’ra tasniflanishi

hisoblash o’rtasidagi farqni hisobga oladi. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya foydasidan farq qiladi, korxona xarajatlarining bir qismi amaldagi soliq siyosatiga ko’ra soliq bazasidan chegirilmaydi. Shu narsani ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi tamoyillari xarajatlarning hisobotlarda aks ettirilishini soliqqa tortish qoidalari bilan bog’lamaydi.


  1. sonli BHMSga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schotida olib boriladi. Ushbu schot aktiv, doimiy schot bo’lib, ko’payishi va qoldig’i debet tomonida, kamayishi kredit tomonida, qoldig’i ma’lum bir sanaga tugallanmagan ishlab chiqarishning puldagi ifodasidir.

Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar va sarflar: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar tushuniladi13.

Davr xarajatlari – “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga binoan joriy etilgan korxonaning xarajatlar hisobi tizimidagi ko’rsatkich. Davr xarajatlari toifasiga bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar, ya’ni boshqaruv, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik maqsadidagi boshqa xarajatlar, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari kiradi. Ushbu xarajatlar korxonaning mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’lanmagani, lekin mahsulot (ish, xizmat) sotish bo’yicha asosiy faoliyati bilan bog’langanligi uchun ular operatsion xarajatlar, shuningdek umumiy va ma’muriy xarajatlar ham deb ataladi. Ular ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulot yoki tovarlar hajmiga deyarli bog’liq emas, aksincha xo’jalik faoliyatining davomiylik vaqti bilan ko’proq bog’liqdir. Ushbu xarajatlar ular paydo bo’lgan davrda yig’ib boriladi va hisobdan chiqariladi14.

Davr xarajatlari ham korxona molyaviy-xo’jalik faoliyatida muhim ko’rsatkich hisoblanadi, mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir qilmasada, bilvosita ta’sir etadi. Mahsulot narxini belgilashda bu tur xarajatlarga ham e’tibor beriladi, korxonaning jami xarajatlari formulasida buni yaqqol ko’rishimiz mumkin:




Download 85.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling