Asosiy bo’lmagan faoliyatga doir xarajatlar
3-chizma: Xarajatlarni korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rni
So’zimiz boshida xarajatlar korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi degan edik, shunday ekan uni tartibga solish, nazorat qilish (buxgalteriya hisobining funksiyalaridan biri aynan shunday nomlanadi) uchun foyda solig’ini minimallashtirish nuqtai nazaridan ham tasniflash lozim deb o’ylaymiz. Shu o’rinda shuni aytib o’tish joizki, mamlakatimizda soliq yuki 2009-yilda 22,6 foizni tashkil qildi, bu 2008-yildagi soliq yukiga (23,2 foiz) nisbatan 0,6 foizga kam demakdir. 22,6 foiz soliq yukining ta’rifidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, biz yunaltirmoqchi bo’lgan sohani, faoliyatni shuncha foizga cheklaydi. Shuning uchun har bir rahbar o’zi to’laydigan soliqlarni iloji boricha amaldagi qonunchilik doirasida tartibga solishi, minimallashtirishi lozim, bunga biz bo’lajak buxgalterlar ham mas’uldirmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |