Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Download 85.37 Kb.
bet5/14
Sana08.01.2022
Hajmi85.37 Kb.
#252281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
7. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari

2. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Xarajatlar hisobining maqsadi xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy- xo’jalik faoliyati davomida yuz bergan xarajatlarni amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda axborot foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib berishdir.

Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda korxona xarajatlari bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  • xarajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;

  • korxona xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish;

  • korxona xarajatlari harakati to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;

  • korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;

  • korxona xarajatlari bo’yicha hisob ma’lumotlarining va hisobot ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash;

  • kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida sotish tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga kiritish;

  • tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan o’tkazish (investitsiya qilish) va sotish tannarxiga to’g’ri kiritilishini ta’minlash;

  • sotish tannarxining, davr xarajatlarining oshib ketishiga sabab bo’luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday

chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish;

  • mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish;

  • xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish;

  • xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schotlarda aks ettirish;

  • xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar.

Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyati davomida xarajatlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid salbiy holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo’jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur.

Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida buxgalteriya hisobining vazifalariga yana bir necha vazifalar qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar:



  • korxonaning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab chiqishga yordam berish;

  • ushbu moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturi va prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida belgilab qo’yilgan vazifalarning bajarilishini tahlil qilib borish, monitoringlar o’tkazish va hokazolar.

Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi deyilsa, ayrim adabiyotlarda esa bu ikki tushuncha turli xil narsani ifodalaydi deyiladi. Bizning fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. Chunki fanning vazifasi doimiylik xarakteriga ega bo’lmaydi va mavjud holat, talab hamda o’rganish obyektidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin, funksiya esa doimiylik xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi.

Shundan kelib chiqib, xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari ham farq qiladi, ya’ni buxgalteriya hisobining xarajatlar hisobi bo’yicha vazifalari yuqoridagilar bo’lsa, funksiyalari quyidagilar hisoblanadi (4-chizma).




4-chizma: Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida yuz beradigan xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari

  1. Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funksiyasi.Ushbu funksiyaning ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, hozirgi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharotida yanada ortadi. Buxgalteriya hisobi boshqaruvning turli bo’g’inlariga – korxona xizmatlari, uning bo’linmalari menejerlariga haqiqiy axborotlarni yetkazib beruvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi, tegishli axborot foydalanuvchilari esa ushbu axborotlar orqali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadilar va qabul qiladilar. Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70 foizidan oshig’i aynan buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri kelar ekan7. Ushbu axborotlarga turli xil talablar qo’yiladi, masalan, axborot to’liq, ishonchli, o’z vaqtida, aniq, muhim, bir-biriga zid bo’lmaslik, tushunarli va sodda, tejamli va oqilona bo’lishi lozim.

  2. Nazorat funksiyasi iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlari, turli mulkchilik munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasi kuchaymoqda. Xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi:

    1. dastlabki nazorat – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha;

    2. joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga oshirish;

    3. keying nazorat – muomala sodir bo’lganidan so’ngi.

Xarajatlarni nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:

  • mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash;




  • realizatsiya qilingan mahsulotlarning tannarxini shakllantirish;

  • turli xarajatlar smetalarini bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari);

  • mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish;

  • shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni yaratish hamda ularning ishlatilishi va boshqalar.

  1. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajaradi, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosiz bo’lib qoladi. Buxgalteriya hisobini axborot funksiyasi orqali bilamizki, u axborot istemolchilarini xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining turli jabhalarida ro’y bergan, berayotgan operatsiyalar to’g’risida ham summaviy, ham qiymat o’lchovida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi (5-chizma).


Qaror



Ma’lumotlarni ro’yxatga olish

5-chizma: Buxgalteriya hisobining “uzviy aloqa” funksiyasining paydo bo’lish jarayoni

Ko’rsatkichlarning haqiqiy miqdorirni aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida qaytma aloqadan foydalanolgan holda biznes-reja ko’rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o’rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi.ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi. Buxgalteriyan hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta’minlay oladi. Boshqa hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi.


  1. Tahliliy funksiya xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axboratdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axboratlarga asosan xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlari, ularning samaradorligi (rentabilligi) va hokazolar to’g’risida zarur ma’lumotlar olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning

barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari , uning tarkibi va shunga o’xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko’rsatkichlar reja, normativ, smeta, bazis davr ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.

O’zR ning “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonunning 6-moddasiga va buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS) lariga muvofiq xarajatlarni tan olish va hisobini yuritishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin (2-jadval).




Download 85.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling