Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Download 85.37 Kb.
|
7. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komplekslar nomi Mahsulot tannarxining pasayishi
- Respublika bo’yicha jami 2079,5 20,38
1-jadval2009-yilda O’zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilganmahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalar
Jadvaldan ko’rinadiki, 2009-yilda respublikamiz bo’yicha mahsulotlar tannarxini 2079.5 mlrd. so’mga yoki 20,38 foizga qisqartirishga erishilgan. Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqirozni bartaraf etishda muhim chora- tadbirlar qatoriga tannarxni pasaytirishning kiritilishidan xarajatlarning nafaqat xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatida, balkim butun boshli mamlakat mamlakat hayotida asosiy ko’rsatkich ekanligini bilib olishimiz mumkin. Shunday ekan, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari (mulkdarlar, tadbirkorlar, aksiyadorlar) hamda ularning mehnat ahli bu ko’rsatkichga jiddiy yondashishlari va doimiy nazorat qilib borishlari zarur. Yuqorida ta’kidlaganimiz kabi xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy- xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri, moliyaviy hisobot elementi – bu xarajatdir. Har qanday korxona, tashkilot o’z faoliyatini tashkil qilish jarayonida turli xil sarflarni amalga oshiradi, masalan, qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi fermer xo’jaligi qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish uchun mehnat haqi xarajatlari (ijtimoiy sug’urta ajratmalari bilan), urug’lik va ko’chat materiallari, o’g’itlar, o’simlikni himoya qilish vositalari va shu kabi boshqa turli xarajatlarni amalga oshiradi. Xarajatlarga turli adabiyotlarda turlicha deb bo’lmasada, bir-biriga yaqin ta’riflar berilgan, ularning ayrimlari quyidagilar: Xarajat deganda, hisobot davrida korxona aktivlarining kamayishi yoki majburiyatlarning ko’payishi tushuniladi2. Xarajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish, tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodasidir3, boshqacha qilib aytganda ko’zlangan maqsadga erishish uchun amalga oshirilgan sarflarening puldagi ifodasidir. Xarajatlar – bu hisobot davri davomida kompaniya mulkdorlariga badal to’lovlari bilan bo’gliq bo’lmagan holda kapitalning kamayishida o’z aksini topgan aktivlarning chiqarib ketilishi va boshqa eskirishi yoki majburiyatlarning o’sishi shaklida yuz beradigan iqtisodiy naflarning kamayishidir 4. Xarajatlar – mahsulotlarning (tovarlarning) yetkazib berilishi yoki ishlab chiqarilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa bir, xususiy kapitalning kamayishiga olib keluvchi, biroq uning qatnashchilar o’rtasida taqsimlanishi bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat turlarining amalga oshirilishi oqibatida aktivlarning kamayishi yoki boshqa xil sarflanishi yoki / va qarzlarning (passivlarning) yuzaga kelishidir5. Keltirilgan ta’riflarni schotlardagi harakatini ifodalaydigan bo’lsak, quyidagicha bo’ladi: 100000 100000 2-chizma: Xarajatlarning schotlarda ifodalanishi Chizmadan ko’rinib turibdiki, aktivlarni ifodalovchi schot kamaymoqda, majburiyatlarni ifodalovchi schot esa ko’paymoqda. O’zR Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom” (bundan keyin “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizom)ga muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi
gi Nizom va 21-son BHMSga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyati bilan bog’liq xarajatlar quyidagi to’rtta quyi guruhga bo’linadi6. Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar – bularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan xarajatlar kiradi, mahsulot ishlab chiqarilishi bilan bog’liq xarajatlar sotilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil qiladi va hisobotlarda sotishdan olingan daromadlar bilan taqqoslanadi. Hisobot davrida daromadlarning kam olinishi tegishli daromadni olishni ko’zlab maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilgan xarajatlani bo’lg’usi davrlar (3100-schotlar), tugallanmagan ishlab chiqarish (2000-schotlar) yoki tovar-moddiy zahiralar (2800, 2900 va boshqa schotlar) xarajatlari sifatida aktivlarga kiritilishi imkonini beradi. O’z navbatida ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar ham iqtisodiy mazmuniga ko’ra besh guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar; ishlab chiqarish xususiyatiga bog’liq mehnat xarajatlari; ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortiztsiyasi; ishlab chiqarish tusiagi boshqa xarajatlar (Nizomning B bo’limi 1-qismi). Davr xarajatlari – bularga mahsulotlarni (tovarlar, ish va xizmatlarni) sotishga, korxonani ma’muriy-boshqaruviga va boshqa operatsiaon faoliyatiga doir xarajatlar kiradi, ushbu xarajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi (Nizomning B bo’limi 2-qismi). Kelgusi davr xarajatlar – bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekin hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlaridir. Bunday xarajatlarga oldindan to’langan ijara haqlari, oldindan to’langan xizmat haqlari va boshqa oldindan to’langan bo’naklar kiradi. Muddati uzaytirilgan xarajatlar – bularga korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekin muddati bir yil va undan ko’p muddatga uzaytirilgan xarajatlari kiradi. Asosiy bo’lamagan faoliyatga doir xarajatlar deganda, bevosita asosiy faoliyatga taalluqli bo’lmagan ya’ni, korxona ustavida asosiy faoliyat sifatida belgilab qo’yilmagan faoliyat turlari bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlar “Xarajatlar tarkibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va favquloddagi zararlarga bo’linadi. Moliyayaviy faoliyatga doir xarajatlar – bu qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish, valuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli xarajatlardir. Bularga foizlar, salbiy kurs farqlari ko’rinishidagi xarajatlar va boshqalar kiradi (Nizomning B bo’limi 3-qismi). Favqulodda zararlar – yuz berishi doimiy xarakterga ega bo’lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan ko’rilgan zararlar tushuniladi. Bularning davlat qonunlarining o’zgarishi, tabiiy ofatlar, revolutsion o’zgarishlar natijasida vujudga kelgan zararlar kiradi (Nizomning B bo’limi 4-qismi). Xarajatlarni korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rnini chizma ko’rinishida tasvirlasak quyidagicha bo’ladi (3-chizma). Xarajatlarni tannarx obyektlariga olib borilishiga bevosita va bilbosita xarajatlarga bo’lamiz. Bevosita xarajatlar – bu birlamchi hujjatlarga asosan ma’lum bir mahsulot turining yoki ishning tannarxiga kiritilishi mumkin bo’lgan va ularni yaratish yoki bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar hisoblanadi, mazkur xarajatlar aniq bir tannarx obyektiga to’g’ridan-to’gri qo’shiladi. Bilvosita xarajatlar – bu bir necha xil mahsulotni tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar hisoblanadi, shuning uchun ular mazkur mahsulot turlari o’rtasida taqsimotning aniq bazalariga mutonosib ravishda taqsimlanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning bog’liqlik darajasiga qarab xarajatlar ikki guruhga: o’zgaruvchan va shartli-doimiy xarajatlarga bo’linadi. O’zgaruvchan xarajatlar – bu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mutonosib ravishda o’zgaradigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga xom-ashyo va asosiy material xarajatlari, ishlab chiqarishda band xodimlarga ishbay hisoblangan mehnat haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar va hokazolar kiradi; Shartli doimiy xarajatlar – bu hajmi har doim bir xilda bo’lib qoladigan yoki chiqarilayotgan mahsulotning miqdori o’sishi yoki kamayishi bilan katta ahamiyat kasb etmaydigandarajada o’zgaradigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga amortizatsiya, ijara to’lovlari va ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha boshqa xarajatlar kiradi. Bu tur xarajatlarning bunday nomlanishiga sabab, mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasigacha ishlab chiqarish sexlari boshqaruv xodimlari mehnat haqi va boshqa xarajatlar o’zgarmas bo’lib qoladi, ammo ishlab chiqarishning ko’proq oshishi yangi dastgohlar sotib olishni , yangi sexlarni ishga tushirishni talab etadi, bu esa ularni boshqarish xarajatlarini oshiradi. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar Davr xarajatlari Ta’minot jarayoni Ishlab chiqarish jarayoni Sotish jarayoni Moliyaviy faoliyatga doir xarajat Favqulodda zararlar Download 85.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling