Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Download 85.37 Kb.
bet8/14
Sana08.01.2022
Hajmi85.37 Kb.
#252281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
7. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari

y=ax+b

bu yerda: y korxonaning jami xarajatlari;



x – ishlab chiqarish hajmi;

a – bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar;

b – o’zgarmas xarajatlar.

O’zgarmas xarajatlar tarkibida davr xarajatlari ham mavjud bo’lib, korxonaning shu davrdagi daromadlari y (korxonaning jami xarajatlari) dan ko’p bo’lishi lozim. Chunki, davr xarajatlari xarajatlarga berilgan ta’rifga ko’ra (1.- bo’limga qaralsin) iqtisodiy nafni kamaytiradi, ya’ni hisobot davri daromadlaridan qoplanadi.

Davr xarajatlar “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizom va 21-sonli BHMS ga muvofiq quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topgan


    • 9410 “Sotish xarajatlari”;





    • 9420 “Ma’muriy xarajatlar”;

    • 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”;

    • 9440 “Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari”.

Sotish xarajatlarining sintetik hisobi 9410 “Sotish xarajatlari” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida amalga oshirilgan sotishga doir xarajatlar yig’iladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Sotish xarajatlari” nomli bo’limida to’lig’icha keltirilgan, shulardan ayrimlarini keltiradigan bo’lsak, sotish bilan bo’gliq mehnatga haq to’lash xarajatlari, ijtimoiy sug’urta xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari, reklama xarajatlari, o’rash-joylash xarajatlari va boshqalar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (5110, 5010, 6710, 6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9410- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi.

Ma’muriy xarajatlarning sintetik hisobi 9420 “Ma’muriy xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida amalga oshirilgan korxona boshqaruviga doir xarajatlar yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Ma’muriy xarajatlar” nomli bo’limida to’lig’icha keltirilgan, shulardan ayrimlarini sanaydigan bo’lsak, boshqaruvga tegishli bo’lgan mehnat haqi xarajatlari, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, har xil xo’jalik boshqaruvi uchun zarur bo’lgan inventar va xo’jalik anjomlari uchun ketgan xarajatlar, shuningdek vakillik xarajatlari, turli xil xizmatlardan foydalanganlik haqlari va shu kabi boshqa xarajatlar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0200, 0500, 1000, 5110, 5010, 6710, 6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9420- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi.

Boshqa operatsion xarajatlarning sintetik hisobi 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida sotish va boshqaruvdan tashqari amalga oshirilgan umumfaoliyatga doir davr xarajatlari yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi …

to’g’risida”gi Nizomning “Boshqa operatsion xarajatlar” nomli bo’limida to’lig’icha keltirilgan, shulardan, auditorli xizmat haqi, moddiy yordam, mol-mulk, yer, suv va boshqa davr xarajatlariga olib boriladigan soliqlar, mulkni sotishdan ko’rilgan zararlar, operativ ijaraga berilgan asosiy vositalarning amortizatsiyasi, jarima va penyalar, gudvilni hisobdan chiqarish summasi va shu kabi boshqa xarajatlar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (1000, 5110, 5010, 6400, 6710,



6520, 6990, 9210, 9220 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9430- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi.

Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlarining sintetik hisobi esa 9440 “Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida korxonaning kelgusi faoliaytini rivojlantirishga sarflangan davr xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Hisobat davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” nomli bo’limi va ushbu Nizomning “Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar (vaqtinchalik farqalr)” nomli 2-ilovasida to’lig’icha keltirilgan, shulardan ayrimlarini keltiradigan bo’lsak, yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o’zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan, yangi tashkil etilgan korxonalarda kadrlar tayyorlash xarajatlari, jadallashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullari bilan hisoblangan summa bilan belgilangan normalar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq va boshqa shu kabilar tashkil qiladi. Ushbu turdagi davr xarajatlari soliq qonunchiligiga ko’ra kelgusi 10 yil ichida, biroq xo’jalik yuriruvchi subyekt faoliyati davridan ko’p bo’lmagan davr mobaynida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0200, 0400, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9440- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. Mazkur xarajatlarning o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar balansdan tashqari 012 “Hisobat davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” schotida belgilangan muddat ichida aks ettirib boriladi.

Korxonaning xarajatlari tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari va davr xarajatlaridan tashqari, moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar va favqulodda zararlar ham kiritiladi. Korxonalar o’zining moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida chetdan pul mablag’lari jalb qilishga, chet el valutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishga hamda qimmatli qog’ozlar chiqarishga ehtiyoj sezadilar, Shunday holatlarda korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlari yuzaga keladi. Ushbu tur xarajatlari “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomning “Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar” deb nomlanuvchi 3-bo’limida to’liq aks ettirilgan. 21- son BHMSga binoan korxonaning moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlari tarkibi quyidagilarni o’z ichiga oladi:



    • 9610 “Foizlar korinishidagi xarajatlar”;

    • 9620 “Valuta kurslari farqidan zararlar”;

    • 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”;

    • 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”.

Foiz ko’rinishidagi xarajatlar 9610 “Foizlar korinishidagi xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida amalga oshirilgan olingan qarzlar va kreditlariga doir hisoblangan xarajatlar (foizlar) shuningdek uzoq muddatli ijara uchun foizlar yig’iladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va 6920 “Hisoblangan foizlar” schotining kreditida aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9610- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi.

Valuta kurslari farqidan zararlar 9620 “Valuta kurslari farqidan zararlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida balansning valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga doir operatsiyalar bo’yicha kurslar o’rtasidagi salbiy farqlardan ko’rilgan zararlar yig’ib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu zararni ifodalovchi schotlarning kreditida (4010, 4310, 5020, 5210, 5220, 5500, 6010, 6310 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9620- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi.

Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarish hamda joylashtirish bilan bog’liq xarajatlar yig’ib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida

(1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9630- schot shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi.

Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar yig’ib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0600, 5800, 6990 va


boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida

9640-

schot shu

schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va

9910-

“Yakuniy

moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi.






Xulosa


Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishga bir qancha omillar ta’sir etadi. Mana shu omillardan eng muhimlaridan biri bu xarajatlar hisoblanadi. Misol tariqasida avtomobil transporti korxonalarda xarajatlar hisobini olib xulosa qiladigan bo’lsak:

Mamlakatimiz transport tarmog’ida avtomobil transporti strategik ahamiyatga ega bo’lgan tarmoq hisoblanadi. Shunday bo’lsada, avtomobil yo’llarni ta`mirlash xizmatlari va asfal't ishlab chiqarishga doir xarajatlarning hisobi, auditi va tahlili bo’yicha adabiyotlar mavjud emas, sohaga doir mavjud adabiyotlarda ham aynan ushbu mavzuning o’ziga xos jihatlari etarlicha asoslanmagan. Shu boisdan ham, bu yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish davr talabi sanaladi. Zero, tarmoqlar bo’yicha xarajatlarni optimallashtirish uchun eng avvalo, maskur tarmoqlarda xarajatlarning konseptual va tashkiliy xususiyatlarini yoritib berish lozim.



      • Asfal't ishlab chiqarish tannarxing asosiy kompentini moddiy xarajatlar tashkil etadi. Moddiy xarajatlarning to’g’ri hisobga olinishi va nazorat qilinishi ta`mirlanayotgan avtomobil' yo’llarining sifatliligini ta`minlaydi.

      • Ishlab chiqarishga doir mehnat xarajatlarini hisobga olish va audit qilishda ushbu xarajatning rag’batlantiruvchi funksiyasiga alohida e`tibor qaratish lozim. Zero, mehnat xarajatlari ko’proq subyektiv omillarga, ya`ni ishchining mehnatga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi. Ushbu munosabnining yaxshilanishi korxonada mehnat unumdorligining oshishiga, pirovardida ishlab

chiqarilayotgan mahsulot birligida mehnat xarajatlarining kamayishiga, bu esa o’z navbatida mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi.

      • Har qanday turdagi mahsulot tannarxini kal'kulyasiya qilishda ustama ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlariga mutanosib taqsimlash muhim jarayon hisoblanadi va bunda taqsimlashning ilg’or (activity based costing) usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

      • Avtomobil' yo’llarini ta`mirlash xizmatlari va asfal't ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishda tarmoqning o’ziga xos jihatlari auditorlar tomonidan etarlicha hisobga olinmaydi.

      • Ishlab chiqarilayotgan asfal't tannarxini kal'kulyasiya qilishning halqaro tajribada keng qo’llanilayotgan usullaridan foydalanish ishlab chiqarishga doir xarajatlarni tannarx obyektiga ratsional taqsimlash imkoniyatini beradi.



Download 85.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling