9- amaliy mashg’ulot


Download 37.98 Kb.
bet1/5
Sana04.04.2023
Hajmi37.98 Kb.
#1323879
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9 amaliy xarajatlar (2)

9- Amaliy mashg’ulot.


MAVZU: “XARAJATLAR HISOBI”


Maqsad: Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillarini talabalarga o’rgatish.


Zarur adabiyotlar va jihozlar:


  1. O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.

  2. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y. 30 avgust.

  3. Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g.

Ishning mazmuni:


9.1. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Xarajatlar hisobining maqsadi xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviyxo’jalik faoliyati davomida yuz bergan xarajatlarni amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda axborot foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib berishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda korxona xarajatlari bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xarajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; korxona
xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish; korxona xarajatlari harakati to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
korxona xarajatlari bo’yicha hisob ma’lumotlarining va hisobot ma’lumotlarining
to’liq uyg’unligini ta’minlash; kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida sotish tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga kiritish; tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan o’tkazish (investitsiya qilish) va sotish tannarxiga to’g’ri
kiritilishini ta’minlash; sotish tannarxining, davr xarajatlarining oshib ketishiga sabab bo’luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish; mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish; xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish; xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schotlarda aks ettirish; xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar. Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyati davomida xarajatlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid salbiy
holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki

xo’jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur. Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida buxgalteriya hisobining vazifalariga yana bir necha vazifalar qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar: korxonaning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab chiqishga yordam berish; ushbu moliyaviy-iqtisodiy
inqirozga qarshi choralar dasturi va prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida belgilab qo’yilgan vazifalarning bajarilishini tahlil qilib borish, monitoringlar o’tkazish va hokazolar. Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi deyilsa, ayrim adabiyotlarda esa bu ikki tushuncha turli xil narsani ifodalaydi deyiladi. Bizning fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. Chunki fanning vazifasi doimiylik xarakteriga ega bo’lmaydi va mavjud holat, talab hamda o’rganish obyektidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin, funksiya esa doimiylik xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi. Xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi: 1) dastlabki nazorat – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha; 2) joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga oshirish; 3) keying nazorat – muomala sodir bo’lganidan so’ngi. Xarajatlarni nazorat
qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash; 7 R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” – 2007 Xarajatlar hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari Axborot funksiyasi Uzviy aloqa funksiyasi Nazorat funksiyasi Tahliliy funksiyasi realizatsiya qilingan mahsulotlarning tannarxini shakllantirish; turli xarajatlar smetalarini bajarilishi (masalan, vakillik
xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari); mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish; shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni yaratish hamda ularning ishlatilishi va boshqalar. 3. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajaradi, busiz
boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosiz bo’lib qoladi. Buxgalteriya hisobini axborot
funksiyasi orqali bilamizki, u axborot istemolchilarini xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining turli jabhalarida ro’y bergan, berayotgan operatsiyalar to’g’risida ham summaviy, ham qiymat o’lchovida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi (5-chizma). 5-chizma: Buxgalteriya hisobining “uzviy aloqa” funksiyasining paydo bo’lish jarayoni Ko’rsatkichlarning haqiqiy miqdorirni aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida qaytma aloqadan foydalanolgan holda biznes-reja ko’rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o’rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi.ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi. Buxgalteriyan hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta’minlay oladi. Boshqa hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi. 4. Tahliliy funksiya xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil
qilishdan iborat. Axboratdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axboratlarga asosan xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlari, ularning samaradorligi (rentabilligi) va hokazolar to’g’risida zarur ma’lumotlar olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning Boshqaruv obyektlari: Xarajatlar va moliyaviyxo’jalik faoliyatlari Ma’lumotlarni yig’ish Ma’lumotlarni ro’yxatga olish Ma’lumotlarni bir tizimga keltirish Qaror qa’bul qiluvchi shaxs Qaror barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari , uning tarkibi va shunga o’xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko’rsatkichlar reja, normativ, smeta, bazis davr ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir. O’zR ning “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonunning 6-moddasiga va buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS) lariga muvofiq xarajatlarni tan olish va hisobini yuritishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin (2-jadval). 2-jadval Xarajatlarni tan olish va hisobini yuritishning tamoyillari № Tamoyilning nomi Xarajatlar hisobi bo’yicha qo’llanilishi 1. Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish Bu tamoyilning ma’nosi shundan iboratki yuz bergan operatsiyaning summasini bir vaqtning o’zida ikki schotda, ya’ni bir schotning debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini bildiradi. 2. Uzluksizlik Bu tamoyil korxonaning doimo harakatdagi subyekt, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi subyekt sifatida qaraydi. Shunga ko’ra, xarajatlar ham uzluksiz hisobga olib boriladi. 3. Pulda ifodalash Bu tamoyil yuz bergan xarajatlarni milliy valutada, ya’ni so’m va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi. 4. Aniqlilik Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir xarajat summasining qat’iy hujjatli asosga ega bo’lishligini bildiradi. 5. Hisoblash Bu tamoyil xarajatlarni yuz bergan vaqtiga ko’ra tan olishni va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks ettirishni bildiradi. 6. Ehtiyotkorlik (konservatizm) Bu tamoyil korxona hisobotlarida xarjatlarni ko’p (kam) qilib ko’rsatmaslikni ifodalaydi. Bu tamoyilni qo’llash yashirin rezervlarni vujudga keltirish, biron bir maqsadda xarajatlarni ko’paytirib (kamaytirib) ko’rsatish huquqini bermaydi. 7. Taqqoslamalik Xarajatlarni ifodalovchi hisobotlar foydali va mazmunli bo’lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan bo’lish kerak. Hisobotdan foydalanuvchilar ushbu hisobot qaysi usullarga, tamoyillarga muvofgiq tuzilganligini bilishi lozim. Agar o’tgan davrdagi hisobot ko’rsatkichlari bilan joriy hisobot davridagi hisobot o’rtsida farq bo’lsa o’tgan davr hisobotini ham qaytadan tasniflash lozim, agar tasniflashning (o’zgartirishning) iloji bo’lmasa ushbu qismda tushuntirishlar, yoxud xarakteri ochib berilishi lozim. 8. Neytrallik Bu tamoyil xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarni bironta shaxs manfaatlari uchun boshqa bironta shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi. 9. Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi Bu tamoyil hisobot davri xarajatlariga shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi. 10. Tushunarlilik Bu tamoyil xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarning moddalari axborot foydalanuvchilari uchun
tushunarli bo’lishligini bildiradi. 11. Yakunlanganlik Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob ma’lumotlarining biron-bir hisobot davri uchun jamlanganligini bildiradi. 12. Tezkorlik Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob ma’lumotlarini va hisob siyosatidagi o’zgarishlarni boshqaruv organlariga kerakli muddatlarda va hajmda yetkazib berishni bildiradi. Axborotning muhimligi ham nisbiy tushuncha bo’lib, u faqatgina o’z vaqtidagina muhim bo’ladi, kechikkan yoki muddatidan oldin berilgan axborotning roli pasayadi. 13. Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi) Bu tamoyil daromad va xarajatlar moddalari o’zaro hisobga olinishi mumkin emasligini bildiradi (BHMS larda bunga ruxsat berilgan yoki talab qilingan holatlar bundan mustasno).



Download 37.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling