Nutq yaratish modellari Charlz Osgud
Download 16.54 Kb.
|
Nutq yaratish modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- A. R. LURIYA
Nutq yaratish modellari Charlz Osgud nutqning yaratilishi va idrok etilishi masalalarini til nazariyasi nuqtayi nazaridan hal qilishga urindi. U til darajasi nazariyasini taklif qilar ekan nutqning yaratilish jarayonida to`rt bosqich mavjudligini taxmin qiladi: Motivatsiya bosqichi. Uning birligi keng nopragmatik tushunchadagi gap tushuniladi. Bu bosqichda so`zlovchi tomonidan umumiy xarakterdagi qarorlar qabul qilinadi: gapirish yoki gapirmaslik; agar gapiriladigan bo`lsa qanday shaklda – darak yoki so`roq; mantiqiy urg`uda nima ajratilishi va hokazo. Semantic bosqich. So`zlovchi gapdagi muayyan ketma-ketlikdagi so`zlarni funksional guruhlarni tartibi bilan ajratadi. Har qanday gap kodlangan birliklarga ajratilishi mumkin( OSGUDA). Ketma-ketlik bosqichi. Birligi semantic birlik emas, balki so`z, fonetik so`zdir. Integratsion bosqich. Birligi – bo`g`in. kodlashning motor mexanizmlari faoliyat ko`rsatadi. O`rganib chiqilgan tovush tomoni shakllanadi. l. S. VIGOTSKIY fikrdan ma`noga ma`nodan so`zga ta`limotni ilgari surdi. Uning fikriga ko`ra “markaziy g`oya umumiy formulada ifodalanishi mumkin: fikrning so`zga munosabati avvalo narsa emas, jarayondir. Bu munosabat fikrdan so`zga so`zdan fikrga bo`lgan harakatdir. Vigotskiyning “ichki so`z’ g`oyasi ichki nutq to`g`risidagi fikrlarnning rivojlanishiga kata ta`sir ko`rsatdi. A. R. LURIYA – modeli ifoda shakllanishining markaziy muammosi fikrning ma`noga aylanishidir. Nutqiy ifodaning yaratilishi bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Jarayonning boshida motiv turadi. Undan so`ng fikr paydo bo`ladi. Va u keyinroq fikrga aylanadi. So`ng jarayonga ichki nutq qo`shiladi va u botiniy shaklda sintaktik strukturalarning shakllanishiga olib keladi. Vanihoyt, zohiriy sintaktik strukturalarga asoslangan tashqi yoyiq nutqiy ifodalar yuzaga keladi. Download 16.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling