Nutqda haqorat semasiga EGA noverbal komponentlarning semantik tahlili
Nutqda haqorat semasiga uslubiy xususiyatlari
Download 39.12 Kb.
|
2. Nutqda haqorat semasiga uslubiy xususiyatlari
Uslubiy jihatdan ózbek tili leksikasi Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslangan bo‘lishi yoki nutq uslublariga betaraf bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra lug‘aviy birliklar ikki guruhga bo‘linadi: uslubiy betaraf so‘zlar va uslubiy xoslangan so‘zlar. Uslubiy betaraf so‘zlar nutq uslublarining birortasiga xoslanmay, barcha uslublarda birdek qo‘llanilaveradigan lug‘aviy birliklardan tashkil topadi: havo, suv, daraxt, bir, ikki, hamma, biz, siz, turmoq, yugurmoq kabilar shular jumlasidandir. Nutqning ayrim-ayrim ulublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deyiladi. Bunday maxsus so‘zlar dastavval og‘zaki nutqda yoki yozma nutqda qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga ajraladi. Masalan, hazar qilmoq, birlashmoq, hunar, o‘rin, arzimagan (kichik) so‘zlari ko‘proq og‘zaki nutqda qo‘llansa, ularning sinonimlari bo‘lgan jirkanmoq, uyushmoq, kasb, makon, juz’iy so‘zlari ko‘proq yozma nutqda qo‘llanadi. Og‘zaki nutqning uslubiy chegaralangan leksikasi. Og‘zaki nutq uchun xarakterli bo‘lgan oddiy muomaladagi so‘zlar o‘zining soddaligi, hammaga tushunarli bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p ishlatiladi, unlarda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan esa erkinlik sezilib turadi. Og‘zaki nutq leksikasiga dialektal so‘zlar, oddiy muomalaga oid: zarar-zaral, zarur-zaril, dasturxon-dastarxon, devor- duvol,uch marta-uch matta, hech nima-hechtima, go‘zal-ketvorgan, ajoyib-quling o‘rgilsin; erkalov so‘zlari: ninicha, asalim, shakarim, girgitton, qoqindiq; dag‘al so‘zlar (varvarizmlar): papulya, mamulya, oke, xarasho, ladno, patom; haqorat so‘zlar (vulgarizmlar) juvonmarg, zantaloq, qizitaloq; jargonlar: mullajiring, xit, xarif kabi so‘zlar kiradi. Og‘zaki nutqqa oid leksika badiiy asarlarda personajlarning nutqida beriladi. Masalan: Nima qilib bu ezmachurukni sudrab yuribsiz, beti qursin! (S.Ahm.) Qizaloqlarim, qo‘llaring nuqul baraka ekan.(O.) Boy qizitaloq ham toza erinmasdan davlat yiqqan ekan. (G‘.G‘.) Yozma nutqning uslubiy chegarlangan leksikasi kitob, jurnal, gazeta va shuning kabilarda qo‘llanadigan, umuman, yozma asarlar uchun xarakterli bo‘lgan so‘zlarning nisbatan turg‘un, barqaror, uslubiy bo‘yog‘i bo‘lgan yoki bo‘lmagan so‘zlarni taqozo etadi. Jumladan, rasmiy uslubga, poetik leksikaga, xalq dostonlariga, ommabop uslubga oid so‘zlar ma’lum darajada qo‘shimcha bo‘yoqqa ega bo‘ladi. Shu bois mazkur uslublarga xos so‘zlar og‘zaki nutqqa oid so‘zlardan ajralib turadi. Masalan, saylamoq, majburiyat, modda, farmon, jarima, izoh, isbot, mazkur, shaxsan; cheksiz, buyuk, asl, dargoh; ijozat, burch, bevosita, tabrik, boshchilik, erishmoq; zangori, ajoyib, sokin, mayin, chehra, jamol, ishq; dilovar, ajdar, dev, zo‘ravon; kapital, ozodlik, ilg‘or, qoloq, , qardoshlik, do‘stlik, tinchlik va boshqalar. Ammo ilmiy - texnik terminlar, tarixiy so‘zlar, kasb-hunarga oid so‘zlar, asosan, his-hayajonsiz bo‘ladi. Hatto avval his-hayajonli bo‘lgan so‘z ham termin tusiga kirishi bilan his-hayajon bo‘yog‘ini yo‘qotadi. Buning o‘rniga "kitobiylik" bo‘yog‘i paydo bo‘ladi. Masalan, kichik tilcha, qorincha, miya, umurtqa kabi anatomiya sohasiga oid so‘zlar, til, lab, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, tovush paychasi kabi tilshunoslikka oid terminlar shular jumlasidandir. Ana shu "ilmiylik", "kitobiylik", "maxsuslik" xususiyati ilmiy - texnik terminlarni va kasb-hunar so‘zlarini uslubiy jihatdan umumiste’moldagi boshqa so‘zlardan farqlanishiga va qo‘llanish doirasining cheklanishiga olib keladi. Leksemalar ishlatilish doirasi jihatidan avvalo ikkiga guruhlanadi: ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi leksemalar, yashash joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar, o‘zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o‘zbek tilida gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘ladi. O‘z-o‘zidan, bunday leksemalar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarning nomi bo‘ladi. Turkum nuqtayi nazaridan yondashilsa, ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga butunicha (ba'zi juz'iy istisnolar bilan, albatta) yordamchilar deb nomlanadigan grammatik turkumlarga mansub birliklar kiritilishi lozim. Chunki, birinchidan, bunday birliklar o‘zi ko‘p emas, har gal shu oz miqdordagi birliklarga murojaat qilinadi. Ikkinchidan, bular asli grammatik vositalar sirasiga kiradi: leksik tomondan ko‘ra grammatik tomon ustun turadi, bu hol ularning umumiy va zaruriy bo‘lishini ta'minlaydi. Undovlar ham ishlatilish doirasi jihatidan grammatik turkumlar qatori baholanadi6. Mustaqil turkumlardan son leksemalar va olmosh leksemalarning deyarli barchasi ishlatilish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan. Qolgan turkumlarda (ot, sifat, fe'l, ravish, shuningdek modal birliklarda) har bir leksema alohida yondashib baholanishi kerak. Dialektlarga ko‘ra voqe bo‘ladigan ba'zi fonetik ayirmalarni hisobga olmaganda (chunki bu leksemalar adabiy tilda yagona talaffuz me'yoriga bo‘ysunadi), ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga ko‘z-, qo‘l-, oyoq-, bilak-, tirsak-, yaxshi-, yomon-, qora-, sariq-, ko‘k-, kel-, ket-, o‘tir-, tur-, yur-, tez-, sekin-, erta-, kech- kabi juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Hozirgi adabiy o‘zbek tili leksik boyligining asosini xuddi shunday leksemalar tashkil qiladi. Leksemalarning ishlatilish doirasi jihatidan chegaralanishi turlicha. Shunga ko‘ra chegaralangan qatlam o‘z navbatida ikkiga guruhlanadi: ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan leksemalar va ishlatilishi kasb-korga ko‘ra chegaralangan leksemalar. Ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til hodisalari dialektizm deyiladi (yunoncha dialеktos - tilning mahalliy ko‘rinishi). Dialektizm – umumtilga emas, balki shu umumtilning mahalliy ko‘rinishlari bo‘lgan dialektlarga xos hodisa; shunga ko‘ra bular odatda biror dialektning vakillari nutqida ishlatilib, ko‘pincha boshqa dialektlarning vakillariga, shuningdek adabiy tilga ham xos bo‘lmaydi. Dialektizm asosan uch turli: 1. Lug‘aviy dialektizm – lug‘aviy birliklardagi turi (Misollari quyiroqda). 2. Grammatik dialektizm – grammatik hodisalardagi turi (masalan, ba'zi dialektlarda o‘rin ma'nosi uchun -ga, aksincha, jo‘nalish ma'nosi uchun -da ishlatilishi kabi). 3. Fonetik dialektizm – tovush talaffuzi va tovush o‘zgarishiga bog‘liq turi (masalan, ovoz tovushlarning ba'zi dialektlarda cho‘ziqroq va yumshoqroq talaffuz qilinishi, ayrim dialektlarda bir tovush o‘rniga boshqa tovushning kelishi va b.). Adabiy tilning lug‘atiga birinchi galda barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tanlab olinadi. Bu umumiy qatlam ayrim dialektlarga xos leksemalar hisobiga boyitib boriladi. Aslida adabiy til lug‘atining bir qismi avval dialektlarniki bo‘lib, adabiy tilga xos deb qaralishi bunday leksemaning umumlashib ketishiga sabab bo‘lgan. Dialektizm umumtil lug‘at boyligining nisbatan oz miqdorini tashkil etadi. Shu oz miqdordagi leksemalardan ham adabiy tilga saylab kiritiladi. Dialektizmlarning umumtil boyligiga aylanishi ma'lum shart-sharoitga bog‘liq. Masalan, shu dialektizm anglatgan ma'no uchun adabiy tilda boshqa nom bo‘lmasligi kerak; agar adabiy tilda shunday ma'noni anglatuvchi leksema bo‘lsa, yangi qabul qilinayotgan leksema leksik ma'no qirrasida, baho semasida, nutq ko‘rinishlariga xoslanish belgisida va boshqa jihatlarida ayrimlikka ega bo‘lishi lozim. Biror dialektizmning adabiy tilga ko‘chishini boshqa bir hodisadan – dialektizmning badiiy asarda ishlatilishidan farqlash kerak. Badiiy asarda ishlatilgan har bir leksema adabiy tilga qabul qilingan deb qaralmaydi. Badiiy asar voqelikni qanday bo‘lsa – shunday aks ettirishi sababli unda til hodisalari ham o‘z tabiiy holatida namoyon bo‘ladi. Agar dialektizm biror muallif asarida-gina uchrab qolmay, barcha ishlatadigan lug‘aviy birlikka aylansa, umumlashib ketsa, shunda bunday birlik adabiy tilga kirib boradi. Aks holda, badiiy asarda ishlatilganidan qat'i nazar, dialektizmligicha qolaveradi. Masalan, Abdulla Qahhor o‘z povestini ("Sinchalak") dialektizm bilan atadi, bu leksemani povest matnida ham ishlatdi. Lekin shu bilan sinchalakleksemasi adabiy til lug‘atiga o‘tdi deb bo‘lmaydi, albatta (Adabiy tilda shu ma'no chittak- leksemasi bilan anglatiladi). Demak, yozuvchi dialektizmni badiiy asar matniga kiritadi, bunday leksemaning adabiy til lug‘aviy birligiga aylanishi esa til amaliyotiga bog‘liq. Tilning biror mahalliy ko‘rinishida ishlatiladigan barcha leksemalar shu dialektniki deb qaraladi, lekin dialektizm deb shulardan bir qismi-gina ajratiladi. Bunda adabiy til bilan dialekt uchun mushtarak leksemalar hisobdan chiqariladi. Dialektdagi leksema adabiy tildagi leksemadan ko‘pincha tovush jihati bilan farqlanib turadi: ayni bir leksema adabiy tilda va turli dialektlarda har xil talaffuz qilanadi. Masalan, kangul- – ko‘ngul- - ko‘ngil-, oka- - aka-, jur- - yur-, gal- - kel-, bala- - bola, turpoq- - tuproq- kabi. Bular – tilning mahalliy ko‘rinishlariga xos bir necha leksema emas, balki umumtilda bor bir leksemaning turlicha talaffuzi; shunga ko‘ra bunday farqlanishlar leksik dialektizm deyilmaydi Dialektizm deb belgilanuvchi birlik adabiy tilda (shuningdek boshqa dialektlarda ham) umuman yo‘q bo‘lishi yoki o‘z leksik ma'nosida, leksik ma'nosining tarmoqlanishida, baho semasida va boshqa jihatlarida farq-lanib turishi kerak. Leksik dialektizm ikki turli bo‘ladi: a) dialektizm-leksema, b) dialektizmsemema. Faqat shu dialektda-gina ishlatilsa-yu, adabiy tilda yo‘q bo‘lsa, dialektizm-leksema deyiladi. Bunday leksema lug‘aviy birlik sifatida adabiy til uchun bus-butun yangi, noma'lum bo‘ladi. Masalan, xamak-, sapcha-, balacha-, tugunak- (tuynak-) leksemalaridan har biri boshqa-boshqa dialektniki, bulardan birortasi ham adabiy tilga qabul qilinmagan. Hozirgacha har bir territoriyada shu predmet o‘z leksemasi bilan anglatiladi. Xuddi shuningdek holat narvon-, shoti-, zangi- leksemalariga ham xos. Lekin bu misoldagi birinchi leksema, har holda, adabiy tilga olingan deb qaraladi (Markaz joylashgan dialektning leksemasi ekanligi bilan izohlansa kerak). Demak, dialektlardan biriniki bo‘lgan leksema adabiy tilga xos leksemaga aylanadi, qolganlari dealektizmligicha turadi.7 Dialektga xos leksema adabiy tilga ba'zan yakka o‘zi emas, balki turg‘un birikma tarkibida kirib kelishi mumkin. Masalan, shiypon- leksemasi adabiy tilga dala shiyponi- turg‘un birikmasi tarkibida o‘tdi. Ba'zi hollarda biror dialektdagi leksema boshqa dialektdagi leksema bilan yoki adabiy tildagi leksema bilan ifoda jihatiga ko‘ra bir xil bo‘ladi-yu, mazmun jihatiga ko‘ra farqlanib turadi. Buni dialektizm-semema deyiladi. Masalan, pashsha- - chivin-, chivin- - pashsha-, lagan- - tovoq-, tovoq- - lagan- leksemalarida bo‘lgani kabi. Bu yerda ayni bir leksik ma'no har xil dialektda boshqa-boshqa leksemaning lug‘aviy mundarijasini tashkil qiladi: ruscha muxa bir dialektda pashsha- deyilsa, boshqa bir dialektda chivin- deyiladi; aksincha, ruscha komar avvalgi dialektda chivin- deyilsa, keyingi dialektda pashsha- deyiladi va b. Bu yerda leksemalar go‘yo o‘rin almashib qolgandek bo‘ladi. Dialektlarga ko‘ra ba'zan leksemalarning ma'no hajmida ham farq mavjud bo‘ladi. Buni dialektizm-sememaning bir ko‘rinishi deb baholash kerak. Masalan, ba'zi dialektlarda meva turlaridan birining ho‘li ham, qurug‘i ham o‘rik- deb nomlanaveradi, boshqa bir dialektda esa o‘rik- deb faqat ho‘l mevaga aytiladi, qurug‘i esa turshak- deyiladi. Demak, o‘rik- leksemasining ma'no hajmi bir dialektda keng, boshqa dialektda esa tor bo‘lib chiqadi. Ishlatilish doirasi kasb-korga ko‘ra chegaralangan lug‘aviy birliklar professionalizm deyiladi (lot. professio - kasb-kor, mutaxassislik). Dialektizm ma'lum joyda yashovchilar uchun-gina tushunarli bo‘lsa, professionalizm ma'lum kasb-kor egalari doirasida ishlatilib, shularga tushunarli bo‘ladi. O‘z dialektining ta'siri bilan izohlanadigan ba'zi ayrimliklarni hisobga olmaganda, shu kasb egasi qaysi territoriyada yashashidan qat'i nazar, professionalizm ular uchun odatda umumiy bo‘ladi. Professionalizmlarning asosiy qismini har bir kasb-korda shu sohaning terminlari tashkil qiladi. Masalan, ipakchilik terminlari kabi. Professionalizm turli fan-texnika, maktab-ma'orif sohalarida, ma'muriy-xo‘jalik ishlarida va boshqa sohalarda ham mavjud. Dialektizmda bo‘lganidek, professionalizmlik ham nisbiy tushuncha. Bunday birlik o‘z sohasidan chiqib, ishlatish doirasidagi chegaralanish yo‘qolib, umumtil mulkiga aylansa, professionalizmlik muhrini yo‘qotadi. Ko‘pgina ma'muriy-xo‘jalik, fan-texnika, maktab-ma'orif, qishloq xo‘jaligi terminlari keng ommalashib, umumlashib, umumtil birligiga aylanib ketgan: shartnoma-, qonun-, kredit-, kultivatsiya- va b. Download 39.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling