Nutqda omonimiya hodisasini bartaraf qiluvchi omillar mundarija kirish


Download 47.08 Kb.
bet4/7
Sana14.03.2023
Hajmi47.08 Kb.
#1267841
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nutqda omonimiya hodisasini bartaraf qiluvchi omillar

Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq suz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomi. frazeologizmlar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, yaʼni frazeologizm tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq, qulogʻi ogʻir va boshqa frazeologizmlar tarixiy qoʻllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʻlib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi6.
Frazeologizlarning quyidagi turlari farklanadi: frazeologik chatishma — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning maʼnosiga bogʻliq boʻlmaydi, frazemadan anglashilgan koʻchma maʼno oʻning tarkibidagi suzlarning maʼnosi bilan izohlanmaydi: toʻnini teskari kiymoq, oyogʻini qoʻliga olib chopmoq, boshini olib chiqib ketmoq va boshqa; frazeologik butunlik (birlashma) — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning maʼnolari asosida izoxlanadi, shu maʼnolar asosida umumlashtiruvchi koʻchma maʼno ifoda qilinadi (koʻpincha bunday birlashmalarning oʻz maʼnosida qullanadigan variantlari ham mavjud buladi): yogʻ tushsa yalagudek, yeng shimarmoq, xamirdan qil sugʻurgandek, toʻydan oldin nogʻora chalmoq va boshqa; frazeologik qushilma — bunda frazemalar tarkibidagi bir suz koʻchma maʼnoda qoʻllanadi, boshqasi esa oʻz lugʻaviy maʼnosini saqlaydi: gapning tuzi, qoʻli gul, ishtax,asi ochildi va boshqa
Frazeologizmlar sintaktik tuzilishiga kura 2 ga boʻlinadi: birikmaga teng Frazeologizmlar (katta ogʻiz, ammamning buzogʻi, tuyogʻini shiqillatmoq) va gapga teng Frazeologizmlar (yuzi yorugʻ boʻldi, boshi osmonga yetdi, sirkasi suv kutarmaydi). Frazeologizmning qismlari ajralmas holda boʻlganligi uchun, frazeologizmgapda bitta sintaktik vazifada keladi. Maye: "Qizga oʻzbek qishlogʻining sodsa hayoti, oq koʻngil odamlari yoqdi" va "Nasimjon boshi koʻkka yetguday suyundi" gaplarida "oq koʻngil" frazemasi — aniqlovchi, "boshi koʻkka yetguday" frazemasi hol vazifasida kelgan. Frazeologizmlar tayyor lugʻaviy birlik — soʻzga teng boʻlganligi tufayli soʻzga xos shakl va maʼno munosabatlariga ham ega boʻladi, yaʼni tilda frazeologik omonimiya (mas, qoʻl koʻtarmoq — 1) urmoq, urmoqchi boʻlmoq, 2) tarafdorligini bildirmoq), frazeologik sinonimiya (toqati toq boʻlmoq — sabrkosasi toʻlmoq) va frazeologik antonimiya (koʻngli oq — ichi qora, koʻkka koʻtarmoq — yerga urmoq) mavjuddir.
Asrlar davomida shakllangan Frazeologizmlar ogʻzaki nutqda, badiiy adabiyotda hamda publitsistikada oʻtkir, taʼsirchan tasviriy vosita sifatida keng qoʻllanadi. Yozuvchilar oʻz asarlarida Frazeologizmlardan unumli foydalanish bilan birga mavjud Frazeologizmlarni asar ruhiga moslagan holda qisman oʻzgartiradilar, shu yoʻl bilan yangi iboralar yaratadilar. Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Said Ahmad va boshqa tomonidan ijod qilingan frazeologizmlar bunga misol boʻla oladi.
Turli xususiyatlarga ega boʻlgan frazeologizmlar majmui tilning frazeologik qatlamini tashkil etadi. Tilning frazeologik qatlami doimiy ravishda yangi frazeologizmlar bilan boyib boradi va xalqning madaniytarixiy tajribasini, shuningdek, muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. Frazeologizmlarni oʻrganish va tasnif qilish bilan frazeologiya shugʻullanadi sessiyada tushadi.
Barcha so‘zlarning yig‘indisiga, so‘z jamg‘armasiga vokabulyar deyiladi. Har bir tilning vokabulyaridan munosib o‘rin tutgan so‘zlar doimiy ravishda birbirlari bilan paradigmatik (o‘xshashlik) va sintagmatik (qo‘shnichilik) munosabatlarda bo‘lib turadi. SHunga ko‘ra ularni bir necha guruhga bo‘lib yuborish mumkin.
So‘zlar aytilishi, yozilishi va ma’nosi jihatidan turlicha guruhlarga birlashishi qonuniy sanaladi. SHulardan biri omonimiya (shakldoshlik) hodisasidir.
Aytilishi va yozilishi jihatidan bir xil, ammo ma’nosiga ko‘ra bir biridan keskin farqlanib turadigan so‘zlarga omonimlar deyiladi. Bu so‘z grekcha homos—bir xil, onuma—nom so‘zlaridan olingan. So‘zlardagi shakldoshlik hodisasiga omonimiya deyiladi. Omonimlarda tubandagi ikki jihat uni boshqa shakldoshlik hodisalaridan keskin farqlab turadi7.
1.Akustik  artikulyatsion tomondan omonim so‘zlar bir xil xossaga ega bo‘ladi, ya’ni o‘xshash talaffuz qilinadi va eshitiladi. Masalan: qirq (son) - qirq (harakat), uch (coat)—uch (harakat), ot (nom) —ot (hayvon) —ot (uloqtir) kabi.
2. Grafik jihatdan ham ular bir xil tizimga ega kul (ot) —kul (harakat), yon (tomon)—yon (yonmoq) fe’lining buyruqistak mayli) va hokazo. Bunday omonimlarga haqiqiy yoki to‘liq omonimlar deyiladi.Lug‘aviy omonimiya lug‘aviy birliklarning ifoda planida o‘zaro birbiriga teng kelishi sanaladi. Ifoda plani teng leksemalar esa omoleksemalar atamasi bilan yuritiladi: o‘t (olov)—o‘t (maysa), tut (daraxt) —tut (ushla), quloq (organizm)—quloq (mushtumzo‘r) kabi. SHuningdek, grammatik omonimlar ham farqlanadi. Masalan chi (so‘z yasovchi qo‘shimcha),chi (yuklama), ma (ot yasovchi qo‘shimcha),ma (shakl yasovchi qo‘shimcha).Leksik omonimiya hodisasini keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin8.
1. Ko‘p ma’noli so‘zning ayrim ma’nolari o‘rtasidagi aloqadorlik yo‘qolib, ular shakldosh so‘zlarga aylanib qolishi mumkin.Masalan: dam, tepki, suzmoq kabi.
2. Boshqa tillardan kirgan so‘zlar o‘zbek tilidagi so‘zga o‘xshash bo‘lib qolishi kuzatiladi. Masalan: bog‘ (o‘zbekcha: tugilgan narsa, to‘plash)—bog‘ (tojikcha: mevali daraxtlar o‘sgan joy), chor (tojikcha -o‘zbekcha: to‘rt) — chor (tsar) Rossiyasi kabi.
3. Substantivatsiya (otlashish), ad’ektivatsiya (sifatlashish) va adverbializatsiya (ravishlashish) hodisalari, ya’ni konversiya yordamida ham omonimlar hosil qilinadi. Chaqmoq, quymoq, yigirma, qirq; shayton, tulki, qo‘y, erta, kech kabi.Bulardan tashqari tarixan yasalgan optiq, opqa, qypt kabi leksemalarda ham omonimlik hodisasi kuzatiladi.Sistem tilshunoslik nazaridan esa sintagmatik (qo‘shnichilik) va paradigmatik (o‘xshashlik) asosida yon, ot, uch, qirq, yuz so‘zlari tahlil qilinganda, ularning shakliy va ma’noviy xususiyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Bu esa mazkur til birliklarini alohida nom bilan atash imkonini beradi.


Download 47.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling