Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalarning eshituv idrokini rivojlantirish texnologiyalari mundarija


Download 62.69 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi62.69 Kb.
#1524001
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Omonturdiyeva M.O. BMI

Xulosalar
Kar va eshituvchi bolaning har tomonlama kamol toptirish hamda uni maktab ta`limiga tayyorlash har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta`limiga tayyorlash uning nutqiy rivojlanishi bilan bevosita borliqdir, kar bolalarning nutqi faqat ularning umumiy rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy kamoloti so`zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L.S.Vigotskiy, F.F.Rau, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayeva va boshqa olimlarning asarlarida e`tirof etiladi.Ilk davrda kar va eshituvchi bolalar o`rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo`lgan davrda kar bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so`ng guldirashdek nutq ko`rinishlari hos bo`ladi. Keyinchalik, eshituvchi bolalar atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko`nikmalari ham so`nib boradi.
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarning lug`at boyligini eksperemental o`rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko`rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo`lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo`lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko`pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko`lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarning nutqini o`stirish bo`yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo`gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.
3. Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarning kattalar bilan aloqa qilish vositasi sifatida nutq funksiyasi insonning keyigi verbal va shaxs rivojlanish asosida yotadi. Shuning uchun nutqni rivojlantirish bo`yicha korreksion – tarbiyaviy ishlarning asosiy yo`nalishlarning biri – qandaydir boshqa bir faoliyat bo`yicha (predmetli, o`yin va hokazo) nutqiy muloqat uchun sharoit yaratishdir. Kommunikativ so`zlashuv (bayon etishning) barcha turlarini egallab olishning va shu bilan birga so`zlarning sintagmatik munosabatlarini egallash nutq o`stirish bo`yicha maxsus mashg`ulotlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Boladagi nutqning qiyinchiliklarni bartaraf etishda individual korreksiyalash mashg`ulotlari katta ahamiyatga ega.Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalarni nutqga o`rgatishda bunday yondashishda ular nutqiy, shaxsiy rivojlanishida har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta`limiga tayyorlashda ancha yuqori darajalarga erishishlari mumkin.

Download 62.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling