Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning tasavvur faoliyati xususiyatlari Komila,Xolisxon, Madina, Zebo
Download 8.18 Kb.
|
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning tasavvur faoliyati xususiyat-fayllar.org
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning tasavvur faoliyati xususiyatlari Komila,Xolisxon, Madina, Zebo Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning tasavvur faoliyati xususiyatlari Komila ,Xolisxon, Madina, ZeboInson ongida ilgari eshitish, ko'rish, sezish orqali idrok qilin- gan oby’ektlar to'g'risidagina emas, balki idrok qilinmagan obyektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va sh.k.) to'g'risida ham tasav- vurlar bor. Xayol (tasavvur) boshqa psixik jarayonlarning faoliyatini boyitadi. Tasavvur qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: borliqni tasavvurlarda ko'rish va turli hayotiy muammolarni yechishda ulardan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi; -hissiy munosabatlarni boshqaradi; -bilish jarayonlari va inson holatini ixtiyoriy boshqaradi; -insonni ichki jihatdan shakllantiradi; -faoliyatni rejalashtiradi va dasturlashtiradi. Hozirgi kunda korreksion-logopedik ishni bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishidagi kamchiliklarni hisobga olgan holda tashkil etish zarurligi defektologiya fanining dolzarb masalalaridan bo'lib qolmoqda. Bu esa nutq kamchiliklariga ega bo'lgan bolalarda turli psixik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini maqsadga yo'naltirilgan holda chuqur o'rganish masalasining muhimligini belgilab beradi. Hozirgacha bunday bolalarda idrok, xotira, tafakkur bilan bir qatorda tasavvurning rivojlanishiga tegishli ancha-muncha ilmiy va eksperimental material to'plandiHozirgi kunda korreksion-logopedik ishni bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishidagi kamchiliklarni hisobga olgan holda tashkil etish zarurligi defektologiya fanining dolzarb masalalaridan bo'lib qolmoqda. Bu esa nutq kamchiliklariga ega bo'lgan bolalarda turli psixik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini maqsadga yo'naltirilgan holda chuqur o'rganish masalasining muhimligini belgilab beradi. Hozirgacha bunday bolalarda idrok, xotira, tafakkur bilan bir qatorda tasavvurning rivojlanishiga tegishli ancha-muncha ilmiy va eksperimental material to'plandi Me’yorda rivojlangan bolalar tasavvurini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda tasavvur va nutq o'rtasida yaqin aloqa borligi ta’kidlanadi. «Tasavvurning rivojlanishi ustida olib borilgan kuzatishlar, — deb yozgan edi L.S. Vigotskiy, — bu funksiyaning nutq rivojlanishiga bog'Iiqligini ko'rsatdi. Nutq rivojlanishidagi kamchiliklar tasavvur rivojlanishiga ham to'sqinlik qiladi». Nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda tasavvur xususiyatlari bir qator metodikalar asosida olib borilgan eksperimental kuzatuvlar natijasida tekshirildi va tadqiq etildi. Tadqiqotlarda bolalarning ijodiy tasavvurini o'rganishda ko'proq «Berilgan geometrik shakl bo'yicha rasm yaratish», Rorshax testi, «Boshi bor rasmni tugallash» metodlari qo'llanadi. Bunda eksperiment individual va guruhiy shaklda olib borilishi mumkin. Eksperimentning borishida bolalarning berilgan vazifani bajargan vaqti, ular faoliyatining sifat jihatdan tahlili o'tkazildi. Nazorat va eksperimental guruhlar birinchi metodika bo'yicha tekshirilganda shu narsa ayon bo'ldiki, bajarilgan rasmlarning soni bo'yicha nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar guruhi bilan me’yordagi bolalar guruhi o'rtasida uncha sezilarli tafovut kuzatilmadi. Biroq me’yordagi bolalar rasmlarida yaratilgan obrazlar soni eksperimental guruh bolalarinikidan o'rta hisobda beshtaga ko'proq ekani ma’lum bo'ldi. Nutqi me’yorda rivojlangan bolalar figuralarni fazoda joylashtirishda ham nutq kamchiliklariga ega bo'lgan bolalarga qaraganda ancha erkin ish tutishi ma’lum bo'ldi. Download 8.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling