Nutqiy mavzu : Ilm sari yo‘l
Download 35.91 Kb.
|
1 2
Bog'liqIlm sari yo‘l. Sharq akademiyalari. Referat, taqtiz, an
Nutqiy mavzu: Ilm sari yo‘l. Gram. mavzu: Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining Reja Ilm va olam Sharq akademiyalari va Xorazm Maʼmun Akademiyasi Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining Ilm va olam Odamzod paydo bo‘libdiki, dunyoni bilishga harakat qiladi. Momaqaldiroq chaqmoqlari-yu, yеr tеbranishlari, fasllar aylanishi-yu, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari uzoq asrlardan buyon insoniyat ongini band etib kеldi. Tabiat sirlarining ochilishi insonga bitmas-tuganmas qudrat va kuch bahsh etdi, yangi jumboqlar sari ilhomlantirdi, odamzod ahli ikki karra ikki to‘rt ekanligini bilishdan, to kosmik kеmalarni kashf etishgacha bo‘lgan uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Bunday aql karvoni yo‘lida qanchadan-qancha ilm shaydolari azob chеkmadilar, qanchadan-qancha insoniyatning asl farzandlari qurbon bo‘lmadilar. Ammo ularning umri, hayoti va kashfiyotlari kеlajak avlodlarning yo‘lini yoritib turgan abadiy so‘nmas mash’al bo‘lib qoldi. Haqiqat uchun qurbon bo‘lish, ilm tantanasi uchun jon fido etish kishilik jamiyati erishgan buyuk ma’naviy qudratning zavol bilmas haykali, buyuklik timsolidir. Ilm [bilim; fan; nazariya] – o‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. Fan [mahorat; ilm, bilim] – tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi. Fan – dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli – olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi oʻzining o‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. Soha – inson faoliyati, ilm-fan, madaniyat va shu kabilarning har bir tarmog‘i. Lug‘at jumboq – секрет, тайна to‘qnashuv – столкновение voqelik – реальность kashf etmoq – изобретать Maqollarni yod oling Bilagi zo ‘r birni yiqar, Bilimi zo ‘r mingni. Bir yigitga qirq hunar ham oz. Hunar o ‘rganish uchun ham hunar kerak. Sharq akademiyalari Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’rifiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganish, asrab-avaylash hamda keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining qayta yo‘lga qo‘yilishi ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislarini tarbiyalashdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Oradan o‘n asr o‘tib, akademiyaning eshiklari qayta ochildi. Hozir bu yerda mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish yo‘lida salmoqli ishlar davom ettirilmoqda. Akademiya olimlari xorijdagi qator ilmiy muassasalar bilan faol hamkorlik qilmoqdalar. Jumladan, Fransiyaning Sorbonna universiteti va Fanlar akademiyasi, Misrning Ayn Shams universiteti, Koreya Respublikasining Kyon-Xi universiteti, Saudiya Arabistonining Podshoh Faysal ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa nufuzli ilmiy dargohlar bilan aloqalar o‘rnatilgan. Yurtboshimiz tashabbusi bilan qayta dunyo yuzini ko‘rgan Xorazm Ma’mun akademiyasi ilm-fanni rivojlantirish, madaniy aloqalar va xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Xorazm Maʼmun Akademiyasi VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi Bagʻdodda ilm-fan rivojlandi. Xalifa Xorun ar-Rashidning oʻlimidan soʻng (813-yil), uning oʻgʻli al-Maʼmun xalifa etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bagʻdodga koʻchgach (819-yil), u yerda Ilmiy markaz tashkil etib, unda barcha musulmon oʻlkalardan olimlarni toʻpladi. Bu Ilmiy markaz tarixda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») nomi bilan mashhurdir. Bu yerda, asosan, riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, joʻgʻrofiya, astrologiya va shunga oʻxshash boshqa fanlar oʻrgatilgan. Xorazmshoh Maʼmunning oʻgʻli Ali ibn Maʼmun taklifi bilan 1004-yilda Gurganchda (Qoʻhna Urganch) «Dor ul-hikma va maorif» nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga ibn Iroq va Beruniyning takliflari bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yunon tillaridan tarjimalar ham qilingan. XVIII asr fransuz ensiklopedistlari al-Maʼmun faoliyatini va Bagʻdoddagi «Bayt ul-hikma»ning faoliyatini oʻrganib chiqib, uni Afinadagi Platon Akademiyasiga juda oʻxshatganlar va «Bayt ul-hikma»ni «Al-Maʼmun Akademiyasi» deb ataganlar. Gurganchdagi «Dorul-hikma» esa «Ikkinchi Akademiya» boʻlib qoldi. Maʼmun Akademiyasining faoliyati 1017-yilda Mahmud Gʻaznaviy bosqini tufayli tugatiladi. Mustaqilligimiz sharofati tufayli birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan bu Akademiya qayta tiklandi. Hozirda Xorazm Maʼmun Akademiyasi tarkibida «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Biologiya muammolari» va «Til va adabiyot» boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Download 35.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling