Nutqiy mavzu: Kelajak bilimli yoshlar qo‘lida. Grammatik mavzu: O‘zbek tilida sinonimlar. Reja


Sinonimlar haqida va uning turlari


Download 38.76 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi38.76 Kb.
#1515946
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kelajak bilimli yoshlar qo‘lida. Sinonimlar

Sinonimlar haqida va uning turlari


SINONIMLAR (yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va b. munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) b-n oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va b. Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.
Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi Sinonimlar l ar qatorch deyiladi. Sinonimlar l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma Sinonimlar qatori 2 suzdan, yuz—aft — bashara — bet… S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimlar qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi b-n tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq… soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq suzlari qatoriga kiradi.
Sinonimlarlar qatoridagi bir suz bosh suz (asosiy suz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hoz. adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farklanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng quotlanadi. Mas, chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol… S. qatorida chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblakadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farklanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam koʻllanadi va h. k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgixususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Download 38.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling