Nutqiy savodxonlik va nutq madaniyati asoslari
Download 23.41 Kb.
|
NUTQIY SAVODXONLIK VA NUTQ MADANIYATI ASOSLARI.
NUTQIY SAVODXONLIK VA NUTQ MADANIYATI ASOSLARI. REJA: Nutqiy savodxonlik tushunchasi. Nutq madaniyati tog’risida ma’lumot. Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismidir. Nutq madaniyati tushunchasi ikki xildir: 1. Nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasi bo’lsa. 2. Tilshunoslik fanining bir bo’limi, ya’ni adabiy tilni yanada takomillashtirish, me’yorlash bilan shug’ullanuvchi sohadir. Demak, fikrni til vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan bayon qilishning bosh qoidalariga nutq madaniyati asoslari deyiladi. Bu kursning asosiy maqsadi ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo’shish hamda maktab o’quvchilari va talabalariga nutq madaniyati tarixidan ma’lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so’z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini o’rganish va ularga baho berishdan iboratdir. O’zbek adabiy tili me’yorlari. Nutq madaniyati uchun adabiy til me’yori o’lchovi kerak bo’ladi. Xo’sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha: «Til me’yori- bu til birliklari va uning qurilishini o’zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo bo’lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig’indisidir». Ya’ni adabiy til me’yori bu, til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikga ma’qul bo’lgan variantini tanlashdir. Me’yor o’zgaruvchandir. Umumiy va xususiy me’yor mavjud. Professor E.Bekmatov va boshqalar tomonidan nashr qilingan «Adabiy norma va nutq madaniyati» kitobida o’zbek adabiy tilining quyidagi me’yorlari qayd etilgan: Fonetik me’yorlar. Lesik-semantik me’yorlar.(so’z qo’llash) Talaffuz (Orfoepik ) me’yorlar Aksentologik (Urg’uning to’g’riligi) me’yorlar Grammatik me’yorlar. So’z yasalish me’yorlari Imloviy me’yorlar. Grafik ( yozuv) me’yorlari. Punktuatsion me’yorlar. Uslubiy me’yorlar. Fonetik me’yor. Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, undosh tovushlarning qo’llanishi me’yor hisoblanadi. Leksik –Semantik me’yor. Hozirgi o’zbek tilining lug’aviy me’yori deganda, so’z variantlarining ҳamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini tanlab olish tushuniladi. Lug’aviy me’yor imlo, talaffuz va tarjima lug’atlarda o’z aksini topgan bo’ladi. Talaffuz me’yorlari. Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muofiq kelishidir. Ammo, og’zaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o’zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Talaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta. Aksentologik me’yor. Bunda urg’uni so’z va gaplarda to’gri qo’llash me’yori tushiniladi. Masalan: olma, olma, yangi, yangi, hozir, hozir so’zlarida urg’uni to’g’ri ishlatmaslik so’z ma’nosiga ta’sir qiladi. Grammatik me’yor. Hozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmoqda. Shunga qaramay, ba’zan - ning o’rnida – ni , -lar o’rnida – la shakllarini xato qo’llash hollari uchraydi: Direktorni xonasida ko’rdim. Direktorning xonasida ko’rdim. Birinchi misolda Direktorning o’zini ikkinchisida boshqa kishini ko’rganlik ma’nosi anglashilmoqda. So’z yasalish me’yori. So’z yasovchi qo’shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so’z yasalish me’yori hisoblanadi. Imloviy (orfografik) meyor. Adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezonlaridandir. Grafik (yozuv) me’yor. Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan yozuvdir. Bosh va kichik harflar hamda yozma va bosma shakl ko’rinishlariga ega bo’lgan yozuv me’yoriydir. Punktuatsion me’yor. O’nta tinish belgi asosida ish ko’radi .( . , : … ? ! ( ) ; « » - ) . Uslubiy me’yor .Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda sharoitga qarab eng ma’qulini qo’llashdir. Uslubiyat tunshunchasi . Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil soqalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat kishilarda gapira olish malakasini, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi. Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli qiziqtirmaydi. Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit anchagina tor. Jus’iy soҳadir. Shunday qilib nutq madaniyati bilan uslubiyat sohalari teng hodisalar emas, ammo ular biri ikkinchisini to’ldiradi. O’zbek tili -davlat tili. O’zbekiston Respublikasining “davlat til haqida ” –gi Qonuni 1989yil 21-oktyabrda qabul qilingan shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz. Mustaqqillik sharofati bilan o’zbek tili-davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’grisida g’amxo’rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1993 yil 2-sentyabrda “lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24-avgustda tasdiqlandi. Davr taqozasi bilan “Davlat tili haqida ”gi qonunga ham ayrim o’zgartirishlar kiritildi va 1995 yilning 21- dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi taxririda “Davlat tili haqida ”gi qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24- moddan iborat bo’lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo’lgan Konstitutsyamizning 4-moddasida yozilganidek, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”, deb yozib qo’yilgan. Davlat tilini o’rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglagan majburiyatga aylanib bormoqda. O’zbek tilida to’g’ri, ifodali so’zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh o’quvchi o’z ona tilidagi so’z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So’z fikr qurolidir, kishi qanchalik so’z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi. Xulosa Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil soqalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat kishilarda gapira olish malakasini, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi. Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli qiziqtirmaydi. Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit anchagina tor. Download 23.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling