Nutqli va nutqsiz muomala
Download 38.75 Kb.
|
NUTQLI VA NUTQSIZ MUOMALA
ICHKI NUTQ
Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko`pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida nomoyon bo`ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani yechayotgan bo`lsak uni o`z-o`zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq - ya’ni fragmentar xarakterga ega bo`ladi. Sababi biz o`z fikrimizni, nima haqida o`ylab nima haqida "gapirayotganimizni" o`zimiz juda yaxshi tushunamiz. Ikkinchi tomondan, ichki nutqda biron vaziyatni idrok qilish paytida anglashilmovchilik bo`lmaydi. Ichki nutq xaddan tashqari sharoitga bog’liqdir. Ichki nutqni artikulyatsiya a’zolarining harakatlarini (lablar, tilning harakatlari) qayd qilish yo`li bilan tekshirish mumkin. Ammo bu holda ichki nutqning mantikiy jihatdan oxirigacha olib boilmaydigan, real ovoz chiqarishgacha yetkazilmaydigan talaffuz qilish harakatlarigina o`rganiladi. YOZMA NUTQ Yozma nutq monologik nutqka juda yaqin turadi. Shu sababli ba’zi qo`llanmalarda uni monologik nutqning turi ham deb ko`rsatishadi. Monologik nutqning barcha xususiyatlari yozma nutqqa ham xosdir. Yozma nutq ogzaki monologik nutqka nisbatan birmuncha batafsilrokdir. Chunki yozma nutq jarayonida suhbatdoshdan keluvchi teskari aloqaning bo`lmasligi. Bizdan suhbatdoshimiz biror narsani so`ray olmaydi, tushungan yoki tushunmaganini izhor qila olmaydi. Shu sababli hamma narsani batafsil, oldindan tushuntirishga, izhor qilishga harakat qilamiz. Bu jihatdan yozma nutq og’zaki nutqqa nisbatan nihoyatda murakkab. Yozma nutqni o`zlashtirish va uni tushunish uchun maxsus tartibda ta’lim olmoq zarur. Yozma nutq, o`z mohiyati jihatdan, nutqning eng ixtiyoriy turidir. Agar biz bayon qilmoqchi bo`lgan fikr o`ylaganimizdek chiqmasa biz uni yana boshdan boshlaymiz. Yozma nutq ham turli darajada va shaklda bo`lishi mumkin. Kimdir yozma nutq davomida og’zaki nutqqa suyanadi o`zicha gapirib turadi), kimdadir yozma nutq to`liq ichki planga to`liq o`tgan. U shunchalik o`rganganki, tashqi nutqqa suyanmaydi, guyoki "o`ylamaydi", gaplar o`z-o`zidan quyilib kelaveradi. Yozma nutqning natijalari ham doimo ko`zga tashlanib turadi. Shu sababli tartibli nutqqa o`rgatishni yozma nutqdan boshlash kerak. Download 38.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling