Nutqli va nutqsiz muomala
Shaxs muomala jarayonida (tranzakt psixologiya)
Download 38.75 Kb.
|
NUTQLI VA NUTQSIZ MUOMALA
Shaxs muomala jarayonida (tranzakt psixologiya)
Keyingi yillarda psixologiya fanida va hayotda kishilar orasidagi muomala jarayonini o`rganish va boshqarishga qiziqish kupaymoqda. Ko`pchilik psixologik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, agar kishi o`zining xulq atvori va boshqalar bilan muomalasi ostida yotgan qonuniyatlar va tamoyillarni bilsa u hayotga munosabatini, boshqalarga bo`lgan munosabatini keskin o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladi. «Muomala» psixologik kategoriya sifatida juda ko`p o`rganilgan bo`lishiga qaramay, uni o`rganish davom etmoqda. Bu muomalaning muhimligi va ko`p qirraliligi bilan tushuntiriladi. Biz keyingi yillarda g’arbda juda ommalashgan «Tranzakt psixologiya» nomoyondalari tomonidan taklif qilingan fikrlar bilan tanishtirmoqchimiz. Bular orasidan keng ommaga (rus va ingliz tillarida) tanish bo`lgan e.Bern («Igriu, v kotoriue igrayut lyudi»), T.Xarris («Ya-O’key-Tiu- O’key») va M.Djeyms, D.Djondjeval («Rodit’sya, chtobiu pobedit’») asarlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Tranzakt psixologiyasi tarafdorlarining fikriga ko`ra kishilar muomala jarayonida o`zlari anglagan yoki anglamagan holda o`z hamfikrlarining fikrini, hatti-harakatini boshqarish, o`zgartirishga intiladilar. Masalan, Perlzning fikricha muomala jarayonida kimdir asosiy, boshqaruvchi, vaziyatni nazorat qiluvchi, ikkinchisi esa unga buysinuvchi bo`ladi. Birinchisi ko`rsatadi, ikkinchisi bajaradi. M.Djeyms , D.Djondjevallar esa muomala jarayonida «Ta’qib qiluvchi», «Ta’qiblanuvchi», «Yordamchi» rollarida bo`ladilar deb ko`rsatadilar. «Ta’qib qiluvchi» - boshqalarning hatti-harakatlarini, faoliyatini boshqarishga, qandaydir cheklashlar, chegaralar o`rnatishga harakat qiladi, ta’qiqlaydi. «Ta’qiblanuvchi» - unga qilgan ishi uchun, o`zini to`tishi uchun va h.k. uchun «Ta’qib qiluvchi» unga tanbeh beradi, nimanidir unga ta’qiqlaydi. Ko`pincha ular o`zini boshqalar nazarida qiynalayotgandek ko`rsatishga urinadilar. «Yordamchi» - ko`pincha «Ta’qiblanuvchi»ga yordam berishga intiluvchi yoki o`zini shunday ko`rsatishga harakat qiluvchi shaxs. Eng ko`p tarqalgan nazariyalardan biri e.Bern nazariyasidir. e.Bern muomala jarayonidagi pozitsiyasiga ko`ra kishilar «Ota-ona»(ko`proq «qaynona» tushunchasi mos keladi), «Katta kishi» va «Bola» rollarini o`ynaydilar deb ko`rsatadi. Download 38.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling