Nutqning asosiy xususiyatlarstrrepla: kirish nutq tushunchasi
Download 492 Kb.
|
Abdurahimova Dilnoza. Nutqning asosiy xususiyatlari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning sofligi va ta’sirchanligi. Nutq shakllari va turlari Ilmiy nutq uslubi
Nutqning asosiy xususiyatlari R e j a: KIRISH Nutq tushunchasi Nutqning to`g`riligi 1.2. Nutqning aniqligi. 1.3. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning sofligi va ta’sirchanligi. Nutq shakllari va turlari Ilmiy nutq uslubi Ishbilarmon nutq uslubi Jurnalistik uslub Badiiy uslub Suhbat uslubi XULOSA KIRISH XX asr tilshunosligining – asosiy mezoni til va nutq munosabati bo’lib, ularning farqlash vat il va nutq hodisalarini farqlash hisoblanadi. Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda aytilmoqchi bo`lgan maqsadning tinglovchi va kitobxonga to`liq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko`ra nutq oldiga ma’lum talablar qo`yiladi. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to`g`ri, aniq, chiroyli, erkin, maqsadga muvofiq bo`lishidir. Bu belgilar nutqning asosiy sifatlari, xususiyatlari deb qaraladi. Hayvondan ibtidoiy odam fikrlash, gapirish va tasvir yaratish qobiliyati bilan ajralib tura boshladi. Belgilar va ovozli signallardan foydalanib, odamlar tillar va yozuvlarni yaratdilar. Fikrlarni til va belgilar orqali moddiylashtirish qobiliyati nutq deb ataladi - og'zaki va yozma. Nutq va til odamlarga bir-biri bilan muloqot qilishda yordam beradi, ularni birlashtiradi yoki ajratadi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. Asl nutq („tashqi nutq“) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nut asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli Nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq ogʻza-ki Nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki Nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud. Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli Download 492 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling