Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u


-mashq. O‘qing. To‘ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalanganini ayting. To‘ldiruvchini o‘zi bog‘lanib kelgan (boshqarayotgan) so‘z bilai birikma tarzida ko‘chiring


Download 180.5 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1306934
1   2   3
Bog'liq
IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR

1-mashq. O‘qing. To‘ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalanganini ayting. To‘ldiruvchini o‘zi bog‘lanib kelgan (boshqarayotgan) so‘z bilai birikma tarzida ko‘chiring.

  • 1-mashq. O‘qing. To‘ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalanganini ayting. To‘ldiruvchini o‘zi bog‘lanib kelgan (boshqarayotgan) so‘z bilai birikma tarzida ko‘chiring.
  • 1. Men chollarning gapiga beixtiyor berilaman. Dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. Ular allaqanday xonlar, beklar, qo‘rg‘onlar, urushlar to‘g‘risida so‘zlashadi. Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo‘ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog‘dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog‘larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan. Bu gaplar menga ertakdan ham qiziq tuyuladi. Nihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday, boshlarini quyi solishadi. (O.)
  • 2. Sen yana yashnab ketasan, seni bo‘stonga aylantirayotgan xalqing hech kam bo‘lmaydi. Sen davr suradigan zamon keldi. Shu zamonni, mustaqil hayot zaminini qurayotganlarga men chin yurakdan zafar, omad tilayman. Nasib etsa oz bo‘lsa ham ularga qo‘limdan kelganicha yordam beraman. (O‘.U.)

2-mashq. O‘qing. Avval vositasiz, so‘ngra vositali to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring, farqini tushuntiring.

  • 2-mashq. O‘qing. Avval vositasiz, so‘ngra vositali to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring, farqini tushuntiring.
  • 1. Shu kichkina oppoq qo‘lchalar Vatan burchini oqlar, albatta! (Mirm.) 2. Naqqoshga yasatig‘liq bir ot in’om qilinadi, qolgan mehmonlarga esa qimmatbaho sarpolar kiygizildi. (L. Bat.) 3. Erkni, qirni, daryolarni, cho‘lni qo‘msab qoldi dil. (Sh. Rustaveli.) 4. Munavvar balanddan olingan tuproqni yerning chuqurroq yeriga to‘kkach, ... bir kosa qatiq keltirib, mehmon oldiga qo‘ydi. (S. Nazar.) 5. Uzoq-uzoq elatlarga, ellarga, Janub yoqda turfa-turfa gullarga, Mushtoq bo‘lgan qancha-qancha dillarga Bizdan salom eltadilar turnalar. (H. G‘.)
  • 3-mashq. O‘qing. Kelishik affikslari va ko‘makchili so‘zlar bilan kelgan to‘ldiruvchilarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
  • 1. Otang, albatta, keladi, onang seni qidirib yuribdi, bugun-erta kelib qoladi, deb bolalar qalbida umid chirog‘ini so‘ndirmay yurgan hamshiralar, murabbiyalarni ko‘rganda odam uchun faxrlanmay bo‘ladimi! (H. Tojiboev.) 2. Gulnoz to‘rttagina uzum g‘ujumini piyolaga solib ezdi va choy qoshiqda buvi labiga tutdi. (H. G‘.) 3. Urush haqida ham, tinchlik, arzonchilik haqida ham hech narsa demadi. (H. Nu’mon, A. Shorahmedov.) 4. “Aziz otamizning fikrini, yo‘lini himoya qilmoq uchun, – dedi Sultonmurod bo‘g‘iq va hazin ovoz bilan, – qilichingizni mahkam tuting, bahodir!” (O.) 5. “O‘zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi”, – deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Xalilov. (I. R.) 6. Men tinchlik haqida qo‘shiq aytaman, Bulbul gul ishqida kuylaganiday. (U.)
  •  
  • E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling