Nutqning fonetik bulinishi Reja
Download 80 Kb.
|
Nutqning fonetik bulinishi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovushlarning artikulatsiyasi uch fazadan iborat
Nutqning fonetik bulinishi Reja: 1.Bug’in va uning turlari. 2.Urg’u va uning turlari 3.Transkripsiya haqida tushuncha 4-Fonetik o’zgarishlar. 1.Nutq. fonetik jihatdan to’rt tarkibiy qismdan iborat: jumla, takt, bugin va tovushga ajratiladi. Fonetika ana shu birlikni tilda tutgan o’rni turi va xususiyatlarini o’rganadi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo’lib, ikki tomoni-dan pauza bilan chegaralanib o’ziga xos ohangga ega bo’ladi. Fraza jumla degan ma‘noni anglatib, u ko’pincha gapga teng keladi. Takt. Frazalar taktlardan tashkil topgan bo’ladi. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urgu bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir necha buginning yigindisiga takt deb aytiladi. Frazada nechta urgu bulsa, shuncha takt buladi. Takt uz navbatida sintagma deb xam yuritiladi. Bug’in . Takt bug’inlardan tashkil topadi. Bug’in bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Tilshunoslik fanida bug’in ta‘rifiga aloqador bir nechta nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bugin nazariyasi va fonetik bugin nazariyasi boshqalariga qaraganda kengrok tarqalgan. Fonologik nazariya bug’inda unli va undosh tovushlarning joylashishi tartibini o’rganadi. Bu nazariyada asosan bir burinli so’zlarning tovush tuzilishi o’rganilib, unlidan oldin turishi mumkin bulgan undoshlarning soni va sifati xamda unlidan keyin kelishi mumkin bulgan undoshlarning soni va sifati aniqlanadi. Buginga fonetik birlik sifatida yondashishda xam turli fikrlar bor. Shulardan akustik va artikulyaktsion nazariyalarni nazarda tutishi lozim. • ' Umuman, o’zbek tilida bug’in bo’lishi uchun albatta unli bulishi kerak. Bug’inlar unli va undoshlar bilan tugashiga qarab ochiq va yopiq bug’inlarga bo’linadi: Ochiq, bug’inli so’zlar — lo-la, sha-.lo-la. Yopiq. Bug’inli so’zlar — mak-tab, daf-tar. 2.Urgu. Suzlarda buginlar, gaplarda suzlar va suz birliklarini ma‘lum vositalar bilan boshqalardan ajratib kursatish urg’u deyiladi. Bu tillarda so’z fraza urg’ular mavjudligidan dalolat beradi. Ma‘no urg’usi. Vir mustaqil so’zni yoki unga bog’lanib kelgan bir yoki bir necha yordamchi so’zlar guruhini boshqalardan ajratib ko’rsatish demakdir. So’z urg’usi. So’zdagi burinlarning birini boshqasiga nisbatan ajratib kursatishdir. Bu ikki urg’u turlari o’zbek tiliga va uning o’z xususiyatlariga to’g’ri keladi. Umumiy tilshunoslikda urg’u o’rniga ko’ra: turg’un urg’uli tillar va erkin urg’uli tillarga farqlanadi. Turg’un urg’uli tillarda urgu doimo so’zning ma‘lum bir bug’iniga tushadi. O’zbek va frantsuz tillarida urg’u doimo oxirgi bug’inga (buni o’ylab qurish lozim) polyak, venger, chex, lotin tillarida hamma vaqt birinchi bug’inga tushadi. Erkin urg’uli tillarda urg’u so’zning qaysi bug’inga tushishini oldindan bilish mumkin emas. Bunday tillarda urgu so’zning har xil burinlariga tushishi mumkin. Urg’u boshqa tillardagi kabi o’zbek tilida ham so’z ma‘nosini farqlashda xizmat qiladi: olma, olma, yangi, yangi. 3.Transkriptsiya nima? Bu termin ikki xil ma‘noda ishlatiladi:keng ma‘noda atokli, geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma‘lum bir qoida asosida berilishini; tor ma‘noda esa ma‘lum til va uning shevalariga oid suzlarni yoqi chet tiliga oid suzlarni talaffuziga ko’ra aynan yozib olishni anglatadi. Bu so’z ko’pincha keyingi ma‘noda ishlatiladi. ; Demak, nutq, tovushlarini aniq. ifodalash uchun ishlatiladigan yozuv transkriptsiya deyiladi. Transkriptsiyaning asosiy printsipiga kura so’zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. : 4.Nutq jarayonida tovushlar turli o’zgarishlarga yuz tutadi. Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta‘siri natijasida ro’y beradigan o’zgarishlarni kombinator o’zgarishlari deyiladi. Bunday o’zgarishlarga akkomodatsiya, assimilyakiya, dissimilyatsiya, gaplologiya, diereza va boshqalar kiradi. ; Tovushlarning talaffuziga ularning so’zda tutgan o’rni, o’rganish ta‘siri sabab bo’lsa, bunday o’zgarishlarmi pozitsion o’zgarishdar deyiladi. Assimilyakiya lotincha assimilation so’zidan olingan bo’lib, «o’xshashlik» degan ma‘noni anglatadi. Tovushlarning o’zaro bir-biriga ta‘siri natijasida biri ikkinchisiga o’xshab ketishi assimilyatsiya xodisasi hisoblanadi. Assimilyatsiya progressiv, regressiv bo’lishi mumkin. Oldinda kelayotgan tovush keyingisiga ta‘sir etib, uni o’ziga o’xshatib olsa, progressiv assimilyatsiya ro’y beradi: ochdi-ochti, botdi-botti. Keyingi kelayotgan tovush o’zidan oldingisini o’ziga o’xshatib olsa, regressiv assimilyatsiya deyiladi: bir+ta - bitta, yuz+siz - yussiz, yigit+cha - yigichcha. Dissimilyatsiya termini lotincha dissimilatio suzidan kelib chiqqan bo’lib, «o’xshamaslik» ma‘nosini anglatadi. Talaffuz jixatidan bir-biriga yaqin bo’lgan tovushlardan biri o’zining fiziologik yoki akustik xo’susiyatlarini o’zgartirib yuborsa, bunday xodisani dissimilyatsiya deyiladi: birorta - bironta, koridor. - kolidor. Diereza so’zdagi tovushlardan birini talaffuz qilmay tushirib qoldirishdir: dastlab - daslab, past - pas, go’sht — go’sh, nima - nma. Metateza - yonma-yon turgan tovushlarning urin almashtirish xodisasidir: turpoq, - tuproq, surpa - supra. Epinteza so’zlarga ularning tarkibida yuq bulgan tovushlarning qushilib, aytilishi xodisasidir: unga, unda, undan. Tovushlarning pozitsion o’zgarishlari. Ba‘zi tillarda no’tq tovushlari so’zda tutgan o’rinlariga qarab talaffuzda va rasmiy yozuvda orfografiyada o’zgarib ketishi yoki tushib qolishi mumkin. Bunday xodisalar o’zbek tilida ham uchraydi: zavod - zavot, bob - bop. Ba‘zan so’zlarga qo’shimchalar qo’shilishi natijasida, so’zning urgusi qo’shimchaga o’tadi, avvalgi o’rgu:olgan unli tushib qolishi mumkin: singil - singlim, burun - burnim. Bu masala boshqa tillarda xam kup tarqalgan reduktsiya xodisasiga misoldir. Reduktsiya qisqarish» ma‘nosini anglatib, unli tovushlarning urguli yoki urgusiz xolatiga taalluqli xodisadir. Bu xodisa dinamik urgu bidan uzkiy boglik.: bil-bilak, til-tilak, bir-biroq Epiteza. Suz ohirida bir urinda kelgan ikki undoshdan so’ng tovushining qushilish hodisasidir: disk - diska, blank - blanka, tank-tanka. Prokopa — yiroq,-irok,, yirik-irik. Sinkopa - avtor-avtir, direktor-direktir. Sinyarizis - maorif-morif, saodat-sodat. Eliziya - kora ot-korot, bora oladi-boroladi. Nutqda tovushlar alohida holda talaffuz etilmaydi. Ular ma'lum tartibda ketma-ket birikkan holatda bo'ladi. Demak, nutq ketma-ket kelgan tovushlarning yig'indisi yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo'lib, u talaffuz davriga ko'ra oldinma keyin kelgan fonetik birliklarga bo'linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik birliklarga bo'linishi uning fonetik bo'linishi deb ataladi. Bunday bo'linishni, ba'zan segmentatsiya (lotincha segmentus – bo'lak ma'nosida) deb ham yuritiladi. Segmentatsiya tushunchasi nutqni tashkil etuvchi bo'laklarga bo'lishni bildiradi. Har bir bo'lak segment deb yuritiladi. Nutqning bunday bo'linishi katta va kichik segmentlarni aniqlashga va ular o'rtasidagiulanish tartibni bilishga imkon beradi. Har bir fonetik birlik o'zining artikulyatsion-akustik va eshitilish xususiyatlariga egadir. Fonetik birliklar til strukturasining material tomonini tashkil etuvchilar bo'lib, ular o'z navbatida o'xshashlik va farqlarini aniqlash va tildagi xizmatni bilish yordamida tilning asosiy birliklariga (fonema, morfema, so'z va gaplar) birlashadi. Nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga bo'linadi: 1) fraza; 2) taktlar; 3) bo'g'inlar va; 4) tovushlar1. Har ikki tomondan pauza bilan bo'lingan eng katta fonetik birlik fraza deb ataladi. Pauza davrida so'zlovchi kelgusi frazaning talaffuzi uchun zarur nafas oladi. Bir fraza birqancha gaplarni o'z ichiga olishi mumkin. Bir gap ham birqancha frazalarga bo'linishi mumkin. Shu tufayli fraza va gaplar bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Gap – gramatik (sintaktik) birlik, fraza esa, fonetik birlik hisoblanadi. Frazalar intonatsiya yordamida bir-biriga ulanadi. Fraza taktlarga bo'linadi. Takt – frazaning bir bo'lagi hisoblanib, bir urg'u yordamida bir yoki bir necha bo'g'inlaning ulanishidan tashkil topgan. Urg'uli bo'g'in yordamida ulangan taktlarning eng yuqori qismi kuchli talaffuzi bilan farqlanadi. Taktlar ma'nodor so'zlarni mustaqqil urg'uga ega bo'lmagan so'zlarga ulash uchun xizmat qiladi. Yordamchi so'zlar ma'nodor so'zlarning oldi va orqa tomonidan ulanadi. Ularning oldi tomonidan ulanishi prokliza deyiladi. Oldi tomonidan ulangan so'z proklitika deb ataladi. Masalan: Beshta kam bir, beshta kampir; mana senga olam olam gul (Hamid Olimjon), alla-qayerda kabi. Orqa tomondan ulanish enkliza va ulangan urg'usiz so'z enklitika deb ataladi. Masalan, siz ham, senga deb oldim, bir bor ekan, bir yo'q ekan kabi. Ma'nodor so'zlar ham proklitka va enklitka vazifalarni bajara oladi. Bunday xususiyat o'zbek tilida mavjud bo'lib, u ma'nosi jihatdan ulangan (ya'ni leksikalizatsiya qilingan) so'z birikmalariga xos. Masalan, oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? (qo'shiqdan). Bu o'rinda “oq, oppoq” so'zlari proklitka bo'lib keladi. Ishlar yaxshi, do'stim, yaxshi – bunda do'stim so'zi kirish so'zi funksiyasida enklitika vazifasini bajaradi. Taktlar bo'g'inlariga bo'linadi. Bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topgan takt bo'lagi bo'g'in hisoblanadi. Bo'g'in hosil qiluvchi tovushlar ovozining darajasiga ko'ra unlilar, sonor undoshlar (m, n, l, r) va sirg'aluvchi jarangli undoshlardan iborat. Daniyalik tilshunos O. Yespersen ovozning darajasiga ko'ra tovushlarni tasnif qilgan. Biroq uning sonorlik nazariyasi (sonorious – lotincha ovozli ma'nosida) bo'g'in hosil bo'lishini yetarli yoritib bermaydi. Amerikalik tilshunos R. Stetson taklif etgan bo'g'inning ekspirator nazariyasi (experation – lotincha “nafas olish” ma'nosida) tovushning yoki tovushlar birikmasining nafas kuchi bilan talaffuziga asoslangan. Bo'g'in umumiy talaffuz kuchining xalqasi bo'lib, unda ovozning darajasi ya'ni sonorlik, nafas kuchi, kuchli va baland talaffuz mujassamlashgan. Odatda so'zdagi bo'g'inlar soni undagi unli tovushlar soniga qarab belgilanadi. Bunday qarash doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Undosh tovushlar ham bo'g'in hosil qiluvchilik vazifasini bajara oladi. Chunki nuqta unlilar qo'shni holatda kelgan undoshlar yordamida bo'g'in hosil qiladi. Masalan: bo-la-lar-i-miz-ga so'zida olti unli tovush qo'shni undoshlar yordamida olti bo'g'in hosil qiladi. Ingliz tilida esa, bir undosh tovush ham bo'g'in hosil qila oladi: little /lit-l/ – kichik, cattle /kæt-l/ – qozon kabi. Tillar bo'g'inning tuzilishi strukturasiga ko'ra farq qiladi. Jaxon tillarida eng ko'p uchraydigan – bo'g'in turi “undosh-unli” bo'lib, u qulay talaffuzi bilan ajralib turadi (lo-la, qo-ra, so'-na kabi). Bo'g'inlarni ulardagi oxirgi va boshidagi tovushlariga qarab turlarga bo'linadi: ochiq (unliga tugagan), yopiq (undoshga tugagan), yarim ochiq (sonor undoshga tugagan va berkitilgan (undosh bilan boshlangan). So'zlar bir yoki undan ortiq bo'g'inlardan tashkil topgan. Bo'g'inlar bo'g'in chizig'i bilan chegaralanadi. Bo'g'in hosil qilish va bo'g'inga bo'lishda nutq tovushlari ishtirok etadi. Bo'g'inga bo'lishning qoida va tartiblari tillarda turlicha bo'ladi. Bo'g'inlar tovushlarga bo'linadi. Tovushlarning artikulatsiyasi uch fazadan iborat: Boshlang'ich fazasi- ekskursiya, o'rta fazasi va oxirgi fazasi – rekursiya. Boshqacha aytganda tovushlarning talaffuzida nutq a'zolarining talaffuzga tayyorlanish fazasi (ekskursiya), aytilish fazasi va nutq organlarining avvalgi holatiga qisman qaytarish (rekursiya) fazasi mavjud. Artikulatsiya fazalarining qaytarilishi va rekursiya fazasining qisman qisqarishi tovush birikmalarining talaffuzi uchun xarakterlidir. Xususan, affrikatlar ana shunday bo'linmas artikulatsiyaga ega bo'lib, ular portlovchi tovushlarning talaffuzidan boshlanadi va sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi. Affrikatlarning talaffuzida bir ekskursiya va bir rekursiya mavjud. Boshqa undoshlar birikmalarning (masalan: kr, pl, tr, st, el kabi) talaffuzida ikki ekursiya va ikki rekursiya fazalari mavjud va shu sababli ularni tovush birikmalari hisoblanadi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling