Nutqning ontogenezda rivojlanishi fanidan
Til va nutq qobiliyatlarining psixogenetik tadqiqotlari
Download 22.68 Kb.
|
NOR.2-amaliy mashg\'ulot.301S22-2gr.Yusufaliyeva M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Til va nutq qobiliyatlarining o‘z-o‘zidan va spontan rivojlanish muammolari.
2. Til va nutq qobiliyatlarining psixogenetik tadqiqotlari.
Hozigi kunda inson nutqining rivojlanishiga nasliy omillarni ta’sir etishi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Bunday xulosa qilishga ikkita omil sabab bo‘ladi. Bu – insonlarning nutqiy til qobiliyatlarini tadqiq qilishdagi psiogenetik tadqiqotlar natijalari va nutqiy ontogenezni o‘rganish jarayoni. Psixogenetik tadqiqotlar bizga qator nutqiy belgilarni nasldan naslga o‘tishi haqidagi ma’lumotlarni keltiradi (Ushakova, 2004 b). Demak, tilning genetik komponentlarini o‘rganish uchun asrab olingan bolalarning lingvistik qobiliyatlari ularning biologik va asrab olgan ota-onalariniki bilan solishtirilib o‘rganildi. Bunda genetik omillar, muhitga nisbatan ancha kuchli namoyon bo‘lishi aniqlangan.( Cardon L., Fulker J., DeFries J., Cypher L., Fulker D., Plomin R.). Turli xil til buzilishidagi mexanizmalar nasldan naslga o‘tadi. Psixik sog‘lom odamlar ham yozilgan so‘zlarni o‘qishda qiynalishadi, shuningdek, dizleksika turli shaklda insoniyat populyatsiyasining 5-30% oralig‘ida tebranib turadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, dizleksika oilaviy xarakterga ega: hech bo‘lmaganda oila a’zolaridan biri odatda dizleksik bo‘ladi (Hammer D., Copeland P.). Odamlardagi nutqiy faoliyatlarning boshqa shaklarida ham genetik omillar aniqlangan 3. Til va nutq qobiliyatlarining o‘z-o‘zidan va spontan rivojlanish muammolari. Genetik omillar ta’sirlarini nutqiy ontogenezni o‘rganishda ham uchratish mumkin. Ular bolaning nutqgacha bo‘lgan davrida faoliyatlarning spontanligi va nutqgacha bo‘lgan ba’zi hodisalarni o‘zicha rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Spontan qobiliyatini bola ovozlar yordamida dunyoga kelgan zahotiyoq o‘zining ichki psixologik holatini namoyon qilib aks ettiradi. Bu qobiliyat chaqaloqning yig‘isida, qiyqiriqlarida namoyon bo‘lib, u o‘z ichki kechinmalarini shu tarzda namoyon qiladi. Kattalar nutqi ham shunday tizmiga ega: ovoz yoki harakatlar yordamida u psixologik mazmunni aks ettiradi (emotsiyalar, xohish, istaklar). Bolaning birinchi qichqirig‘i – bu bo‘lajak nutqning psixologik tug‘ilishi bo‘lib, o‘zida eng asosiy sifat ichki psixologik holatni tashqi tovushli namoyon qilinishini qamrab oladi. Boshqa bolada paydo bo‘ladigan ovozli hodisalar (qichqiriq, yig‘lash, gugulash) ham spontanlik sifatini ko‘rsatadi. Ular ijtimoiylikka bog‘liq bo‘lmagan holda dunyodagi barcha bolalarga, eshitadigan va tug‘ma kar bolalarda ham bir xilda kechadi. Keyinchalik bola o‘zining rivojlanish qobiliyati asosida nutqiy tovushlar va so‘zlarni idrok etadi va farqlaydi, shu tariqa bolaning nutqiy tovushlarni ayta olish qobiliyati ham rivojlanib boradi. Download 22.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling