Nutqning to’g’riligi va mantiqiyligi mavzusida tayyorlagan ko’rgazmasi
Download 10.01 Kb.
|
slayd marifat
Nutqning to’g’riligi va mantiqiyligi mavzusida tayyorlagan ko’rgazmasiRayxonova Ma’rifatRejaA1.Nutq to’g’riligi2.Nutq mantiqiyligiNutqning to`g’riligi Nutqning to`g’ri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to`gri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi.Agar nutq to`g’ri bo`lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`g’rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug’at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi.Demak, nutqning to`g’ri bo`lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob-lanadi. Nutqning to`g’ri bo`lishi asosan ikki me’yorga urg’u va grammatik me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`g’inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg’uning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi..Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urg’usiz olib qaraganda uning qanday ma’no anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urg’u esa undagi ma’noning reallashuviga ko`maklashadi, ya’ni o*lma tarzida urg’u birinchi bo`g’inga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`g’inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so`zlar anchagina: ho*zi, hozi*r, yigitcha* yigi*tcha, o`quvchi*miz, o`quvchimi*z, ya*ngi , yangi* kabi. So`zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urg’uni noto`g’ri qo`llash so`zlardagi ma’noning buzilishiga olib keladi. So`zlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari e’tibor berishlari va boshqalarga o`rnak bo`lishlari lozim..Talabalar mehmoni so`z birikmasida ham mulohazali holat mavjud. Bu holat qaratqich kelishigi qo`shimchasi-ning tushirilishi bilan bog’liq. Qiyoslang: Talabalar mehmoni(kimningdir talabalar mehmoni) Talabalarning mehmoni (kimdir talabalarning mehmoni). O`zbek tilida ko`plik ma’nosini ifodalashning yo`llaridan biri lar qo`shimchasi ekanligi ma’lum. Shu bilan birga, bu qo`shimchaning ko`plik doirasian chiqib, asosan ot va fe’llarga qo`shilganda hurmat, kinoya, piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, ta’kid, predmetning turi, umumlashtirish, so`zlovchi munosabatini alohida bildirish singari turli xil ma’nolarni ifodalashi uning grammatik-uslubiy imkoniyatlarining kengayib borayotganligidan dalolat beradiDownload 10.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling