Nutqning to’g’riligi va mantiqiyligi mavzusida tayyorlagan ko’rgazmasi


Download 10.01 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi10.01 Kb.
#1835261
1   2   3
Bog'liq
slayd marifat

.

Garchi qo`shimchaning bu kabi ma’nolarni anglatish jarayonidagi so`zlarga qo`shi-lish tarzi morfologik me’yorning buzilishi sanalsa-da, uni uslubiy me’yorning buzilishi deb bo`lmaydi: tillar, yuraklar, jigarlar, burunlar, boshlar, suvlar, qonlar, sutlar, saroblar, barglar, yo`qlar, (ketmaydimi) chiriblar kabi Ma’noning to`g’ri, maqsadga muvofiq ifoda etilishida ohangning ham xizmati katta. So`zlarga qaysi yo`sinda urg’u berilishiga qarab ma’no ottenkalari o`zgarib borishi mumkin. Masalan, nutq jarayonida keling so`zidagi samimiyat, piching, masxaralash, norozilik kabi ottenkalar faqat ohang yordamidagina reallashadi.

Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, nutqni to`g’ri tuzishga erishish, har bir til birligini o`rniga qo`yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan sanaladi.

Nutqning to`g’ri bo`lishi barcha soha mutaxassislari uchun ham muhimdir. Ayniqsa, fizika, kimyo, matematika, biologiya, informatika fanlari o`qituvchilari o`quvchilar-ning turli tillardan kirib kelgan atamalarni ishlatish-da, urg’uni to`g’ri qo`llashlariga, to`g’ri talaffuz etishlari-ga e’tibor berishlari lozim. Chunki ruscha-baynalmilal so`z va atamalarning talaffuzi, ya’ni urg’uni qo`llash o`zbek tilinikidan birmuncha farq qiladi.

Nutqning mantiqiyligi

Mantiqiyligi

  • uning asosiy sifatlari – to`g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g’ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik bir-lik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir
  • Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo`lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan man-tiqsizlik ham yuz beradi. Misollarga murojaat etaylik. Quyidagi misolda o`quv dasturi haqida fikr-mulohaza yuritilsa-da, o`quv jadvali (dars jadvali ma’nosida) birikmasi noto`g’ri ishlatilgan: Shuningdek, umumta’lim maktablarida “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fani bilan birgalikda O`zbekiston Respublika-sining Konstitusiyasini o`rganish kursi o`quv jadvaliga kiritilgan .

Download 10.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling