Mantiqiyligi - Nutqning mantiqiy bo`lishi so`zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog’liq. Shuning uchun manti-qiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo`lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o`zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo`lish ham talab qilinadi.
- «Nutq madaniyati asoslari» asarida mantiqiylikni ikki guruhga bo`lib – predmet va tushuncha mantiqiyligi tarzida o`rganish tavsiya etilgan. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til elementlari bilan real voqyelikdagi predmet va hodisalarning mazmuniy aloqasi hamda munosabatidir. Tushuncha mantiiqiyligi esa nutqda mantiqiy tafakkur qurilishi va uning til elementlari semantik aloqadorli-gida mantiqiy rivojlanishning aks etishidir.
Nutqning mantiqiyligi Mantiqiyligi - Ko`rinadiki, so`zlarning o`zi ifodalayotgan predmet va hodisalarga mos ravishda fikrni aniq ifodalashi predmet mantiqiyligi bo`lsa, so`z birikmalarining, gaplarning, abzaslarning, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo`ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir.
- Tushuncha mantiqiyligi haqida aytilgan fikrdan xulosa chiqarish mumkinki, nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik sharti – leksik-semantik va sintaktik me’yorga amal qilishdir. Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo`lishini taqozo qiladi.
- Ammo bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko`rinishlarida ham o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan, vazifaviy uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir qurilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilinadi
Nutqning mantiqiyligi Mantiqiyligi - Badiiy nutq qurilishi esa biroz boshqacha. Fikrlar bir maromda bayon etib kelinadiyu, birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqyealar hikoya qilib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko`rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlar, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng ko`lamlilik tasvir kompozisiyasini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlarning oxirida ma’lum bo`ladi.
- Tadqiqotchilarning fikricha, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida shakllangan, fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq, maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan nutq tushuniladi.
Notiq nutqi mantiq qoidalariga muvofiq bo`lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: Mantiqiyligi - nutq aniq, ravshan bo`lishi kerak;
- nutqda fikr (bayon) izchilligi saqlanishi kerak;
- nutq jarayonida fikriy ziddiyat bo`lmasligi kerak; fikrlar dalillangan bo`lishi kerak.
Nutqning mantiqiyligi Mantiqiyligi - Mazkur talablar rasmiy mantiqning to`rt asosiy qonuni: e’tirof qonuni, qarama-qarshilik qonuni, uchinchisini inkor etish qonuni va yetarli asos qonuni bilan chambarchas bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |