Nyutonning birinchi qonuni — inersiya qonuni
Download 1.65 Mb.
|
NYUTONNING BIRINCHI QONUNI — INERSIYA QONUNI
NYUTONNING BIRINCHI QONUNI — INERSIYA QONUNI7-SINF FIZIKANyutonning birinchi qonuni Nyuton o‘zidan oldin yashab ijod etgan olimlarning xulosalariga, o‘zining kuzatish va tajribalari natijalariga asoslanib, inersiya qonunini quyidagicha ta’rifladi: Jismga kuch ta’sir etib, uni tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatidan chiqarmaguncha, u shu holatini saqlaydi. Bu qonun Nyutonning birinchi qonuni deb ataladi. Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u doimiy bir xil tezlikda harakat qiladi yoki o‘zining tinch holatini saqlaydi. Jismning inersiyasi Tajribalar va kuzatishlar jismning tezligi o‘z-o‘zidan o‘zgarib qolmasligini ko‘rsatadi. Maydonda yotgan koptokgachada kimdir ta’sir qilsagina, u harakatga keladi. Ko‘yotgan toshga hech qanday jism ta’sir etmasa, u o‘sha joyda yotaveradi. Ta‘sir natijasida jism tezligining miqdorigina emas, balki harakat yo‘nalishi ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, tennis shari raketkaga urilgach, o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. Tajribalar va kuzatishlar jismning tezligi o‘z-o‘zidan o‘zgarib qolmasligini ko‘rsatadi. Maydonda yotgan koptokga kimdir ta’sir qilsagina, u harakatga keladi. Ko‘chada yotgan toshga hech qanday jism ta’sir etmasa, u o‘sha joyda yotaveradi. Ta‘sir natijasida jism tezligining miqdorigina emas, balki harakat yo‘nalishi ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, tennis shari raketkaga urilgach, o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. Jism tezlanish olishi uchun unga boshqa bir jism yoki jismlar sistemasi ta’sir etishi kerak. Bir sharga boshqa shar kelib urilsa, tinch turgan shar qandaydir a1 tezlanish olib, harakatga keladi. Shu bilan birga, kelib urilgan shar ham tezligini o‘zgartiradi, ya’ni a2 tezlanish oladi. Tezlikning o‘zgarishi, ya’ni tezlanish deyilganida, tezlikning miqdorinigina emas, yo‘nalishi ham o‘zgarishi mumkinligini esda tutish kerak. Agar sharlar bir xil materialdan tayyorlanib, o‘lchamlari bir xil bo‘lsa, ular olgan tezlanish ham qiymat jihatidan bir xil bo‘ladi. Agar o‘lchamlari turlicha bo‘lsa, katta shar kam tezlanish, kichigi esa katta tezlanish olganini ko‘ramiz. Bu holda, katta shar kichigidan inertliroq deyiladi. Tinch turgan jismni harakatga keltirish uchungina emas, balki harakatdagi jismni to‘xtatish uchun ham kuch ishlatish kerak bo‘ladi. Tajriba o‘tkazib ko‘raylik. Qiyalikdan tushib kelayotgan aravacha qarshisiga qum to‘kib qo‘yaylik. Arava qumli to‘siqqa kelib urilib, to‘xtaydi ( rasm). Agar qum kamroq sepilsa, u kattaroq masofaga borib to‘xtaydi (rasm). Agar qum umuman sepilmasa, kam qarshilik natijasida arava panada uzoqroq masofaga borib to‘xtaydi (rasm). Qarshilik qancha kamaytirilsa, jism shuncha to‘g‘ri chiziqli tekis harakat tezligiga yaqin tezlikda bo‘ladi. Aravacha harakatiga turli to‘siqlarning ta’siri Agar jismga boshqa jismlar tomonidan hech qanday kuch ta’sir etmasa, u qanday harakat qiladi? Buni tajribada ko‘rsa bo‘ladimi? Bu savollarga XVII asr boshlarida italyan olimi Galileo Galiley tajribalar yordamida javob berishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada, agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u tinch holatda yoki Yerga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakatda bo‘lishi aniqlandi. Jismning boshqa jismlar ta’siri bo‘lmaganida o‘zining tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash xossasi inersiya deyiladi. Inersiya borligi tufayli jismning tezligini to‘satdan oshirib yoki kamaytirib bo‘lmaydi. Jism holatini o‘zgartirish uchun ma’lum vaqt kerak. Ma‘lum tezlikda kelayotgan avtomobil birdaniga to‘xtay olmaydi. Shu tezlikda kelayotgan poyezd sostavining to‘xtashi uchun yana ham ko‘proq vaqt va masofa kerak bo‘ladi. Shuning uchun yurib ketayotgan transport vositasi oldini kesib o‘tish juda xavfli. Transport vositasining to‘xtashi davomida bosib o‘tgan yo‘li tormozlanish masofasi deb ataladi. E`tiboringiz uchun raxmat. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling