Nzomiy nomidagi tdpu professional ta’lim fakulteti tmj-yo’nalishi 102-guruh talabasi sayfiddinova muniraning ta’lim texnologiyasi fanidan mustaqil ishi
Download 1.72 Mb.
|
roxatoy (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
NZOMIY NOMIDAGI TDPU PROFESSIONAL TA’LIM FAKULTETI TMJ-YO’NALISHI 102-GURUH TALABASI ALIMJONOVA ROXATOYNINGNING TA’LIM TEXNOLOGIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISHIMAVZU: AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASINING QIYOSIY TAHLILI REJA: 1.AN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI. 2.NOAN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI. 3.BIR BIRIDAN FARQI.An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.An`anaviy ta`lim metodlari quyidagi afzalliklarga ega: Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o`rganishda foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir. O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar. Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladiO`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi. Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod. Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod. O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir. O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi. O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi. O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi. Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydiE’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling