qabul qilishlari hisobiga yuz, terining ochiq sohalariga doim iy toshma
toshishidan shikoyat etishlari mumkin, quyosh nurining kasallik kelib
ch iqish idagi ah am iyati haqida gum on ham q ilm aydilar. U n iversal
eritrodermiya holatlarida, m asalan, psoriazda yoki turg‘un quyoshli
eritrodermiyada terining quyosh nuriga bo'lgan sezuvchanligi ortadi.
Bu kasallikda bemor yoshining aham iyati kattadir, sababi ayrim
fotoderm atozlar m a ’lum yoshdagina kuzatiladi (m asalan, quyoshli
qichima doim o bolalik davrida kuzatiladi), boshqa turlari esa turli yoshda
uchrashi m um kin (m asalan , p o lim o rf fo to d erm atoz). Q uyosh nuri
ta ’siridan so'ng qancha vaqtdan keyin toshmalar paydo bo'lganligini
an iq lash (q u y osh li eshakem i bir necha daqiqadan so 'n g , p o lim o rf
fotodermatoz bir necha sutkadan so'ng), toshmalar davomiyligi (quyoshli
eshakemi - soatlab, polim orf fotodermatoz - haftalab), qanday hissiyotlar
bilan kechganini bilish zarur ahamiyatga egadir. Polim orf fotodermatoz,
quyoshli eshakemi va qichimada qichishish xarakterli; o g ‘riq va achishish
esa eritropoetik protoporfiriyaga xos. Agarda toshmalar nafaqat quyosh
nuri ta ’siridan so'n g, balki issiqlik manbalari (olov, tandir, o'ch oq ,
m ash’ala, pech) ga yaqin turgandan ham paydo bo'lsa, kasallikka olib
keluvchi omil ultrabinafsha nuri emas, infraqizil nur hisoblanadi. Agarda
toshmalar faqat bahor-yozda kuzatilsa, UF-B (290-320 nm to'lqinli)ga,
agarda yil m obaynida kuzatilsa - U F A (320-400 nm to'lqinli)ga yoki
ko'rinadigan diapazonga (400-800 nm to'lqinli) nisbatan sezuvchanlik
ortgan bo'ladi. Patogen diapazonli nurlanishni aniqlashning boshqa bir
usuli ham bor bo'lib, buning uchun bemorni deraza oynalari quyosh
Do'stlaringiz bilan baham: |