O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil
Download 5.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent «Yangi asr avlodi» 2009
- E.G. KIM, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Sharq tabobati va kosmetologiya kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor
O ' Z BE K IS TO N RESPUBLIK ASI OLIY VA O'RTA M A X S U S TA LIM V AZIR LIG I A D H A M VAISOV TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «Yangi asr avlodi» 2009 Darslik tibbiyot institutlarining yuqori kurs talabalariga va umumiy amaliyot shifo korla riga m o i j a l l a n g a n . K itobdan, shuningdek , a m aliyotd a is hla yotg an dermatovenerolog, urolog, akusher-ginekolog, stomatolog, terapevt, laboratoriya mutaxassislari va tibbiyot o ‘quv yurtlari xodimiari ham foydalanishlari mumkin. T aqrizchilar: R.A. KA PKA YEV , Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Teri va tanosil kasalliklari kafedrasining professori, Respublikada xizmat k o ‘rsatgan fan arbobi E.G. KIM, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Sharq tabobati va kosmetologiya kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor ISBN 978-9943-08-299-1 © Adham Vaisov, «Teri va tanosil kasalliklari». «Yangi asr avlodi», 2009-yil KIRISH SO‘Z Hozirgi davr sog‘liqni saqlash tizimida umumiy amaliyot shifokori asia-sekin asosiy o ‘rin egallayapti. Umumiy amaliyot shifokori amaliyotni o4ash jarayonida turli xil kasalliklarga tashxis q o ‘yib davolashi zarur. M azkur kitobni yaratishdan maqsadimiz shuki, k o ‘p uchrovchi teri- tanosil kasalliklari va ichki a ’zolar kasalliklaridagi teri o ‘zgarishlari haqidagi m a ’lumotlar bilan talabalar va umumiy amaliyot shifokor- larining bilimini boyitishdir. Barcha mutaxassislikdagi shifokorlar - pediatr, allergolog, terapevt, jarroh. umumiy amaliyot shifokori va o‘rta tibbiyot xodimi o‘z mehnat faoliyati mobaynida bemorlar terisidagi patologik o ‘zgarishlarga duch keladilar. Shuning uchun ham ular dermatologiya asoslarini bilishlari shart. Teri jaro hatlan ishi bexosdan, kutilm ag anda «topilishi» yoki bemorning asosiy shikoyati sababli aniqlanishi mumkin. Kardiologlar elektrokardiogrammani «o‘qigani»dek, har bir shifokor dermatologiya «alifbo»sini, ya’ni teridagi toshmalarni aniq va to‘g‘ri «o‘qib», bemorni dermatologga yo‘llashi yoki o ‘zi davolashi zarur. Derm atologning asosiy quroli - ularning k o ‘zidir. Dermatologik tashxis, asosan teri, shilliq pardalarni ko‘zdan kechirishga asoslanadi, faqatgina qanday k o ‘rishni va nimani izlashni bilish zarur. T o ‘g ‘ri q o ‘yilgan tashxis - samarali davo kaliti. Biz tayyorlagan m o ‘jazgina kitobcha turli soha shifokorlariga o ‘z amaliyotlari davomida uchraydigan teri kasalliklariga oson tashxis qo'yishda yordam beradi, degan fikrdamiz. Teri kasalliklari tashxisi oson emas, eng asosiysi, teri toshmalarini kuzata bilish, birini boshqasidan farqlay olish zarur. Shuning uchun ham mazkur kitobda kasalliklaming qisqa klinik k o ‘rinishlari, tashxis va davolash prinsiplari k o ‘plab jadvallar yordamida bayon etilgan. 0 ‘ylaymizki, mazkur kitobdan amaliyot shifokori yoki tibbiyot talabalari k o ‘plab yangi, zarur m a ’lumotlar oladilar, mutaxassis der-matologlar esa o ‘z bilimlarini yangi m a ’lumotlar bilan boyitadilar. J Bemor toshmalar bezovta qilmasa, ularga aytarli darajada e ’tibor qilmaydi. Bunday «nomsiz», « n o m a ’lum» kasalliklami b a ’zan oylab kortikosteroidlar, antibiotiklar yoki sitostatiklar bilan davolaydilar. Natijada kosmetik nuqsonlar, bemorlaming uzoq vaqt aziyat chekishlari, jarayonning tarqoqlashishi, qayta tiklanmas o ‘zgarishlar, eng asosiysi, ichki og‘ir xastaliklarni kechirib bo‘lmas darajada kechikib tashxis qilish holatlari kuzatiladi. Bir qarashda zararsiz k o ‘ringan teri o ‘zgarishlari og‘ir kasalliklaming yagona belgisi b o ‘lishi mumkin. Masalan, k o ‘kimtir dog4 - rivojlana- yotgan melanoma, mayda yaracha esa zaxmning dastlabki belgisi b o 4lishi mumkin. Bu xil teri o ‘zgarishlari turli profilaktik k o ‘riklarda aniqlanishi mumkin va shart. Aks holda, shifokor muolaja uchun vaqtdan yutqazadi. Bemorning am bulator qabulda yoki shifoxona sharoitida shikoya- tidan q a t ’i nazar, teri va shilliq pardalarining holati shifokor tomonidan k o ‘zdan kechirilmog‘i shart. H ar qanday o ‘zgarishlarga e ’tibor berish, toshmalarning qanday elementlardan tarkib topganligini aniqlash, zarur bo ig an id a biopsiya olinishi kerak. Teri holati - tekshirilishi eng qulay hisoblangan a ’zo, bir paytning o ‘zida k o ‘plab zarur ahamiyatga ega bo ‘lgan m a ’lumot manbai hamdir. Download 5.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling