O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil


Download 5.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/269
Sana01.11.2023
Hajmi5.29 Mb.
#1736593
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   269
Bog'liq
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.

Endogen omillar
b u tun 
organizmning kasalligi yoki ayrim a ’zo va tizimlar o'zgarishi oqibatida 
vujudga keladi. Shuni ham aytish joizki, kasalliklar ko'pincha tashqi va 
ichki omillarning birgalikdagi t a ’siridan yuzaga keladi, ayrim hollarda 
esa bir necha ekzogen omillar t a ’siridan hosil bo'ladi, ulardan biri kasallik 
kelib chiqishiga tayyorlovchi, yana biri esa bevosita kasallik chaqiruvchi 
bo'lib xizmat qilishi mumkin (misol uchun piodermiyaning rivojlanishi).
Ekzogen-etiologik omillarga
mexanik, termik, nur, kimyoviy m odda­
lar va turli infek sion a g e n tla r kiradi. E n d o g e n -etio lo g ik om illar 
o'zlarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bular orasida ichki a ’zolar 
kasalliklari, ayniqsa, jigar, oshqozon-ichak kasalliklari, m o d d a la r 
almashinuvining buzilishi, endokrin, asab tizimi, gemopoez, tomir tizimi
genetik omillar va boshqalar alohida ahamiyatga ega.
M oddalar almashinuvi, xususan, uglevodlar, yog'lar, mineral-suv 
a lm a s h in u v i b u z ilis h la ri shu xil m o d d a l a m i n g terid ag i d o im iy
almashinuvining izdan chiqishiga olib keladi, bu o'zgarishlar esa terida
28


turli xil patologik holatlarga sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, 
giperglikemiya furunkulyozga, teri qichishiga, yog4 almashinuvining 
buzilishi esa ksantomalar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Ko'plab ksanto- 
malar patogenezida gipo va avitaminozlar yotadi, asosan, A, C, PP, P va 
B vitaminlar yetishmovchiligi sababli ko'plab dermatozlar kuzatiladi.
Misol uchun A vitamini yetishmovchiligi natijasida frinoderma, nikotin 
kislotasi yetishmasligidan esa pellagra va boshqa kasalliklar yuzaga keladi.
Dermatozlarning yuzaga kelishida psixogen va markaziy asab tizimi 
(MAT)dagi hamda vegetativ asab tizimidagi o'zgarishlar sabab bo'lishi 
mumkin. Ekzema, eshakemi, teri qichishishining vujudga kelishida 
M A T n in g b irla m c h i o 'z g a r i s h la r i y o tis h i a v v a ld a n m a ’lum: b u
o'zgarishlar psixik omillar oqibatida yuzaga keladi. Vegetativ asab 
tizimining o'zgarishlari oqibatida turli dermatozlar yuzaga kelishi ham 
fanga m a ’lum.
D erm atozlarning yuzaga kelishiga endokrin bezlar faoliyatining 
o'zgarishlari ham sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, teri miksedemasi 
qalqonsimon bez kasalligi bilan og'rigan bemorlarda uchrashi, Addison 
kasalligida terining bronza rangiga kirishi, oddiy husnbuzarning jinsiy 
bezlar faoliyati bilan bog'liqligi.
Qator kasalliklar etiologiyasi va patogenezi immun o'zgarishlar bilan 
bog'liqligi kuzatiladi. Birinchi navbatda bu xil o'zgarishlar allergik va 
autoimmun jarayonlarga bog'liq.
Ayrim kasalliklar patogenezida o'choqli infeksiyaning roli sezilarlidir: 
masalan, surunkali tonzillit, gaymorit, otit, kariozli tishlar va boshqalar. 
O'choqli infeksiya organizmni sensebilizatsiyaga uchrashiga sabab bo'lishi, 
ikkinchi tom ondan esa gumoral immunitetni pasaytirishi va immun 
tanqislikka sabab bo'lishi mumkin. O'choqli infeksiyalarning eshakemi, 
ko'p xilli ekssudativ eritema, psoriaz, qizil yugirik va boshqa dermatozlar 
patogenezida ahamiyati tasdiqlangan.
Bir q a t o r k a s a llik la r yu zaga k e lish id a m a ’lum d a ra ja d a irsiy 
omillarning ahamiyati katta. Xususan, ixtioz, pigmentli kseroderma, bullez 
epidermoliz, keratodermiya, atopik dermatit, psoriaz va boshqa kasalliklar 
shular jumlasidandir.
Ayrim kasalliklar o 'sm a va infeksion kasalliklar metastazlanishi 
oqibatida yoki teri osti to'qimalari kasalliklarining teriga o'tishi natijasida 
v u ju d g a kelishi m u m k in (misol u c h u n , teri silining bir turi -
skrofuloderma).
Shuni ham qayd etish kerakki, ayrim dermatozlarning etiologiyasi va 
patogenezi oxirigacha o'rganilmagan.
Shunday qilib, teri kasalliklari ko'pincha bir emas, bir necha sabablar 
bir necha nojo'ya t a ’sirlarning uzoq muddat organizmga ta ’sir etib turishi
29


oqibatida teri kasalligining paydo bo'lishi uchun «sharoit» tayyorlasa, 
arzimas biror bir omil t a ’siridan kasallik yuzaga chiqishi mumkin.
Yuqorida aytib o ‘tilgan teri kasalliklarining etiologik omillarini 3 
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh - asosiy sababchi omillar, ya’ni 
ichki a ’zolar o'zgarishlari, asab tizimi o'zgarishlari dermatozlarning 
yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Misol uchun, moddalar almashinuvining 
buzilishi oqibatida kalsinoz yoki ksantomatoz, qon ishlab chiqaruvchi 
a ’zolar patologiyasi bilan leykemik toshmalar, teri limfomasi va boshqalar, 
irsiy o'zgarishlarning tug'ma kasalliklami vujudga keltirishi (misol uchun, 
ixtioz, qalqonsimon bez o'zgarishlari - teri miksedemasiga olib keladi).
Ikkinchi guruhga xatarli omillar (faktor riska), y a’ni ichki a ’zolar, 
asab tizimi, modda almashinuvini o'zgartiruvchi hamda irsiy omillar kirib, 
ular kasallikning vujudga kelishiga tayyorlovchi holatlar bo'lib xizmat 
qiladi.
Uchinchi guruh hal qiluvchi omillar guruhi yig'indisidan iborat bo'lib, 
ular ichida stress birinchi navbatda turadi.
Stress va boshqa etiologik holatlar xatarli yoki hal qiluvchi omil bo'lishi 
mumkin. Bu esa u yoki bu omil ta ’sir etgan vaqtda organizm qay holatda 
bo'lishiga bog'liq. Dermatologik bemorlar o'z kasalliklarining boshlanishi 
yoki ularning avjlanishini k o'p hollarda stress bilan bog'laydilar, xususan, 
psixogen omillarni kasallikning asosiy sababchisi deb biladilar. Shunga 
asoslanib aytish m um kinki, emotsional omil birlamchi b o 'lib , teri 
o'zgarishlari esa uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
U yoki bu kasalliklarga, xususan, teri kasalliklariga irsiy moyillik 
deganda ota-onadan bolalarga b a ’zi xususiyatlar o'tadi, ya’ni moddalar 
almashinuvi, gomeostaz, a ’zolar faoliyati, organizm tizimlari, hujayralar 
ichida kechuvchi biokimyoviy reaksiyalar va boshqa belgilar holati -
bularning hammasi ularning tashqi hamda ichki ko'rinishlarini birdek 
ko'rsatadi, hatto t a ’sirga javob reaksiyasi ham o'xshash bo'ladi. Bu 
o'xshashliklar u yoki bu xil kasallikka bir xil moyillikka olib keladi. Ammo 
bu moyillik doimo bir kasallikka chalinishga sabab bo'lmasligi ham 
m um kin, buning uchun moyillikni y anada oshiruvchi, q o 's h im c h a
t a ’sirlar zarur. Shundan m a ’lumki, ota-ona va bolalar har doim ham bir 
xil kasallikka chalinavermaydi.
Teri kasalliklarining patogenezi turli-tuman hamda murakkabki, asab, 
irsiy moyillikdan tashqari, ko'pgina kasalliklar patogenezida, asosan, 
organizmning tabiiy rezistentligiga va immun tizimidagi o'zgarishlarga 
ham bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida allergik omil asosiy rol tutsa, 
qizil yugirik, p o 'rsild o q yarada au to im m u n jara y o n , yana b oshq a
dermatozlarda esa ikkilamchi hujayra immunodefitsiti ahamiyat kasb 
etadi.
30


Allergik genezli dermatozlarning ayrimlarida kasallik allergenlarning 
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga kontakt yo‘li bilan yoki organizmga turli yo‘llar 
bilan tushib, t a ’sir etishi oqibatida kuzatilsa, yana bir guruhida esa 
allergiyani infeksion omillar chaqiradi (infeksion, bakterial allergiya). 
Bunda ikkilamchi infeksiya o ‘choqlari yuqumli kasalliklarga s a b a b
bo‘ladi. Yana boshqa bir holatlarda organizmda allergizatsiyaga sabab 
b o ‘luvchi omillar autoallergik jara y o n la rd ir, bu holat ichki a ’z o la r 
patologiyasi, moddalar almashinuvining buzilishi va hokazolar tufayli 
vujudga keladi. Bu xil o ‘zgarishlar birga uchrab, immun tanqislik holati 
va autoimmun reaksiyalar bilan kechishi mumkin.
Shunday qilib, m a ’lum bir sabab, m a ’lum bir etiologik omil teriga 
turli t a ’sir etish mexanizmiga qarab, har xil teri kasalliklarini keltirib 
chiqarishi mumkin.
Teri kasalliklarining tashxis asoslari
Teri, og‘iz shilliq pardasi va lab qizil hoshiyasi kasalliklarining tashxisi 
birinchi navbatda ularni diqqat bilan k o ‘zdan kechirish va tekshirish 
natijalariga asoslanadi. Shifokorning bem or bilan m uloqoti bem or 
shikoyatini tinglash va uni chuqur mulohaza qilish bilan boshlanadi. 
D erm atozning turiga q a ra b bem orlar turli xil shikoyat bildirishlari 
mumkin: jumladan, teri qichishishlari, achishishi, og‘rishi, sanchishi, 
tortishishi kabilar. Bir xil kasallik boMishiga qaramasdan, ayrim kishilarda 
bu hissiyotlar turli darajada rivojlangan b o ‘lishi mumkin.
Ayrim kasalliklar esa subyektiv hissiyotlarsiz kechishi m um kin. 
Bemor shikoyati a n iq la n g an id a n so‘ng, kasallik va bemor hayotiy 
anam nezini y ig ‘ishga o ‘tiladi. U n d a n s o ‘ng esa bemorni k o ‘z d an
kechirishga kirishiladi. Teri va k o ‘zga k o ‘rinadigan shilliq pardalar 
kuzatilgach, bu m a ’lumotlar klinik-laborator tekshiruv m a ’lumotlari 
bilan t o ‘ldiriladi.
Teri kasalligi tarixini aniqlash jarayonida kasallik muddati, sabablari, 
uning kelib chiqishi va zo‘rayishi qay sabablarga bog‘liqligini aniqlash 
zarur. Undan s o ‘ng kasallik kechishi xarakteri o 4rganiladi: jumladan, 
qaytalashga moyilligi, mavsumga b ogiiqligi, remissiyalar kuzatilishi, 
ularning davomiyligi aniqlanadi. Agar bemor a w a l davolangan b o isa , 
uning xarakteri va samarasi aniqlanadi. Kasallanish jarayoniga suv, 
sovun, oziq-ovqatlar, dori-darm onlar, kasbdagi zararli ta'sirlarning 
ahamiyati o ‘rganiladi.
Bemor hayotiy anamnezini yig‘ishda tashqi omillarning kasallik 
patogenezidagi ahamiyatini aniqlash maqsadida uy, mehnat sharoitlari, 
boshidan kechirgan kasalliklari, oilaviy yoki nasliy kasalliklari haqida,
31


zararli odatlari to ‘g‘risidagi m a ’lumotlarga e’tibor berish zarur. Bemor 
bilan suhbatlasha turib, uning asab tizimi holatini, turli stresslarga javob 
reaksiyasini, o ‘z kasalligiga b o i g a n munosabatini aniqlashga harakat 
qilish kerak.
Bemorni issiq, tabiiy yoritilgan xonada ko‘zdan kechirish maqsadga 
m uvofiq. O g ‘iz shilliq p a rd a sin i k o ‘rish uchun yoriq elektr nuri 
y o ‘naltirilib, y o g ‘och s h p a te ld a n fo y dalaniladi: y o g ‘och shpatel 
kuzatiluvchi sohani soiaklardan yaxshi tozalaydi. Terining butun yuzasini 
ko'zdan kechirish zarur, aks holda, subyektiv bezovta etmagan, lekin 
toshmalar toshgan sohalarni bemor sezmasligi mumkin, bu xil toshmalar
- chandiqlar, surilib ketgan toshmalar o ‘rnida qolgan pigmentatsiyalar 
ayrim hollarda diagnostik ahamiyatga egadir.
Teridagi morfologik toshmalar. 
Birlamchi va ikkilamchi elementlar
Teri tanani qoplab turuvchi organ bo‘lib, bir qancha fiziologik vazifa­
larni bajaradi. Lekin b a ’zi holatlarda terining normal holati buzilib, terida 
har xil patologik o ‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar vujudga keladi. Masalan, 
ichki va tashqi t a ’sirlar sababli teri yallig‘lanishi natijasida qizarish, 
shishish, og‘rish, issiqlanish va vazifasi buzilishi sababli b o ig an o‘zgarish- 
larni ko‘rish mumkin. Patologik o ‘zgarishlar asosida paydo boiadigan 
teridagi morfologik toshmalar klinik belgilar sifatida ifodalanadi.
Teri va shilliq pardalarda paydo b o ig a n toshmalar turli xil boiishi 
mumkin va ular birlamchi hamda ikkilamchi toshmalarga ajratiladi.

Download 5.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling