O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil


Download 5.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/269
Sana01.11.2023
Hajmi5.29 Mb.
#1736593
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   269
Bog'liq
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.

soch x a lta s i
bilan o'ralgan. Soch follikulasi o'z 
navbatida ichki va tashqi epiteliy qinlarga bo'linadi. Soch ildizining ichki 
epitelial qini soch piyozchasining hosilasi bo'lib, yuqorida yog' bezlarining
21


chiqaruvchi naylari sohasida y o 'qolib ketadi. Soch ildizining tashqi 
epitelial qini e piderm is m alp ig iy q a v a tin in g d a v o m i h iso b la n ib , 
piyozchasiga tomon davom etadi.
Soch piyozchasiga yaqinlashgan sari ichki va tashqi qinlar yupqala­
shib b o radi va fa q a t bazal q a v a tid a n ib o ra t b o 'la d i. Soch xaltasi 
biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, undan 2-3 aylanma va tashqi uzu- 
nasiga yo'nalgan kollagen tolalar qavatini ajratish mumkin. Yuqorida 
bayon etilganidek, soch ildizi teri yuzasiga nisbatan qiyshiq yo'nalgan. 
Sochlar o'zining xususiy mushagi - sochni ko'taruvchi mushakka ega. U 
soqolda, qattiq va mayin sochlarda, qo'ltiq ostidagi sochlarda bo'lmaydi 
yoki yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Bu mushak qiyshiq joylashgan silliq 
mushak hujayralaridan iborat bo'lib, uning bir uchi terining so'rg'ich 
qavati bilan tutashsa, boshqa uchi soch xaltasi bilan qo'shilgan. Bu 
mushakning qisqarishi sochni harakatga keltiradi. Soch ildizi teri yuzasiga 
nisbatan perpendikulyar bo'lib qoladi. Buning natijasida tuklar tikkayib, 
soch o 'q i teri sathidan biroz k o 'ta r ila d i va teri ko 'rin ish in i oladi. 
Ko'pincha tashqi haroratning sovishi natijasida yuzaga keladigan g'oz 
terisi tusini beruvchi bu holat organizmning himoya faoliyati bo'lib, 
mushaklar qisqarishi tomirlarining ham torayishiga olib keladi, natijada, 
issiqlik tanada saqlanadi. Mushakning shu faoliyati natijasida yog' bezlari 
ham siqiladi va ularning sekreti sochni moylaydi.
Sochlarning almashinuvi. Sochlar o'z o'rnida bir necha oydan bir necha 
yilgacha o'sadi va 3 rivojlanish bosqichini o'tib, tushib ketadi, shuning 
uchun ham inson hayoti davomida sochlar vaqti-vaqti bilan almashinib 
turadi. Birinchi bosqich - 3-10-yildan iborat bo'lgan aktiv o'sish davri;
2-bosqich - 3-4 oydan iborat, nisbatan tinch davr; oxirgi 3-bosqich - 1-
6 oy cho'ziladigan sochning to'kilish davri. Shunday qilib, har kuni inson 
normada bir necha yuztagacha soch yo'qotishi mumkin. Bu jarayon soch 
so'rg'ichining atrofiyaga uchrashidan va soch piyozchasi hujayralari qon 
bilan t a ’m in l a n i s h in i n g b u z ilish id a n b o s h la n a d i. N a t ij a d a soch 
piyozchasining hujayralari ko'payish qobiliyatini yo'qotadi va ularning 
asosiy qismi muguzlanadi. Soch piyozchasi soch kolbasiga aylanadi, 
sochning o'sishi to'xtaydi. Soch kolbasi o'z so'rg'ichidan ajralib, tashqi 
epitelial qin hosil qilgan g'ilof bo'ylab, to sochning ko'taruvchi mushak 
birikkan joyigacha ko'tariladi. Epitelial g'ilofning pastki. bo'shab qolgan 
joyi puchayib, hujayralar tasmasiga aylanadi. Bu tasmaning oxirida yana 
soch so'rg'ichi tiklanib, saqlanib qolgan kambial hujayralar bilan qopla- 
nadi, natijada yangi soch piyozchasi paydo bo'ladi. Bu piyozchada yangi 
soch o'sa boshlaydi. Yangi soch epitelial tasma bo'ylab o'sadi, tasma esa 
uning tashqi epitelial qiniga aylanadi. Keyingi o'sish natijasida yangi soch 
eski sochning tagidan turtib chiqadi. Bu jarayon eski sochning tushishi
22


va teri yuzasida yangi sochning paydo b o ‘lishi bilan tugaydi. Agarda soch 
xaltasining qon bilan t a ’minlanishi to‘xtasa, uning o ‘rnida yangidan soch 
o ‘sib chiqmaydi.
Tirnoq epidermis hosilasi b o iib , qattiq, muguzlangan plastinkalardan 
ib o ra t. T irn o q n in g rivojlanishi h o m ilaning 3-oyidan b o s h la n a d i. 
Dastavval, tirnoq o‘rni hosil bo iad i. Oyoq va q o i barmoq uchlarining 
tashqi yuzasini qoplagan epiteliy qalinlashib, o ‘zining ostida yotgan 
biriktiruvchi to‘qimaga botib kiradi va tirnoq shakllana boshlaydi. Tirnoq 
juda sekin o ‘sadi va vibrion hayotining oxiridagina t o i a shakllanadi.
Tirnoqda tana, ildiz, ikkita yon va erkin qismlar
tafovut qilinadi. Tirnoq 
tanasi tirnoq o ‘rnida joylashsa, yon qirg‘oqlari teri burmalari tagiga kirib 
turadi. Tirnoqning erkin qirrasi tirnoq egatidan chiqib turadi. Tirnoqning 
ildizi tirnoq yorig‘iga kirib turgan asosi hisoblanadi. Ildizning bir 
qismigina tirnoq yorig‘idan xira va oqish yarim oy shaklida (ayniqsa, 
katta barmoqlar tirnogida) k o ‘rinib turadi. Tirnoq ildizining tirnoqning 
o ‘sishini t a ’minlovchi differinsiallanmagan hujayralari tirnoq matritsasim 
tashkil etadi. Matritsa hujayralari muntazam boiinib, muguzlanib turadi. 
Muguzlangan epiteliy tangachalari tirnoq plastinkasiga siljib kiradi va 
natijada tirnoq o‘sadi. Tirnoq kuniga o ‘rtacha 0,12 mm gacha o ‘sadi.
Tirn oq o ‘rni epiteliy va derm adan iborat. Epiteliy epidermisning 
o ‘suvchi qavatida tashkil topgan. Epiteliy ustida joylashgan yassi tirnoq 
plastinkasi bir-biriga zich cherepitsasimon joylashgan yassi poligonal 
shakldagi muguz tangachalardan
tuzilgan. Epiteliy hisobiga tirnoq 
plastinkasi qalinlashsa, matritsa hisobiga tirnoqning uzunasiga o ‘sishi 
t a ’minlangan.
Tirnoq o ‘rnining dermasi barmoq suyaklari bilan yopishib ketadi. 
Derma sohasida so‘rg‘ichlar bo im ayd i. Dermaning tirnoq sohasi qon 
tomirlari va nerv oxirlariga boy. Bu yerda dermaning perpendikulyar 
joylashgan tolalari t o ‘g4ridan-to‘g ‘ri suyak pardasining tolalari bilan 
q o ‘shilib, suyakka a loqador b o ‘lib qoladi. Bunday tuzilish amaliy 
tib b iy o td a m uhim rol o ‘ynaydi (tirn o qd a boshlangan y a llig ia n is h
jarayoni suyak jarohatlanishiga sabab boiishi bunga misol b o ‘la oladi).
23


O G ‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI VA LAB ANATOMIYASI, 
GISTOLOGIYASI VA HZIOLOGIYASI
O g‘iz shilliq qavati ham teriga o ‘xshab 3 qavatga bo ‘linadi: epiteliy, 
shilliq qavat va shilliq osti qavati.
Epiteliy qavatning teridan farqi shuki, og‘iz b o ‘shligi shilliq qavatida 
hamda yuzasida muguz, yaltiroq va donador qavati b o im a y , faqatgina 
ikki qavat - bazal va tikanaksimon qavatdan iborat.
Epitelial hujayralari qattiq tanglayda, tilda, milkda muguzlanishi 
mumkin. Lekin, shuni aytib o ‘tish joizki, b a ’zi bir surunkali kasalliklar 
m u g u z va d o n a d o r q a v a tl a r y a ll i g i a n i s h i s a b ab li p a y d o b o ‘ladi. 
M uguzlanish natijasida 

Download 5.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling