joylashgan tugunlar aniqlanadi. Ularning soni bittadan bir nechagacha
yetishi mumkin. Ular qattiq konsistensiyali, harakatchan, bir-biri bilan
bog'liqsiz va og'riqsiz bo'ladi. Ustidagi teri o'zgarmagan. Keyinchalik
tu gu nlar k a ttalash ib , atrofid agi to 'q im a la r va teri bilan q o ‘shilib
harakatchanligini yo'q otad i, ustidagi teri ko'kim tir-binafsha rangga
kiradi. V aqt o'tgach , tugunlar yum shab, ustidagi teri yupqalashib,
flyuktuatsiya rivojlanadi va bir yoki bir nechta joydan yorilib (svish),
101
ko'p teshikli yaralar paydo bo'ladi. Yaralarning qirralari chuqur va
yumshoq, notekis, osilib turgan bo'ladi va tezda qon qo'shilib, ko'p
m iqdorli yiring ajratishi bilan xarakterlidir. K eyin ch alik yaralarda
sariqsimon granulyatsiyalar paydo bo'lib, ustida cho'ntakchalar vujudga
keladi va ularning to'qimalari yengil parchalanib, uzilib turadi. Yaralar
ustida turli xil o'siqlari bor, notekis xarakterli chandiqlar hosil qiladi.
Ayrim sabablarga ko'ra kasallik qayta rivojlansa, chandiq ustida yangi
toshmalar vujudga kelishi mumkin. Bemorning umumiy ahvoli deyarli
buzilmaydi.
Differensial tashxisi:
- Syphilis gummosa.
- Ectima vulgaris.
- Gidroadenitis.
Davosi va profilaktikasi.
1) umumiy sil jarohatlarini izlab butun organizmni davolash (PASK,
streptomitsin, rifampitsin, ftivazid, tubazid);
2) organizm ning um um iy quvvatini osh iradigan harakat (sifatli
ovqatlanish);
3) atrof-m uhitdagi negativ ijtim oiy-iqtisodiy om illar aham iyatini
bartaraf etishga qaratilishi lozim.
M oxov (lepra)
Moxov - og'ir, yuqumli, uzoq aniqlanmagan inkubatsion davr, turli
Do'stlaringiz bilan baham: |